Tanosil kasalliklari — turlari, sabablari, alomatlari, davolash va oldini olish

Tanosil kasalliklari
Foto: ginclinic-spb.ru

Tanosil kasalliklari qo’zg’atuvchilari, odamdan odamga, asosan, jinsiy aloqa orqali, notanish yoki tanish odamlar bilan tasodifiy aloqalar natijasida yuqadi. 1974 yilda JSST tavsiyasiga ko’ra «venerik kasalliklar» atamasini «jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklar» bilan almashtirishga qaror qilindi, qisqartirilgan atamasi — JYYK.

So’nggi yillarda JYYK bilan kasallanish sezilarli darajada oshdi, bu holat quyidagilar bilan bog’liq:

  • jinsiy faoliyatning erta boshlanishi;
  • jinsiy sheriklarning ko’p o’zgarishi;
  • prezervativdan foydalanishni e’tiborsiz qoldirish;
  • yetarli jinsiy ma’lumotga ega emaslik;
  • o’zboshimcha davolash va boshqalar.

Ko’p tanosil kasalliklari tez davolanadi. Davolashsiz ularning ba’zilari sog’liq muammolarini keltirib chiqarishi mumkin, ammo tanosil kasalliklari orasida bepushtlik, yurak, qon tomirlar, bo’g’imlar kasalliklarini keltirib chiqaradigan turlari ham mavjud. Jinsiy yo’l bilan yuqadigan infeksiyalarning ba’zilari tanada uzoq vaqt o’zlarining mavjudligini ko’rsatmasdan, «uxlagan» holda bo’lishi mumkin, ammo shu bilan birga tanaga zararli ta’sirini ham ko’rsatadi. Shifokorga o’z vaqtida murojaat qilish uchun ushbu kasalliklarning namoyon bo’lishini bilish muhimdir. Davolash qancha erta boshlangan bo’lsa, uning samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi.

«Klassik» tanosil kasalliklari — sifilis, gonoreya, trihomoniaz va boshqalar kiradi. Bundan tashqari, jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklarga xlamidiya, urogenital kandidoz, jinsiy gerpes, virusli gepatit, OITS va shu kabi virusli kasalliklar kiradi.

Tanosil kasalliklari — sifilis

Sifilis (zaxm) — bu treponema (spiroxeta) oqibatida kelib chiqqan, vaqti-vaqti bilan remissiya va o’tkirlashish holati bilan kechadigan, shuningdek to’qima va organlarda yallig’lanish o’choqlarini yuzaga keltiradigan jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasallik.

Sifilis toshmasi
Foto: muzeon.ru

Yuqtirish asosan jinsiy aloqada, ba’zi hollarda kundalik hayotda, o’pish, tishlash, uy-ro’zg’or buyumlari (qoshiq, stakanlar, hojatxona buyumlari) orqali sodir bo’ladi, shuningdek, nasldan-naslga ham (tug’ma sifilis) yuqishi mumkin.

Sifilis uzoq muddatli remissiya (davolashsiz) va  bazida kuchayib turish davri bilan tavsiflanadi.

Sifilisning klinik davrlari:

Birlamchi — inson tanasiga mikrob tushgan joyda qattiq shankr (yara) paydo bo’ladi. Ko’pincha u jinsiy a’zolarda, yumaloq shaklda, tanga ko’rinishida, iflos kulrang yoki qizil rangda va og’riqsiz bo’ladi. Yaraning boshlanishidan 1-2 hafta o’tgach, unga yaqin limfa tugunlari kattalashadi. 3-6 hafta ichida yara (shankr) o’z-o’zidan davolanadi.

Ikkilamchi — qattiq shankr paydo bo’lganidan keyin 6-8 hafta o’tgach paydo bo’lgan nosimmetrik rangpar toshma, butun vujudga, shu jumladan kaft va tovonlarga toshadi. Toshma paydo bo’lishi ko’pincha bosh og’rig’i, bezovtalik va isitma bilan birga keladi (gripp kabi). Tana bo’ylab limfa tugunlari kattalashadi. Ikkilamchi sifilis o’zgaruvchan bo’lib, o’tkirlashish va remissiyalar shaklida (alomatsiz davrlar) kechadi. Bunday holda, sochlar to’lilishi mumkin, shuningdek, jinsiy a’zolar va anusda (keng kondilomalar) go’shtli rangli o’smalar — papilomalar paydo bo’lishi mumkin.

Uchinchi darajali — tegishli davolashsiz ichki organlarda, suyaklarda, shilliq pardalarda va terida qaytarilmas o’zgarishlar yuz beradi. Terida, ichki organlarda, suyaklarda va asab tizimida to’siqlar va o’smalar hosil bo’ladi. Tana to’qimalarining parchalanishi organizmning ichki a’zolari va tizimlarida qaytarilmas o’zgarishlarni keltirib chiqaradi.

Homilador ayollarda sifilis

Ba’zi ayollarda kasallik hech qanday klinik ko’rinmasdan davom etadi. Ammo ko’pincha terida toshma bo’lgan bemorlar ham bor. Hozirda sifilis bilan kasallangan ayol o’z vaqtida davolanadigan bo’lsa, sog’lom bola tug’ishi mumkin.

Sifilisni tashxislash

Sifilis haqida ozgina shubha tug’ilsa, shoshilinch ravishda venerolog bilan maslahatlashib, kerakli testlarni topshirish kerak.

Sifilis — bu boshqalarga xavf tug’diradigan va sog’liqqa zarar yetkazadigan, shu sababli zudlik bilan ixtisoslashtirilgan muassasada tekshiruv va davolanishni talab qiladigan yuqumli kasallikdir.

Sifilisli bemorga tashxis qo’yilgandan so’ng o’ziga xos davolash belgilanadi. Davolashning asosiy yo’nalishi — treponemaga qarshi faol bo’lgan antimikrobli preparatlarni qo’llash. Sifilisli bemor bilan jinsiy aloqada bo’lgan bemor tekshiruvdan o’tishi va agar kerak bo’lsa, profilaktik davolanishi kerak.

Sifilisni to’liq davolashdan so’ng serologik qon reaksiyalari uzoq vaqt davomida ijobiy bo’lib qoladi, shuning uchun doimiy ravishda shifokor nazorati ostida bo’lishi kerak.

Tanosil kasalliklari — gonoreya

Gonoreya (so’zak) — gonokokk qo’zg’atuvchisi sabab bo’lgan jinsiy yo’l bilan yuqadigan infeksiya. U ko’pincha 20-30 yoshdagi odamlarga ta’sir qiladi. Ko’pgina hollarda infeksiya jinsiy aloqa (qin, anal, og’iz orqali) orqali sodir bo’ladi. Odatda, ayollar infeksiyaning manbai hisoblanadi, chunki ularning kasalligi alomatsiz bo’lishi va tashxis qo’yish qiyin bo’lishi mumkin. Tug’ruq paytida kasal onadan yangi tug’ilgan chaqaloqqa ushbu kasallik yuqishi mumkin.

Gonoreya bakteriyasi
Foto: medportal.ru

Kasallikning belgilari infeksiyadan 3-5 kun o’tgach paydo bo’ladi. Ayollarda sarg’ish-oq rangli oqindi, qorinning pastki qismida og’riq va hayz ko’rish oralig’ida qon ketishi kuzatiladi, ammo umuman alomatlar bo’lmasligi ham mumkin.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Jinsiy aloqa vaqtini uzaytirish usullari

Erkaklarda infeksiyaning asosiy shakli gonoreal uretrit bo’lib, u siydik chiqarish yo’li bilan kuchayadigan siydik yo’lining tashqi teshigining qichishi va yonish hissi bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari, ko’p miqdordagi yiringli oqindi, shuningdek siydik yo’lining tashqi teshigining kuchli qizarishi va shishishi boshlanadi.

Gonoreyaning turlari:

  • o’tkir (2 oygacha);
  • surunkali (2 oydan ortiq).

Gonokokk inson tanasiga boshqa genital infektsiyalar bilan bir vaqtda kirishi mumkin (ureaplazma, xlamidiya, gardnerella, trihomoniaz), bu tanosil a’zolarining aralash infeksiyasiga olib keladi. Gonokokk infeksiyasining xlamidial va ureaplazma bilan aralash holatda kelishi eng keng tarqalgan kombinatsiya. Ushbu infeksiyalar gonoreyani davolash uchun ishlatiladigan ko’pgina dorilarga sezgir emasligini hisobga olsak, qo’shimcha laboratoriya tekshiruvlari va uzoqroq terapiyani talab etiladi.

Gonokokk infeksiyasi quyidagi kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin:

  • uretrit
  • proktit
  • stomatit
  • faringit
  • ko’zning gonoreya kasalligi

Gonoreya asoratlari

  • Erkaklarda eng ko’p uchraydigan asorat moyak qisminin yallig’lanishi — epididimitdir.
  • Ayollarda gonoreyaning eng ko’p uchraydigan asoratlari bu ayollarning bepushtligining asosiy sabablaridan biri bo’lgan bachadon va tuxumdonlarning yallig’lanish kasalliklari. Shu bilan birga, bachadon spirali va hayz ko’rish bachadon va tuxumdonlarning yallig’lanish kasalliklari xavfini oshiradi.
  • Gonokokklarning boshqa organlarga tarqalishi bilan tarqalgan gonokokk infeksiyasi paydo bo’ladi. Bu bo’g’imlarga, teriga, miyaga, yurakka va jigarga ta’sir qiladi.
  • Gonokokklar ko’zga tushganda gonokokk konyunktiviti paydo bo’ladi.

Gonoreyani tashxislash

Kasallikni aniqlash uchun faqatgina alomatlar yetarli emas. Tashxisni laboratoriya usullari bilan tasdiqlash talab qilinadi.

Erkaklarda o’tkir gonoreya tashxisi odatda mazok natijalariga asoslanadi. Erkaklarda surunkali gonoreyada, shuningdek, ayollarda kasallikning har qanday shaklida, aniqroq bo’lgan PCR yoki posev tadqiqot usullari kerak.

Agar kasallikni davolasangiz, lekin jinsiy sherigingiz kasallikni dvolamasa, siz uni yana tez yuqtirishingiz mumkin.

Jinsiy sheriklaringizni, agar ularda alomatlar bo’lmasa ham, kasallik haqida xabardor qilish, ularni tekshiruv va davolanishga yuborish muhimdir. Chunki alomatsiz kasallik ham asoratlar xavfini kamaytirmaydi.

Tanosil kasalliklari — trihomoniaz

Trihomoniaz (trihomonoz) tanosil kasalliklarinig keng tarqalgan parazitar turi bo’lib, erkaklar va ayollarga bir xil darajada ta’sir qiladi. Qo’zg’atuvchisi — Trichomonas.

Trihomoniaz bakteriyasi
Foto: idoctor.kz

Inkubatsiya muddati 3 kundan 3-4 haftagacha (o’rtacha 5-6 kun)

Trihomoniazning shakllari:

O’tkir shakl

Erkaklarda kasallikning o’tkir shaklida siydik chiqarish yo’lidan ko’p miqdorda yiring chiqishi kuzatiladi, kam miqdorda, suvli, yiringli yoki shilimshiq oqmalar kelishi mumkin, qichishish, siydik chiqarish kanalida yonish hissi va siyish paytida og’riq paydo bo’lishi mumkin.

Kasallikning o’tkir shakli bor bo’lgan ayollarda, bemorlar chot hududidagi yonish hissi, qichishish va og’riqdan shikoyat qiladilar. Jinsiy lablar terisi va qin shilliq qavati tekshirilganda qizargan, shishgan, yiringli-shilimshiq kulrang oqindi bilan qoplangan ko’rinishda bo’ladi, yara qobiqlarini olib tashlanganda shilliq qavatida eroziya aniqlanadi. Yoqimsiz hid bilan kulrang-sariq rangdagi quyqa oqishi ta’siri ostida sonlarning ichki qismida dermatit paydo bo’ladi. Qorinning pastki qismida og’riq bo’ladi. Siyish g’riqli kechadi.

Surunkali shakli

Yuqtirish paytidan boshlab 2 oydan ko’proq vaqt o’tgach, kam alomatli kechishi bilan tavsiflanadi. Vaqti-vaqti bilan kuchayib borishi organizmning immuniteti pasayishi, spirtli ichimliklarni haddan tashqari iste’mol qilishi va tuxumdonlar faoliyatining buzilishi oqibatida bo’lishi mumkin. Alomatlarning qayta paydo bo’lishiga qarab qanchalik tez va kuchli bo’lishiga qarab, asoratsiz va murakkab trihomoniaz ajratiladi.

Trihomoniazni tashish — bu kasallikning bir turi bo’lib, unda hech qanday alomat yo’q.

Trihomoniazni yuqtirish yo’llari

Infeksiya manbai kasal odam yoki trihomoniaz tashuvchisi bo’ladi. Infeksiya jinsiy aloqa orqali sodir bo’ladi. Kundalik vositalar bilan yuqtirish deyarli mumkin emas (misol uchun hovuz, daryo yoki dush orqali). Lekin patogen sperma, siydik va suvda 24 soat davomida yashashga yaroqli bo’ladi.

Trihomoniazni tashxislash

Tashxis klinik belgilar va laboratoriya tekshiruvlari asosida amalga oshiriladi.

Trihomoniazni davolash

Davolash faqat tahlillar va laboratoriya tekshiruvidan so’ng, kasallikning og’irligi va bemorning individual xususiyatlaridan so’ng belgilanadi. Trihomoniaz barcha jinsiy sheriklarda davolanishi kerak.

Tanosil kasalliklari — xlamidioz

Xlamidioz — xlamidiya deb nomlangan patogen keltirib chiqaradigan, jinsiy yo’l bilan yuqadigan yuqumli kasalliklardan biridir.

Xlamidioz bakteriyasi
Foto: nypost.com

Qo’zg’atuvchisi — chlamydia trachomatis, hujayra ichidagi parazitdir. U  xuddi virus singari faqat tirik hujayra ichida yashaydi, lekin uning tuzilishi bakteriyalarga o’xshaydi. Xlamidiyani davolash juda qiyin bo’lganligi sababi — ushbu ikkilamchi tabiat va hujayralar ichida parazitlik qilish qobiliyati.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Piyelonefrit kasalligi klinik belgilari, tashxislash va davolash usullari

Har qanday yoshdagi odamlar xlamidiyani yuqtirishlari mumkin. Kasallik jinsiy yo’l bilan, havodagi tomchilar yoki to’g’ridan-to’g’ri aloqa yo’li orqali yuqadi. Xlamidiya ayollarda bartolinit, servitsit, uretrit, salpingo-oforit va boshqalarni keltirib chiqarishi mumkin.

Erkaklarda bu kasallik uretrit, prostatit, proktit va boshqalarni keltirib chiqarishi mumkin.

Xlamidioz alomatlari

Ayollardagi kasallikning 1/3 qismida quyidagi urogenital xlamidiya belgilari kuzatiladi:

  • bachadon bo’yni kanalidan yoki qindan yiringli shilliq oqindi;
  • siydik chiqarganda va qorinning pastki qismida og’riq;
  • jinsiy aloqadan keyin va hayz davrlari oralig’idagi qon dog’lari;
  • tos a’zolarining surunkali og’rig’i;
  • bepushtlik.

Erkaklardagi kasallikning 2/3 qismida quyidagi urogenital xlamidiya belgilari kuzatiladi:

  • siydik yo’lidan yiringli shilliq oqindi;
  • siyish paytidagi og’riq hissi;
  • chot qismga o’tuvchi qorinning pastki qismidagi og’riq;
  • erektil disfunksiya.

Bundan tashqari, har ikki jinsdagi odamlarda patologik jarayonning lokalizatsiyasiga qarab, anorektal mintaqada bezovtalik, tomoq shilliq qavatining giperemiyasi, ko’z shilliq qavatining giperemiyasi, ko’z yoshlanishi va artralgiya kuzatilishi mumkin. Ammo ko’pincha bu kasallik hech qanday alomatlarsiz davom etadi va uni laboratoriyada aniqlash qiyin. Bularning barchasi davolanish jarayonini murakkablashtiradi, bunday holda jiddiy asoratlar ham bo’lishi mumkin.

Infeksiya tug’ruq paytida onadan bolaga yuqishi mumkin. Xlamidia infeksiya bilan kasallangan onalardan tug’ilgan bolalarning yarmidan ko’pi konyunktivit va pnevmoniya bilan og’riganligi qayd etilgan. Xlamidia infeksiya bilan kasallangan homilador ayollarda quyidagi asoratlar bo’lishi mumkin:

  • bachadondan tashqari homiladorlik
  • bola tushishi
  • rivojlanmagan homiladorlik
  • erta tug’ilish
  • tug’ish jarayonidagi zaiflik
  • tug’ruq paytidagi isitma
  • gestoz
  • homila suvi ko’pligi
  • plasenta anormalliklari
  • plasentaning erta ajralishi
  • homila ichidagi gipoksiya

Odatda, homilador ayollarda xlamidiya alomatsiz kechadi. Serviksit va bachadon bo’yni psevdo-eroziyasi infeksiyaning mavjudligini ko’rsatishi mumkin.

Xlamidiyani tashxislash

Laboratoriya tekshiruvlarii: 

  • bakteriologik tekshirish; 
  • monoklonal antikorli to’g’ridan-to’g’ri immunoflyurestsensiya; 
  • immunoferment analizi; 
  • RNK va DNK gibridlash; 
  • nuklein kislotasini kuchaytirish usuli;
  • polimeraza zanjiri reaksiyasi va ligaza zanjiri reaksiyasi.

Urogenital xlamidiya bilan og’rigan bemorlar boshqa jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklarga ham tekshirishlari kerak!

Xlamidiyani davolash

Urogenital xlamidiyani samarali davolash jinsiy sheriklar va yangi tug’ilgan chaqaloqlardagi og’ir asoratlar va infeksiyalarni oldini olishga yordam beradi.

Qo’llaniladigan dorilar — xlamidiya traxomatisiga qarshi faol antibiotiklar.

Kasallikni o’z vaqtida aniqlash va yetarli davolanish orqali kasallikdan qutulish mumkin.

Xlamidiyani davolash kursidan 2 hafta o’tgach, bemor klinik va laboratoriya nazoratidan qayta o’tadi. Keyingi 1-2 hayz sikli davomida ayollar tekshiruvdan o’tadilar. Erkaklarda kuzatuv yana 3-4 oy davom etadi.

Xlamidiya — bu ko’pincha o’zini hech qanday namoyon qilmaydigan kasallik. Shuning uchun, ko’plab bemorlar xlamidial infeksiya borligini hatto bilishmaydi va tekshiruv va davolanishdan o’tmaydilar. Hozirgi vaqtda bachadon bo’yni infeksiyasiga chalingan ayollarning taxminan 70% va uretral infeksiya bilan kasallangan erkaklarning 50% ushbu kasallikdan aziyat chekmoqda.

Kasallik tarqalishining oldini olish uchun barcha ayollar tug’ruqdan oldin va homiladorlikning tugashidan oldin tanada xlamidiya borligini tekshiradilar. Oilani rejalashtirish klinikasiga kelgan juftliklar xlamidial infeksiya tekshiruvidan o’tkaziladi. Agar topilsa, ikkala sherik ham xlamidiyani davolashadi.

Xlamidiyani oldini olish

Profilaktikaning asosiy usuli — tasodifiy jinsiy munosabatlarni yo’q qilish va kontraseptsiya uchun to’siqli usullardan foydalanish.

Tanosil kasalliklari — kandidoz

Kandidoz (sinonimi — molochnitsa) — bu jinsiy a’zolar shilliq qavatining zamburug’li kasalligi, bu Candida turiga mansub zamburug’larining haddan tashqari ko’payishi natijasida yuzaga keladi.

Candida — bu doimo sog’lom odam tanasida (terida, og’iz bo’shlig’ida, oshqozon-ichak traktida, tanosil tizimida) oz miqdorda mavjud bo’lgan mikroorganizmdir. Lekin, mikroorganizmlarning muvozanati buzilishi mumkin, bu kandidaning ko’payishiga va natijada kandidozga olib keladi

Candida infeksiyasining asosiy xususiyatlaridan biri bu o’chog’lar ko’pligidir. Zamburug’lar tanosil a’zolarga, ba’zan esa ichki jinsiy organlarga ta’sir qiladi. Candida infeksiyasi yuqori moslashuvchanligi tufayli turli organlarga kirib, ularning funksiyalarini o’zgartirishga olib keladi.

Ko’pincha zamburug’ homilador ayollarda, tana tizimi o’zgarishi, gormonal o’zgarishlar va mahalliy immunitetning pasayishi natijasida namoyon bo’ladi. Bunday hollarda, ayol o’z tanasiga ko’proq e’tibor qaratishi va mutaxassisga murojaat qilishlari kerak.

Ayollarning 50% dan ortig’i ushbu kasallikka butun umri davomida duch keladilar, ayniqsa, issiq mamlakatlardagi ayollarda, hamda, immuniteti zaif ayollar gormonal foni va bakterial floransi buzilgani tufayli zamburug’dan aziyat chekadilar. 

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Tug‘ruqxonada qaysi mahsulotlarga ruxsat mavjud?

Alomatlar kelib chiqishi quyidagi sabablarga bog’liq:

  • homiladorlik, gormonal holat o’zgarishi;
  • jarrohlik aralashuvi;
  • endokrin kasalliklar;
  • yuqumli kasalliklar;
  • gormonal kontraseptivlar;
  • antibiotiklar, kortikosteroidlar, sitostatiklar;
  • spirtli ichimliklar, shirinliklar va achchiq ovqatlarni tanovul qilish.

Candida boshqa jinsiy yo’l bilan yuqadigan infeksiyalar bilan bir vaqtda yashashi mumkin. Kandidoz ba’zida boshqa JYYK yoki boshqa yuqumli kasalliklar uchun antibiotikli davolash natijasida kelib chiqishi mumkin.

Kandidozning turlari

Kandidoz (molochnitsa) quyidagi klinik shakllarga ajratiladi:

  • o’tkir
  • surunkali
  • Candidani tashish

Kandidozning o’tkir shakli , davolanmasa, surunkali holatga o’tib kelishi mumkin. Surunkali shakli kasallikning alomatlari tez namoyon bo’lishi bilan tavsiflanadi, ularning sabablari aksariyat hollarda ikkilamchi infeksiya hisoblanadi. Odatda, bunday bemorlarda oshqozon-ichak trakti kasalliklari (disbakterioz) va mahalliy immunitetni pasaytiradigan turli xil ginekologik kasalliklar mavjud.

Odatda, o’tkir kandidoz 2 oydan oshmaydi. Bemorda shilliq qavatning qizarishi, shish va pufakchalar shaklidagi toshma bo’lishi mumkin. Agar kasallik 2 oydan ortiq davom etsa, unda u surunkali holatga o’tadi. Bemorlar qichishish va kuyish hissidan shikoyat qiladilar, hayzdan oldin kuchayib, hayzdan keyin kamayadi.

Qandli diabet, miksedema, tuxumdonlar gipofunksiyasi bilan og’rigan bemorlarda vulvit kandidozi chot-son teri burmalari va perianal qismlarga tarqalishi mumkin.

Kandidozning alomatlari

Candidani tashishda alomatlar mavjud emas. Urogenital kandidoz tashuvchilar kasallikni jinsiy sheriklariga yuqtirishi mumkin, bunday tashxisi mavjud ayol, tug’ruq paytida yangi tug’ilgan chaqaloqlarga kasallikni yuqtirishi mumkin. Odatda, bunday odamlarning tahlillari psevdomitselning mavjudligini ko’rsatadi.

O’tkir kandidozning asosiy belgilari:

  • tvorogli quyqalar
  • tashqi jinsiy a’zolar sohasida yonish va qichishish hissi
  • shilliq qavatining suv va siydikka yuqori sezuvchanligi
  • jinsiy aloqadan keyingi og’riq
  • yomon hid

Kasallik boshqa organlarga o’tishi mumkin. Antibiotiklardan foydalanish, terining va shilliq pardalarning shikastlanishi, operatsiya kasallikning umumiy shakliga olib keladi.

Kandidozni tashxislash

Kandidoz tashxisi klinik ko’rinish va mikroskopik tekshiruv asosida amalga oshiriladi.

Kandidozni davolash

Zamburug’ning muvaffaqiyatli davolanishi va alomatlarning kuchayishini oldini olish uchun kompleksli terapiya zarur. Kasallikning o’tkir shakllarini davolash uchun mahalliy zamburug’ga qarshi terapiya qo’llaniladi. Kasallikning murakkab holatlarida nafaqat etiotropik davolanish, balki kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarni yo’q qilish ham talab etiladi.

Zamburug’ni davolash samarali bo’lishi uchun yomon odatlardan, antibiotiklardan, sitostatiklardan, kortikosteroidlardan va gormonal kontratseptivlardan vaqtincha voz kechish kerak.

