Mikozlar – bu yuqumli kasalliklar bo‘lib, xastalik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar (zamburug‘lar) yuqishi natijasida rivojlanadi. Ushbu xastalikka Yer shari aholisining salkam 20 foizi chalingan; yoshi, jinsi, yashash joyi yoki ijtimoiy maqomidan qat’i nazar, u istalgan kishiga yuqishi mumkin1. Zamonaviy tibbiyot yetarlicha rivojlangan va, hatto o‘tkazib yuborilgan shakllarda ham, teri va tirnoq mikozi (zamburug‘i)ga qarshi kurashish imkonini beradi.3
Qanday yuqadi?
Teridan va tirnoqlardan ko‘chib tushgan mayda parchalar bilan birga zamburug‘ qo‘zg‘atuvchilari odamdan odamga yuqadi – bu asosan namligi yuqori bo‘lgan jamoat joylarida yuz beradi. Umumiy hammomlar, saunalar, basseynlar va trenajyor zallaridagi dush xonalarida kishilar teri va tirnoq zamburug‘ini yuqtirib olishlari xavfi yuqori. Shuning uchun bunday borganda barcha ehtiyot choralarini ko‘rish va almashtirib kiyiluvchi o‘z oyoq kiyimiga ega bo‘lish shart.1, 2
Dermatomikozlar – terining zamburug‘ kasalliklari bo‘lib, ularda oyoq va qo‘llardagi barmoqlar oralari, kaftlar, burmalar, tana shikastlanadi4. Onixomikozlar – bu bir qator kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lar keltirib chiqaruvchi tirnoqlar kasalligidir4. Tirnoq qattiq yuzaga ega bo‘lgani va sekin o‘sishi sababli onixomikozni davolash qiyinroq5. Bu infeksiyaga qarshi kurash bir necha oy vaqt talab etishi mumkin.
!!!Har o‘nta holatdan sakkiztasida zamburug‘ teri yuzasidan tirnoqqa tarqaladi6
Tirnoqlardagi zamburug‘ kasalliklarining bosqichlari
Boshlang‘ich bosqich Oyoqlardagi zamburug‘ qanday ko‘rinishga ega ekanini hamma ham bilavermaydi. Xastalikning boshida terining quruqligi, oyoq kaftining yoki barmoqlar orasi burmalarining biroz qichishi bezovta qilishi mumkin7. Odam bu belgilarni oddiy teri quruqlashuvi yoki po‘st tushishi deb o‘ylashi tabiiy. Shu sababli ayrim bemorlar namlantiruvchi va yumshatuvchi vositalarni qo‘llashadi; ammo bular naf bermaydi – kasallik belgilarini bartaraf etmaydi va kishining ahvolini yengillashtirmaydi8. Chunki oyoq kaftlari va tirnoqlardagi zamburug‘lardan faqat zamburug‘larga qarshi maxsus dorilar yordamida davolanish mumkin.3, 7 O‘tkazib yuborilgan bosqich Nisbatan keyingi bosqichlarda tirnoq qalinlashishi, rangi o‘zgarishi, sinishi mumkin3. Teridagi zamburug‘ kasalliklarida esa barmoq orasi burmalarida yoki oyoq ostida mayda yuza yoriqlari kabi belgilar kuzatiladi.7
!!!Zamburug‘ infeksiyasini davolash qancha erta boshlansa, shuncha arzonga tushadi. O‘tkazib yuborilgan shakllarida faqatgina mahalliy emas, balki tizimli tabletka vositalarini qo‘llagan holda murakkab muolaja talab etilishi mumkin.
Davolanishi
Zamburug‘ kasalliklari belgilari kuzatilganida zudlik bilan mutaxassisga murojaat etish lozim. U majmuamiy tekshiruv o‘tkazadi va davolash choralarini belgilaydi.
