Organizmni tozalash

MAQOLALAR

ico
Organizmni tozalashning olti usuli
Har doim ham ovqatlanish ratsionimizni toʻgʻri tashkil etolmaymiz. Ba’zida ishga shoshamiz, ba’zida esa shunchaki unutib qoʻyamiz. Foydali mahsulotlarni tanovul qilish haqida-ku koʻpam oʻylamaymiz. Shunday boʻlsa-da, organizmimizning filtri hisoblangan jigarga oʻzini tozalashda yordamlashishimiz kerak. Inson organizmi doimo ifloslanib, hayot uchun xavfli elementlar bilan toʻlib boradi. Agar siz, okean qurshovida yashayotgan boʻlmasangiz, bundan qutulishning iloji yoʻq. Lekin hech boʻlmasa, ularni organizmga tushishi kamaytirilsa, maqsadga muvofiq boʻladi. Quyidagi maslahatlarni muntazam bajarish bilan jigar faoliyatini yaxshilanishiga hamda zaharli moddalarni kamaytirishga erishasiz.

Kunni limondan boshlang

Uygʻonishingiz bilan, yarimta limon suvi siqilgan bir piyola iliq suv iching. Bu organizmni kaliy, kalsiy va magniy kabi moddalar bilan oziqlantiradi. Tunda organizmdan toksinlar chiqarib yuboriladi, bu esa, tanani suvsizlantiadi.Shuning uchun eng birinchi boʻlib organizmni suv bilan ta’minlash kerak. Limon jigarda enzim moddasini ishlab chiqarilishini tezlashtiradi, bu esa ovqat hazm qilishi va yigʻilib qolgan zaharlarni ketgazishga yordam beradi. Vitamin C immunitetni mustahkamlaydi.

Harakatni koʻpaytiring

Umurtqa pogʻonasi elastikligini oshiruvchi har qanday sport mashgʻulotlari, masalan, yoga hazmi taomga va zaharli moddalarni chiqarishga yordam beradi. Doimiy stess ichki organlarda muammolar paydo boʻlishiga olib keladi. Tinchlantiruvchi mashqlar, chuqur nafas olish ichki muskullar va diafragmani yaxshilab, barcha organlarning faoliyatini mustahkamlaydi.

Koʻproq brokkolli iste’mol qiling

Doimiy shamollash yurak, qandli diabet va rak kasalligini keltirib chiqarar ekan. Buni oldini olish uchun esa, tarkibida oltingugurt moddasi boʻlgan mahsulotlarni koʻproq iste’mol qilish kerak. Piyoz, sarimsoq, brokkoli, karam, rangli karam mana shu moddaga boy sabzavotlar hisoblanad. Undan tashqari, ular turli xil zaharli moddalar bilan kurashuvchi antioksidantlarga boy.

Tanani cho‘tka bilan tozalab turing

Haftada bir necha marta dush qabul qilishingizdan oldin yumshoq cho‘tka bilan tazab turing. Bu usul teridagi oʻlik hujayralardan xalos boʻlishga yordam beradi. Teri teshiklarini ochilishi organizmda terlashni yaxshilaydi. Bu jarayon toksinlarni chiqarishni osonlashtiradi.

Oʻtli choylar iching

Momaqaymoq yoki qushqoʻnmas oʻsimliklari jigar faoliyatini me’yorlashtiradi. Qushqoʻnmas oʻsimligi jigar devor qavatlarini mustahkamlab, zaharli moddalarni chiqarib, ularni zararsizlantiradi.

Tuzli hammomlar qabul qiling

20 daqiqa davomida dengiz tuzi qoʻshilgan suvli vanna qabul qiling. Tuz organizmni magniy minerallari bilan boyitadi. Magniy organizmdagi detoksikatsiya jarayonini yaxshilaydi.

