Bolalarda tish chiqishi

Odatda bu jarayon 6 oylikdan boshlanadi. Kimdadir esa salgina kechikishi ham mumkin. Birinchi tishchalar yorayotganda bolakayda quyidagi alomatlar yuzaga kelishi mumkin:

  • Bolaning milki shishib qoladi;
  • Bolaning milki oqsih rangga bo‘yaladi;
  • Ko‘p so‘lak oqadi;
  • Bola hamma narsani og‘ziga olib chaynashni istaydi;
  • Tana harorati oshadi ( ko‘pi bilan 37-38 gradusgacha);
  • Bola injiqroq bo‘lib qoladi;
  • Bolaning uyqusi buziladi yoki uyqu rejimi o‘zgaradi;
  • Bola ona ko‘kragini yoki qo‘lini tishlashni xohlaydi;
  • Bolaning ishtahasi yo‘qoladi;
  • Bolaning najasi suyuqlashadi, ichi ketadi.
Yuqoridagi alomatlarni ayrim kasalliklar alomatlari bilan adashtirib yubormang. Masalan, bolaning tana harorati oshib, bola yo‘talib, burni oqayotgan bo‘lsa, u holda bola shamollagan bo‘lishi mumkin. Yoki bolaning ichi ketishi kuchayib borib, unga qusish ham qo‘shilib ketsa, demak bola infeksion kasallikka uchragan, uni darhol davolash lozim.

Birinchi tishchalar yorayotganda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan alomatlar kichkintoyni bezovta qilsa, bu vaqtda unga qanday yordam berishimiz mumkin?!

Ko‘proq emizing

Bolakay mehringizni his etib, organizmida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlardan cho‘chimaydi. Bag‘ringizga bosib erkalang. Bu bolada himoyalanganlik hissini paydo qiladi.

So‘lak ko‘payishi kuzatiladi

Tishi chiqayotgan bolada so‘lak ajralishi faollashadi. So‘lak ko‘payishi, lab atrofi terisini ta’sirlantirmasligi uchun nam salfetka (masalan, moychechaklisi) bilan tez-tez og‘iz atrofini artib turing.

Og‘riqni yengillashtirish uchun

selikonli oyinchoq

Milklardagi og‘riqni yengillashtirish uchun mo‘ljallangan gelli selikon o‘yinchoqlar sotib oling. Kichkintoy uni og‘ziga solib, og‘riq berayotgan milkiga olib boradi. Gelli o‘yinchoq milkdagi bezovtalikni kamaytiradi.

Stomatit profilaktikasi uchun

Sterillangan bintni barmog‘ingizga o‘rab (qo‘lingizni sovunlab yuving, tirnoqlar olingan bo‘lsin) qaynagan suvga botiring. So‘ng bolakay milki ustini asta artib oling. Bu stomatit xavfini kamaytiradi.

Diareya xavfli

Bolakayning ich ketishi ikki kundan ortiq davom etsa, davolovchi shifokor bilan maslahatlashib, zarur choralarni ko‘ring.

Tana haroratining ko‘tarilganda ham, albatta, mutaxassis tavsiyasi bilan dori vositalariga murojaat qiling. Chunki bu vaqtda preparatlar turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

© Sugdiyona.uz nashri.

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Back to top button