Sharqda keng qo‘llaniladigan tilga qarab kasallikka tashxis qo‘yish – kasalni ko‘rish va umumiy tashxis qo‘yishdan asosiy bosqichlaridan biridir. Tashxis qo‘yishni bu turi organizmda kechayotgan jarayonlarni turli kasalliklarni yuzaga kelayotgani va rivojlanish bosqichlarini bilib olish imkoniyatini beradi.

Kasalliklarga tilga qarab tashxis qo‘yishni bilasizmi?

Til – bizning sihat – salomatlingizni ko‘rsatgichi. Bu haqda Sharqda doimo juda yaxshi bilishgan va o‘sha zaminda tashxisni o‘zgacha va ancha samarali turi - kasallikni tilga qarab tashxis qo‘yish paydo bo‘lgan. Sharq tabobatida til yurak bilan bog‘langan deb sanaladi. Bu yerda nafaqat tilni yurak bilan jismonan bog‘liqligi nazarda tutiladi, balki bizni so‘zlarimiz, nutqimiz ham yurakdagi muammolardan darak beradi. Ammo bizni organizm bu yagona – yahlit bo‘lib, yurakni holati boshqa organlarga ham ta’sirini o‘tkazadi. Vaholanki tanamizning turli organlarini holati tilimizni tegishli qismlarida o‘z aksini namoyon etadi. Shunga muvofiq, tilimizni o‘sha uchastkalaridagi o‘zgarishlar, jumladan rang o‘zgarishi yoki ortiqcha sezgirlik paydo bo‘lishi bizga tegishli organlarda energiyani disbalansi va buzilishdan xabar beradi.

Qadimiy Xitoy tabobatiga asosan, til – tanamizni yuqori qismiga tegishli bo‘lib o‘pka va yurakni holatlarini aks ettiradi, tilni yon tomonlari jigarimiz va o‘t pufagi sog‘lig‘i haqida “gapiradi”, tilni beli esa oshqozon va taloqni holatini bildirsa, tilni tomiri buyraklarimizni ahvolidan darak beradi.

Ko‘p hollarda kasallikni birlamchi alomatlari aynan til holatida ko‘rinadi (rang o‘zgargani, qarash, qizarishlar va hokazo) shuning uchun kasallikka tilga qarab tashxis qo‘yish paytida birinchi navbatda tilni kattaligi, formasi va rangiga e’tibor beriladi. Sharq tabobatiga ko‘ra shamol energiyasi disbalansida til qizil rangda, quruq va dag‘al, chekkalarida mayda chuqurliklar mavjud bo‘ladi. Shillik (beken) energiyasi buzulishida, til usti tekis va nursiz, bir oz shishgan, nam va yopishqoq, oq – kulrang qarashga ega.

Safro (tripa) energiyasi disbalansida ham til ko‘rinishi o‘zgaradi, ya’ni unda oq – sariq qarash paydo bo‘ladi, og‘iz bo‘shlig‘ida achiqqimtir ta’m paydo bo‘ladi.

Kasallikga tilga qarab tashxis qo‘yish

Kasallikka tilga qarab tashxis quyish uchun eng yaxshi vaqt bu ertalab och qoringa maqul sanaladi. Dastlab tildagi barcha organlar aks etgan uchastkalar aniqlanadi va ulardagi har qanday o‘zgarishlar qayd etiladi. Bu o‘zgarishlar tegishli organlar yoki organizm tizimilarini eng avvalo qonni holati haqida xabar beradi.

Shifokor o‘z e’tiborini til rangiga, uni turli qismlaridagi qarash turiga, yuzaki qismi, formasiga (tekis, g‘ovakli zichligi va hokazo) unda paydo bo‘lgan pufaklar, papilloma, yaralarga va ularni joylashishiga tilni harakat etish darajasiga qaratadi.

Sog‘lom odamni tili qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Uni tili binafsha rang va silliq yuzli, oq tusli katta bo‘lmagan qarashli, til ustidagi bo‘rtmalar yaxshi ko‘rinadi va oqibatda til duhobasimon tus berib turadi.

Tilni ichki organlar bilan bog‘liqligi

  • Til ildizi – bu ichaklar;
  • Til uchidan chap tomon – chap o‘pka, o‘ng tomon – o‘ng o‘pka;
  • Til markazi - yurak;
  • Til ildizidan chap tomon – chap buyrak, o‘ng tomon – o‘ng buyrak;
  • O‘ng tomondan, o‘pka va buyrak proyeksiyalari o‘rtasida jigar proyeksiyasi.

Til rangi

  • Bo‘zargan rang til – qonda energiya kamligi alomati bo‘lib, anemiya va organizm holdan toyganidan darak beradi;
  • Tilni past qismi bo‘zargan rangda – jigar va o‘t pufagi kasalligi alomati;
  • Qizil (malina) rangli til – og‘ir infeksiyali kasallik, yuqori temperatura, zaharlanish, pnevmoniya;
  • To‘q qizil rangli til – og‘ir buyrak buzulishida zaharlanish, semirib yog‘ bosish, surunkali alkogolizm;
  • Ko‘k tusli til – yurak qon tomir kasalliklari qon aylanish buzilishi, yurak – o‘pka yetishmovchiligi bilan birga;
  • Tilni pastki qisimda sarg‘ish rang – sariq kasallik rivojlanishi.

Til ustidagi qarashlar

Til ustidagi qarash oshqozonda, yupqa va yug‘on ichakda to‘plangan toksinlardan dalolat beradi. Agar tilni faqat orqa qismi qarash bo‘lsa – toksinlar yo‘g‘on ichakda, agar qarash faqat tilni o‘rtasida ko‘rinsa – toksinlar oshqozonda, ingichka va o‘n ikki barmokli ichakda mavjudligi alomatidir.

  • Kirindi yo‘q, til yaltiraydi – oshqozon energiyasi kuchsiz, ichki sekretsiya faoliyatida muammo bor.
  • Qarash ko‘pligidan sal shishgan va namli til. Bu quydagilar alomati bo‘lishi mumkin: oshqozon yoki o‘n barmoq ichak yarasi, gastrit, xoletsistit, appenditsit, yahshi ishlamayotgan buyrak, ozuqadan yoki dori vositasidan zaharlanish, infeksion kasalliklar (qizamiq).
  • Yupqa qarash – kasallikni boshlanishi yoki yuzaki lokalizatsiya. Qalin qarash – surunkali kasallik.
  • Oq, nam, yupqa qarash – oshqozon energiyasi joyida.
  • Oq rang – oshqozon kislotasi pastligi, disbakterioz.
  • Sarg‘igi qarash – o‘t pufagida safro ko‘pligi, jigar kasalligi.
  • Yog‘li, loyqa qarash – hazm bo‘lmagan ozuqa.
  • Siyoh rang, dog‘li qarash – qon harakati susayishi.
  • Qora qarash – ovqat hazm tizimidagi, ayniqsa oshqozon osti bezi va o‘t pufagidagi jiddiy buzulishi. Bundan tashqari, organizmni ko‘p suv yo‘qotish oqibatida qonni kislota – ishqor balansi (kislotalikni ko‘payishi) buzilganda ham qora qarash paydo bo‘ladi.
  • Butun til bo‘yicha iflos oq – qul rang qarash – surunkali ich kotish, organizmni mikrob va parazitlar bilan zaharlanishi.
  • Och kul rangli qarash – difteriya.
  • Agar vaqt o‘tish davomida qarash qalinlashib, sarg‘ish rangga, undan so‘ng kul rang va qoramtir tus olsa – demak kasallik kuchaymoqda. Agar qarash rangi yorqinlashib yupqalashsa kasallik qaytayotgan bo‘ladi.

Tildagi dog‘lar

  • Oq va qizil ranglar almashlanib turishi – qizilcha kasalligidan dalolat;
  • Ko‘kimtir dog‘lar – yurak qon – tomir tizimidagi harakatsizlik holatlari;
  • Qoramtir dog‘lar – buyrakni og‘ir hastaligi.

Shuningdek tilga qarab kasalga tashxis qo‘yishida quydagilarga ham e’tibor berish kerak.