Kandidozning oldini olish

Kandidozning oldini olish uchun quyidagilarni yodda tutish kerak:

  • shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish;
  • kasallikning o’tkir shakllarini o’z vaqtida davolash;
  • Candida tashuvchilari bilan aloqalarni pasaytirish.

Tanosil kasalliklari — oldini olish

Tanosil kasalliklarini oldini olish
Foto: racurs.ua

Ushbu bo’lim juda muhim!

Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, insonning tashqi ko’rinishi, ma’lumot darajasi, ijtimoiy va oilaviy ahvoli unda jinsiy yo’l bilan yuqadigan tanosil kasalliklari borligi yoki yo’qligi to’g’risida hech narsa deya olmaydi. Jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklarning aksariyati ko’pincha alomatsiz bo’ladi. Bunday holda, odam hatto kasal ekanligini bilmasligi mumkin.

Ushbu oddiy xavfsizlik qoidalariga rioya qilish orqali o’zingizni jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklardan himoya qilishingiz mumkin:

  • Ko’p va tasodifiy jinsiy aloqalardan qochishga harakat qiling.
  • O’zingiz tanimagan yoki bir nechta jinsiy sheriklari bor inson bilan jinsiy aloqada bo’lganingizda prezervativdan foydalaning.

Esda tuting, prezervativsiz doimiy bo’lmagan (tasodifiy) sherik bilan aloqa qilishda ushbu profilaktika usullari hech qanday kafolat bermaydi:

  • tashqi jinsiy a’zolarni aloqa qilgandan so’ng suv va sovun bilan darhol yuvish;
  • qin yoki to’g’ri ichakni dush, klizma yoki sprinsofka bilan yuvish;
  • qin yoki to’g’ri ichakni tarkibida xlor mavjud bo’lgan antiseptiklar (Gibitan, Miramistin, Xlorheksidin) bilan yuvish yoki ularni siydik chiqarish kanaliga kiritish;
  • kontratseptiv kremlardan va shamlardan (spermitsidlar), masalan, Farmateks va 9-noksinol (Nonoksinol, Patenteks Oval) o’z ichiga olgan spermitsidlardan foydalanish.

Siz ushbu usullardan foydalanishingiz mumkin, ammo ular sizga to’liq kafolatni bermaydi. Shu bilan birga, ushbu usullarning ba’zilari xavfli bo’lishi mumkin.

Masalan, qinni chuqur yuvish (sprinsofka) qo’zg’atuvchilarning ayol jinsiy a’zolarining yuqori qismlariga o’tishiga yordam beradi va asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

9-nonoksinolni (Nonoksinol, Patenteks Oval) o’z ichiga olgan spermitsidlar gonoreya, xlamidiya va OIV infeksiyasining oldini olish uchun samarasiz.

Tanosil kasalliklari oldini oluvchi dorilar

Agar prezervativsiz doimiy bo’lmagan (tasodifiy) jinsiy sherik bilan aloqada bo’lgan bo’lsangiz yoki prezervativ buzilgan bo’lsa, shifokor bilan maslahatlashing, u siz uchun dori-darmon (profilaktik davolash) tayinlaydi. Profilaktik choralar yangi, asoratlanmagan infeksiyaga mos keladigan bo’ladi. Tasodifiy jinsiy aloqadan keyin dori-darmon profilaktikasi jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklarning oldini olishning zaxira usuli hisoblanadi. Uni ko’p bajarish mumkin emas va yaxshisi prezervativdan foydalanish kerak. Bundan tashqari, bunday profilaktika virusli kasalliklarning rivojlanishiga to’sqinlik qilmaydi (genital gerpes, inson papillomavirusi, OIV infeksiyasi). Bu usul faqat bakterial kasalliklarga qarshi (gonoreya, xlamidiya, ureaplazmoz, mikoplazmoz, sifilis, trihomoniz) samarali hisoblanadi.

Shuningdek, tasodifiy jinsiy sherigingizni venerolog bilan uchrashuvga kelish va tanosil kasalliklari mavjudligini tekshirish kerakligini unutmang.

Maqoladagi maʼlumotlar tanishish maqsadida berilgan. Ushbu maqolada berilgan dori preparatlarini qoʻllashga qarshi koʻrsatmalar mavjud. Qoʻllashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashishingiz zarur.

manba: dzhmao.ru

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


Tegishli maqolalar

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button