Sakrash uchun arg‘amchi (skakalka) barchamizga bolalikdan tanish. U paytlarda arg‘amchi shunchaki o‘yin bo‘lsa, endi uning foydali tomonlarini ishlatishingiz mumkin. Arg‘amchi turli mashqlar uchun ajoyib vosita hisoblanadi. Narxi qimmat emas, ko‘p joyni ham egallamaydi, buning ustiga undan istalgan joyda va paytda – xoh uyda, xoh ko‘chada foydalanishingiz mumkin. U ozishga, mushaklarni va yurak qon-tomir tizimini mustahkamlashga yordam beradi...
Sakrash uchun arg‘amchidan bokschilar, basketbolchilar, voleybolchilar foydalanadi, axir u ajoyib trenajyorda. Kuniga bor-yo‘g‘i 20-30 daqiqa sakrash butun tanangizning to‘g‘irlanishiga, ortiqcha kilogramlardan xalos bo‘lishga, salomatligingizni mustahkamlashga, harakatlar koordinatsiyasini to‘g‘irlashga ko‘maklashadi. Ushbu maqolada sakrash uchun arg‘amchi bilan mashqlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
Hozir arg‘amchida sakrashni «skiping» degan modali so‘z bilan atashadi, ingliz tilidan tarjimada bu so‘z «sakrash»ni bildiradi. Arg‘amchi chidamlilikni rivojlantiradi, vaznni kamaytiradi, nafas olish tizimini mustahkamlaydi, qomatni chiroyli qiladi, 2-3 daqiqa arg‘amchida mashq qilish davomida mashqlarning jadalligiga qarab 100 dan 350 kaloriyagacha yo‘qotasiz, bunday yondashuv 3-4 kilometrga yugurishning o‘rnini bosadi.
Sakrash uchun arg‘amchi tanlaymiz:
Arg‘amchilarning turlari juda ko‘p bo‘lib, uni har bir kishi o‘zi uchun individual tanlashi lozim.- Birinchidan, u sizga mos keladigan uzunlikda bo‘lishi kerak. Arg‘amchini qo‘lingizga oling, uning chilviri pastga osilib tursin. Pastga tushib turgan joyini oyog‘ingiz bilan bosing, arg‘amchi ko‘kragingizgacha yetishi kerak – bu eng optimal uzunlik.
- Ikkinchidan, agar arg‘amchida mashqlar bilan jiddiy shug‘ullanmoqchi bo‘lsangiz, uning nimadan tayyorlanganiga e’tibor qarating. U yerga tegib ishqalanib ketmasligi uchun yo‘g‘on va zich bo‘lishi kerak. Shuningdek, tutqichlari qulay bo‘lishi lozim, aks holda qo‘llaringiz noqulaylikdan tezda charchab qoladi. Arg‘amchining chilviri odatda plastmassa, rezina va charmdan tayyorlanadi. Tabiiyki, charmdan tayyorlangan arg‘amchilar eng yaxshi hisoblanadi.
- Uchinchidan, siz aylanalar hisoblagichi bor arg‘amchini xarid qilishingiz mumkin. Bu bilan mashqlardagi o‘sishni kuzatib borish imkoniga ega bo‘lasiz.
Mashqlardan oldin quyidagilarni qilish kerak bo‘ladi:
- agar sizda umurtqa yoki bo‘g‘imlar bilan muammolar bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashing, sizga arg‘amchida mashq qilish mumkin emas;
- arg‘amchingiz boshqa narsalarga – daraxt shoxlari, qandillar, stollar va boshqa buyumlarga tegmayotganiga ishonch hosil qiling;
- arg‘amchi aylanayotganida tirsaklar tanaga yopishib turishi kerak;
- arg‘amchini faqat barmoqlar bilan aylantiring.
Ozish uchun mashqlar:
- ikki oyoqda oddiy sakrash;
- galma-galdan bir oyoqda sakrash;
- navbatma-navbat bir oyoqda sakrash;
- tizzani ko‘tarib sakrash;
- bir marta sakraganda arg‘amchini ikki yoki uch marta aylantirib sakrash;
- to‘g‘ri turgan oyoqlarni orqadan va old tomondan ko‘tarib sakrash;
- qo‘llarni chatishtirib sakrash;
- oldinga harakatlanib sakrash;
- «oldinga-orqaga, o‘ngga-chapga» harakatlanib sakrash;
- arg‘amchini yon tomonlaridan burab sakrash.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )