Kerakli masalliqlar: 1 kilogramm guruch, 500 gramm qo‘y go‘shti, 500 gramm sabzi, 4-5 bosh piyoz, ta’bga ko‘ra, tuz va ziravorlar. Har bir kishiga mo‘ljallangan miqdorda 12-15 donadan kovatok hisobiga 60-70 dona tok bargi kerak bo‘ladi.
Tayyorlanishi: Palov uchun mo‘ljallangan qo‘y go‘shtini ikki qismga bo‘lib, lahmidan qiyma tayyorlang, qolgan suyakli go‘shtni piyoz va sabzi bilan qovurishga ishlating. Dog‘langan yog‘da piyozni jazlaganingizdan so‘ng, suyakli go‘shtni solib qizartirib qovurib, so‘ng sabzini solib, yaxshilab qovurgach, suv quyib past olovda qaynating. Go‘shtning lahmidan tayyorlangan qiymaga mayda to‘g‘ralgan piyoz, tuz va murch qo‘shib aralashtiring. Barglarni sovuq suvda yaxshilab chaygach, qaynoq suvga botirib oling. Bunda barg yumshab, qiyma o‘ralishi osonlashadi. Barglarga bir choyqoshiqdan tayyor qiymadan solib, yumaloq shaklli do‘lma tuging. Do‘lmalarning o‘ralgan tomonini tagiga qilib taxtaga tersangiz, ochilib ketmaydi. Kovatoklarning hammasini tugib bo‘lgach, do‘lmalarni ipga tizib, qozonga sabzining yuziga solib, ko‘mib turar darajada suv quyib, miltillatib qaynatib pishiring. So‘ng pishgan do‘lmalarni olib qo‘yib, guruch solib, odatdagi palov singari osh tayyorlab, olib qo‘yilgan kovatoklarni oshning yuziga qo‘yib, 10-15 daqiqada dimlang. Dasturxonga tortishda kovatok shodani asta olib, palovni aralashtirib, yuziga kovatokni qo‘yib, ipini uzib tashlashni unutmang. Yoqimli ishtaha!© "Oila davrasida" gazetasi.
[divider]
[highlight]Avitsenna.uz sayti orqali mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:[/highlight]
- Homiladorlikda ratsional ovqatlanish
- Botulizm – ovqatdan zaxarlanish
- Talabalar taomnomasi
- Allergiyani diyeta bilan davolash mumkinmi?
- Qandli diabetda ovqatlanish tartibi
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )