— Ikki hafta oldin yaqinlarim bilan tog‘li hududda dam olib qaytdik. O‘shandan buyon terimda mayda toshmalar paydo bo‘lgan. Avvaliga issiqlik bo‘lsa kerak degandim, ammo havo harorati isigani sayin toshma ko‘payib, qichishayapti. Bu biror bir teri kasalligi emasmi?
Rustam ZOKIROV, shifokor – dermatovenerolog
— Teri toshmalari turli xil holatda yuzaga kelishi mumkin. Siz aytayotgan hodisa quyosh ta’sirida kelib chiqadigan fotodermatit bo‘lishi mumkin. Ammo alomatlari u qadar to‘liq bayon etilmagani bois aniq tashxis qo‘yishning imkoni yo‘q. Sizga maslahatim, dermatolog ko‘rigidan o‘ting. Teri sinalmalari o‘tkazilgach, toshma turi aniqlanib, shunga ko‘ra kerakli davo muolajasi belgilanadi. Uy sharoitida esa mustaqil choralarni qo‘llash mumkin emas. Toshma xarakterini bilmay turib bajarilgan usullar aks ta’sirni paydo qilishi mumkin. Ushbu maqolani ham o‘qing: Yuzdagi ajinlardan uy sharoitida xalos bo‘lish sirlari© Darakchi.uz
Ushbu maqolani ham o'qing:
Frunkul (chipqon) - belgilari, sabablari va samarali davolash usullari