!!!Tirnoqdagi zamburug‘ kasalligi hech qachon o‘z-o‘zidan o‘tib ketmaydi – bu kasallikning har qanday bosqichida ham mutaxassis tomonidan belgilangan muolajani olish darkor. Laboratoriya tahlili nafaqat zamburug‘ mavjudligini, balki uning tirnoq ostiga qay darajada chuqur kirib borganini, shuningdek, kasallik qo‘zg‘atuvchining turini ham aniqlash, shunga muvofiq davo preparatini tanlash imkonini beradi.Zamonaviy farmatsevtika sanoati bir qator vositalarni taklif etadi, ularning muayyan tartibda va to‘g‘ri qo‘llanishi qo‘l hamda oyoq tirnoqlaridagi zamburug‘lardan xalos bo‘lishga yordam beradi. Oyoq kafti zamburug‘ xastaligini qo‘zg‘atuvchilarga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi har xil antimikotik vositalar ko‘p. Shunday vositalardan biri Ekzoderil® kremidir. Ekzoderil® preparati tarkibidagi ta’sir etuvchi modda naftifin hisoblanadi. Naftifin oyoq kafti va tirnoqlaridagi mikozlar qo‘zatuvchilarining aksariyatiga qarshi yuksak faollikni namoyon qiladi12. Tirnoqlardagi zamburug‘ infeksiyalari holatida eritma shaklidagi Ekzoderil® qo‘llash mumkin. Ekzoderil® eritmasi zamburug‘ o‘chog‘ida faol moddaning yuqori konsentratsiyasini yaratadi13. 1.Хи Чон Юн и др. Эпидемиология и здоровье: журнал. 2014; 36: e2014017. / Hee Jung Yoon, et al. Epidemiol Health. 2014; 36: e2014017. 2.Сергеев Ю. В., Шпигель Б. И., Сергеев А. Ю. "Фармакотерапия микозов" — "Медицина для всех" — Национальная академия микологии — 2003г. 3.Сергеев А.Ю. "Грибковые заболевания ногтей" — "Медицина для всех" — Национальная академия микологии — 2001 г. 4.Грибковые инфекции. Руководство для врачей. 2 изд.-М.: Издательство БИНОМ,2008.-480 с.: ил. 5.Элевски Б. Обзоры клинической микробиологии: журнал. 1998; 11(3): 415–429. / Elewski B. Clin Microbiol Rev. 1998;11(3): 415–429. 6.Горская Е.И. Скрытые формы микозов стоп: диагностика и лечение. Экспериментальная и клиническая дерматокосметология 2003. 7.Федеральные клинические рекомендации по ведению больных микозами кистей, стоп и туловища. М., 2015. 8.Малишевская Н.П.. Общеклиническое значение проблемы заболеваемости микозами стоп и их эффективного лечения (обзор) / Лечащий врач, № 8. С. 78. 9.Устинов МВ. Фармакоэкономические аспекты терапии онихомикозов. Лечащий врач. 2016(5):56-60. 10.Грибковое поражение ногтевого комплекса: принципы терапии: учебно-методическое пособие для постдипломного образования. — Под редакцией профессора, д.м.н. зав. кафедрой дерматовенерологии ФГБОУ ВО «КубГМУ» Минздрава России Тлиш М. М. 11.Местная и комбинированная терапия онихомикозов: Пособие для врачей. / Под ред. Ю.В. Сергеева. — М.: Национальная академия микологии, 2013. 40 с. 12.Tashqi qo‘llashga mo‘ljallangan Ekzoderil® krem preparatini tibbiy qo‘llash yo‘riqnomasi. Ro‘yxatga olish raqami DV/X 05913/03/19, sanasi 12.03.2019, amal qilish muddati 12.03.2024 gacha. 13.Сергеев Ю. В. "Экзодерил: новые подходы к терапии микозов и инфекционно-воспалительных дерматозов". Пособие для врачей — Национальная академия микологии — 2004 г. “Sandoz Pharmaceuticals d.d.” kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi, Toshkent sh., Oybek k., 24, tel. +998781470335. Agar sizda Novartis (Novartis Farma, Sandoz) kompaniyalar guruhi preparatlarini qabul qilish bilan bog‘liq yoqimsiz reaksiyalar yoki alohida vaziyatlar haqida ma’lumot mavjud bo‘lsa, iltimos, bu ma’lumotlarni [email protected] elektron pochta manzili yoki +998 (78) 1470335 telefon raqami orqali jo‘nating. Qo’llashga qarshi holatlar mavjud. Qo’llashdan avval, iltimos, yo`riqnoma bilan tanishib chiqing yoki mutaxassis bilan maslahatlashing. UZ2305255111