Odatda bu jarayon 6 oylikdan boshlanadi. Kimdadir esa salgina kechikishi ham mumkin. Birinchi tishchalar yorayotganda bolakayda quyidagi alomatlar yuzaga kelishi mumkin:
- Bolaning milki shishib qoladi;
- Bolaning milki oqsih rangga bo‘yaladi;
- Ko‘p so‘lak oqadi;
- Bola hamma narsani og‘ziga olib chaynashni istaydi;
- Tana harorati oshadi ( ko‘pi bilan 37-38 gradusgacha);
- Bola injiqroq bo‘lib qoladi;
- Bolaning uyqusi buziladi yoki uyqu rejimi o‘zgaradi;
- Bola ona ko‘kragini yoki qo‘lini tishlashni xohlaydi;
- Bolaning ishtahasi yo‘qoladi;
- Bolaning najasi suyuqlashadi, ichi ketadi.
Ko‘proq emizing
Bolakay mehringizni his etib, organizmida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlardan cho‘chimaydi. Bag‘ringizga bosib erkalang. Bu bolada himoyalanganlik hissini paydo qiladi.So‘lak ko‘payishi kuzatiladi
Tishi chiqayotgan bolada so‘lak ajralishi faollashadi. So‘lak ko‘payishi, lab atrofi terisini ta’sirlantirmasligi uchun nam salfetka (masalan, moychechaklisi) bilan tez-tez og‘iz atrofini artib turing.Og‘riqni yengillashtirish uchun
Milklardagi og‘riqni yengillashtirish uchun mo‘ljallangan gelli selikon o‘yinchoqlar sotib oling. Kichkintoy uni og‘ziga solib, og‘riq berayotgan milkiga olib boradi. Gelli o‘yinchoq milkdagi bezovtalikni kamaytiradi.Stomatit profilaktikasi uchun
Sterillangan bintni barmog‘ingizga o‘rab (qo‘lingizni sovunlab yuving, tirnoqlar olingan bo‘lsin) qaynagan suvga botiring. So‘ng bolakay milki ustini asta artib oling. Bu stomatit xavfini kamaytiradi. [box type="info" align="aligncenter" ]Tish yorayotganda ishlatiladigan surtmalardan ham foydalanish mumkin. Shifokor ko‘rsatmasi bo‘lishi shart.[/box]Diareya xavfli
Bolakayning ich ketishi ikki kundan ortiq davom etsa, davolovchi shifokor bilan maslahatlashib, zarur choralarni ko‘ring. Tana haroratining ko‘tarilganda ham, albatta, mutaxassis tavsiyasi bilan dori vositalariga murojaat qiling. Chunki bu vaqtda preparatlar turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin.© Sugdiyona.uz nashri.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )