Kun tartibiga uyqudan turish, ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari, ertalabki gigiyenik tadbirlar, nonushta, ro‘zg‘ordagi ishlar, o‘qish, tushlik, hordiq chiqarish, bo‘sh vaqtlar, kechki ovqat, kechki gigiyenik tadbirlar, uyquga yotish, uyqu va hokazolar kiradi.
O‘smirlarning sihat-salomat bo‘lishi va to‘g‘ri rivojlanishi ularning kun tartibi to‘g‘ri tuzilishiga bog‘liq. Ular vaqtida aqliy mehnat qilib, vaqtida jismoniy mehnat bilan shug‘ullanishi, yetarlicha uxlashi va sifatli ovqatlanishi lozim.
Me’yoriy uyqu – sog‘liq garovi
Uyqu organizmning hayotiy muhim ehtiyoji hisoblanib, bosh miya po‘stlog‘ini holdan toyishdan saqlaydi. Uyquning davomiyligi yoshga qarab belgilanadi. Masalan, o‘smir yoshlarda 8-9 soatni tashkil qiladi. Uyquda organizmning butun faoliyati o‘zgaradi, asab tizimi tashqi ta’sirga javob bermaydi, ongli faoliyat to‘xtaydi, yurak urishi sekinlashadi, qon bosimi pasayadi, nafas olish sekinlashadi, tana mushaklari bo‘shashadi, oqibatda energiya sarfi kamayadi, modda almashinuvi susayadi, tana harorati pasayadi. Qattiq uyqudan so‘ng odam yengillashib, o‘zini tetik sezadi. Shunday qilib, uyqu dam olish demakdir. Uyqu tanga orom keltiradi. Ayrimlar o‘zlari jabr qilib yotishlaridan oldin choy, achchiq qahva ichishadi. Kechqurungi ovqatni haddan ziyod ko‘proq iste’mol qilib, oshqozonni to‘ldirib yuborishadi, bu ham uyquning buzilishiga olib keladi. Agar uyqu buzilsa, bir qancha kasalliklar kelib chiqadi.Uyqu oldidan iste'mol qilish mumkin bo‘lmagan mahsulotlar ro‘yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.Uxlashdan oldin quyidagilarga e’tibor bering:
- doimo bir vaqtda uxlashga odatlaning;
- xona harorati 18-19 daraja bo‘lsin;
- uxlashdan oldin 40-60 daqiqa sayr qiling;
- uxlashdan oldin radio orqali, oynai jahon orqali ko‘rsatilayotgan har xil asab tizimiga salbiy ta’sir qiluvchi eshittirishlar, ko‘rsatuvlarni iloji boricha eshitmang va tomosha qilmang;
- yotishdan oldin iliq dush qabul qiling;
- ovqatlanganingizdan so‘ng kamida 3 soatdan keyin uxlang;
- o‘rtacha qattiqlikdagi tekis joyda uxlang.
Bir kunda necha soat uyqu normal hisoblanadi?O‘smir normal rivojlanishi uchun 4-5 mahal ovqatlanishga ko‘nikma hosil qilishi shart. Ovqat turlari har xil vitaminlarga boy bo‘lishi kerak. O‘smirlar sut, tvorog, go‘sht, tuxum, baliq, sariyog‘, sabzavot va mevalar iste’mol qilishi lozim. Atrof-muhit, urf-odatlar, jamiyat qonunlari va tartib-qoidalar o‘smirlarning shakllanishiga katta ta’sir qiladi. O‘smir bo‘sh vaqtini ko‘p qismini ochiq havoda o‘tkazishi kerak. Dam olish kunida shahardan tashqariga chiqsa yoki stadion, sport maydonchalariga borsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Vitaminlar haqida batafsil ma’lumot