Xobbi.uz

ico
Yoga foydalimi?
Yoga nimasi bilan foydali?  Yoga bilan shug‘ullanishning asosiy salbiy va ijobiy tomonlarini ko‘rib chiqamiz. Sog‘lom turmush tarzini olib boruvchi inson yoga bilan shug‘ullanishga vaqt sarflashi shartmikan. Yoga eramizdan avvalgi uchinchi va ikkinchi ming yilliklar orasida Hindistonda paydo bo‘lgan. Hind daryosining qirg‘oqlarida topilgan yoga pozalaridagi odamlar tasvirlangan muhrlar aynan shu davrga to‘g‘ri keladi. Zamonaviy yoga ko‘plab yo‘nalishlar va uslublarga ega. Ulardan asosiylari: ayengara, ashtanga-yoga, bikram-yoga, vini-yoga, yogabit, kundalini, kuch tortishish yogasi, tray-yoga, xatxa-yoga.

Yoga bilan shug‘ullanish nimani namoyon etadi

Yoga bilan shug‘ullanish– boshlang‘ich, asosiy va yakunlovchi uch qismdan iborat. Ularning o‘ziga xosligi yoganing tanlangan yo‘nalishiga bog‘liq. Mashg‘ulotni mantra kuylashdan, qisqacha relaksatsiya yoki oyoq-qo‘llarning chigalini yozishdan boshlash mumkin. Yangi boshlaganlar - o‘qituvchi nima qilayotganligini diqqat bilan kuzatishlari va mayda detallarni ko‘zdan qochirmaslikka harakat qilishlari kerak. Yoga Asosiy qismi mashqlar amaliyotini o‘z ichiga oladi. “Asan”ni bajarayotganda, o‘z his-tuyg‘ularingizga quloq tuting va birdaniga og‘riq yoki kuchli noqulaylik sezib qolsangiz, mashqlarni bajarishni to‘xtating. Mashg‘ulot oxirida o‘quvchilar yopiq ko‘zlari bilan “murda pozasi” – shavasanni bajargan holda gilamga yotadilar. Bu eng yuqori bo‘shashish va mashg‘ulotlardan so‘ng kuch to‘plab olishga erishishga imkon beradi. Shavasanning davomiyligi yoganing tanlangan uslubiga bog‘liq. Umumiy hollarda yoga mashg‘uloti aynan shunday o‘tadi. Yoga nimasi bilan foydali?

Yoga: ijobiy va salbiy tomonlari

Yoganing ijobiy tomonlari

1. Organizmni umumiy sog‘lomlashtirish Yoga organizmni sog‘lomlashtirish bo‘yicha noyob tizim deb ataladi. U ichki garmoniyani topish va barcha organlarning ishini yaxshilash imkonini beradi. Yoga falasafasi zararli odatlardan qutulish va sog‘lom turmush tarziga qo‘shilishga yordam beradi. 2. Atrof dunyo bilan uyg‘unlik. Ruhiy zarba va salbiy kechinmalardan qutulish. Yogasizga o‘z ichki dunyongizga kirish va o‘zingizni yaxshi bilib olish imkoniyatini beradi. Mashqlar sizningsalohiyatingizni ochib berishga, uyg‘unlik va xotirjamlikni qozonishga yo‘naltirilgan. Relaksatsiya paytida bo‘shashish imkoniyati salbiy kechinmalardan qutulishga yordam beradi. Chuqur nafas olishni bilish, stress vaziyatlarda xotirjam va mulohazali bo‘lishga yordam beradi. 3. Orqadagi va bo‘g‘imlardagi og‘riqlardan qutulish Yogada bizning organizmimizni bo‘shashtiruvchi va uni tetiklashtiruvchi ta’sirga ega bo‘lgan yaxlit mashqlar majmuasi mavjud. Orqa va
bo‘g‘imlardagi og‘riqlarga qarshi kurashishning samaradorligi tibbiy dori-darmonlarni qo‘llash bilan solishtirilishi isbotlangan. 4. Qomatning yaxshilanishi Yoga bilan shug‘ullanish mushaklar korsetiga mustahkamlovchi ta’sir ko‘rsatadi. Qomat yaxshilanadi, qadam tashlash ancha ishonchli bo‘lib qoladi. 5. Metabolizmni tezlashtirish va ozish Yogada maxsus oshqozon-ichak trakti (OIT) ishini yaxshilashga va buning natijasida, metabolizmni yaxshilashga yo‘naltirilgan maxsus mashqlar mavjud. Yogani tez ozish usullariga kiritish mumkin emas. Biroq yoga bilan tizimli ravishda shug‘ullanish sekin-asta vaznni kamaytirish imkoniyatini beradi. Biroq yoga bilan doimiy ravishda shug‘ullanish sekin-asta vaznning tushishiga olib keladi. 6. Organizmni tozalash Yoga bilan doimiy ravishda shug‘ullanish ichki organlarni mashq qilishiga yordam beradi. U ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi va organizmdan toksinlarni chiqarilishini kuchaytiradi. 7. Immunitetning oshishi Mashqlarni bajarish limfa sirkulyatsiyasini faollashtirali, organlarning ichki balansini tiklaydi va oganizmni ng infeksiyalar va bakteriyalarga qarshilik ko‘rsata olishini yaxshilaydi. 8. Aqliy qobiliyatlarni yaxshilash Yoga vaqtida meditatsiya bilan shug‘ullanish aqliy faoliyatni kuchaytiradi, xotirani yaxshilaydi va e’tiborning jamlanishini mashq qildiradi. Mashqlar qon oqimini yaxshilaydi va miyani kislorod bilan boyitadi. 9. Yosh ahamiyatga ega emas Yoga bilan, jismoniy tayyorgarlik darajasidan qat’iy nazar, har qanday yoshda shug‘ullanish mumkin. 10. Vaqt va joy ahamiyatga ega emas Yoga bilan shug‘ullanish ma’lum uskunalarni talab etmaydi. Shuning uchun u bilan har qanday joyda shug‘ullanish mumkin. Mashg‘ulotlar uchun vaqt ham katta ahamiyatga ega emas. Yoga bilan ertalabki vaqtda, tushlik va kechqurungi vaqtda shug‘ullanishdan bir xil foyda olinadi. yoga haqida