Til chekkalarida tishlar izi

Tilni oldi va yon qismlarida tishlarni chuqur izlari stresslar, nevrozlar va toliqishlardan darak beradi. Ayniqsa, markaziy asab tizmini jiddiy kasalliklarida tish izlari yanada aniq qo‘rinadi. Bundan tashqari til chekkasidagi tish izlari disbakterioz, organizmda shlaklarni ko‘pligidan va ozuqani qoniqarli hazm bo‘lmayotganidan darak beradi;

Quruq til

“Tilni quruqligi” va shilliq pardani quruqlashishi so‘lakni yetarli miqdorda chiqmayotgani (chanqoq) tufayli vujudga keladi va ancha kasalliklarni, jumladan ich qotishi, peritonit, tana haroratini ko‘tarilishi, diabetlarni alomati hisoblanadi. Ko‘p hollarda til quruqligi jigar rang qarash paydo bo‘lishi bilan kechadi. Agar shilliq parda ko‘p nam yo‘qotsa unda yoriqlar paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek quruq til ta’m bilishni yo‘qotishini chaqiradi;

Laklangan va shahmatli til

Laklangan til usti silliq, yaltiraydi, och – qizil rangli (ta’m biluvchi so‘rg‘ichlarlar atrofiyasi tufayli) bu quydagi kasalliklar alomati: surunkali kolit, pellagra, oshqozon saratoni. “Shaxmatli” tillaklangan tilni bir turi “B” vitamini va nikotin kislotasi kamchiligi oqibatida paydo bo‘ladi;

Tilni sosochkalarini qizarishi va kattalashishi

So‘rg‘ichlarlarni tilini uchiga yaqin bo‘lgan o‘ng yarmida qizarishi va kattalashishi jigar kasalligi alomati, chap yarmidagisi esa taloqni kasalligi til uchida esa – tos organlari kasalliklari, tilni o‘rtasi va qirg‘oqlardagisi esa o‘pka kasalliklari alomatidir;

Til liniyasini qiyshashi

Til liniyasini qiyshashi – umurtqani qiyshashishidan darak beradi.  Til ildiziga yaqin qatlamni qiyshayishi – umurtqani bel qismida qiyshayishidan, til markazida qiyshayish – ko‘krak qafasida qiyshayishdan, til uchidagi liniya qiyshayish – buyin qismdagi qiyshayishdan (buyin osteoxondrozi) dalolat beradi;

Til og‘rishi

Tilni bir tomonga qiyshayishi va og‘ishi – bosh miya tomirlari buzilishi (insult), va ruhiy kasalliklardan dalolat beradi;

Tilni titrashi

Tilni titrashi – bosh miya kasalligi, chukur nevrotik buzilishlar alomatidir;

Tildagi yaralar

Tildagi yaralar. Til ustidagi yaralar ovqat hazm qilish tizimidagi kasalliklardan dalolat beradi (Kron kasalligi).

Biz kasalliklarga tilga qarab tashhis qo‘yishda qo‘llash mumkin bo‘lgan asosiy alomatlarni sanab o‘tdik. Ushbu tashxis qo‘yish usullari vrachdan mohirlik talab qiladi. Vrach tildagi o‘zgarishlarni nafaqat seza olishi, balki to‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun olingan ma’lumotlarni birlashtirib, keyingi tashxis usullari bilan tasdiqlay olishi kerak.

Ushbu maqolani ham o‘qing: O‘z-o‘zini davolashning yetti xavfi

© Javlon Abdullayev, jarroh.
Med-info.uz

Gripp va yuqori nafas yo'llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Griphotdir.

Griphot bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.

Har bir paket tarkibi:

Faol moddalar: parasetamol - 500 mg, fenilefrin gidroxlorid - 10 mg, oksalamin sitrat - 100 mg, xlorfeniramin maleat - 2 mg; Yordamchi moddalar: tartarik kislota, limon kislotasi, natriy gidrokarbonat, natriy karbonat, xinolin sarig'i, limon lazzati, Kollidon K-30, saxarin, saxaroza.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/gripkhot

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Teraflyu, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.