Yoganing salbiy tomonlari

Mashg‘ulotlar uchun yuqori narx to‘lash va haqiqiy o‘qituvchini qidirishdagi qiyinchiliklar. Yogaga o‘qitish – har qanday tovlamachilar va sektantlar uchun haqiqiy jannatning o‘zginasi. Jarohat olish va eski kasalliklarning avj olish imkoniyati – noto‘g‘ri amaliyot bo‘lib, u nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarohatlar (et uzilishi, suyak chiqishi) bilan, balki ichki organlar va tayanch-harakatlanish apparati surunkali kasalliklarining rivojlanishi bilan tahdid soladi. Yoga - fitnes va yoki sport emas, u bilan fakultativ tarzda shug‘ullanish imkoniyati yo‘q – siz yoki o‘zingizning butun turmush tarzingizni unga bo‘ysundirasiz, yoxud hech nimaga erisha olmaysiz. Yoga – bu nafaqat mashqlar majmuasi. Bu avvalom bor, inson dunyoqarashini o‘zgartiruvchi, o‘zini tutish uslubini o‘zgarishiga olib keluvchi muhim falsafa hisoblanib, hayotning barcha sohalariga kira oladi. Siz butunlay yoki to‘liq o‘zgarishga tayyormisiz?
Ushbu maqolani ham o‘qing: Jismoniy kamharakatlik - sog‘liqqa zarar keltiruvchi sabablardan biri

Make.uz nashri.

ico
Organizmni tozalash qanday amalga oshiriladi?
Umumiy sog‘liqni tiklash doim organizmni tozalashdan boshlanishi muhim. Organizm tozalanmas ekan, hech qaysi kasallikdan butunlay qutilib bo‘lmaydi. Deyarli barcha kasalliklar organizmning ifloslanishidan kelib chiqadi. Organizmni tozalashning bir nechta usullari mavjud. Bunda ketma-ketlikka rioya qilish muhim. Organizmni tozalash bilan birga kundalik oziqlanish sifatiga ham jiddiy ahamiyat berish muhim hisoblanadi. Sababi, organizm asosan noto‘gri oziqlanish sababli ifloslanadi. Organizmni-tozalash Tozalanish jarayoni ket-ketlikda ko‘rsatilgan ketma-ketlikda amalga oshirilishi zarurdir. Organizmni tozalashni amalga oshirishdan avval o‘z shifokoringiz bilan maslahatlashishni unutmang.

Organizmni tozalash bosqichlari

Ichaklarni va terini tozalash

Immunitetning 90% qismi ichaklarda joylashgan. Noto‘g‘ri ovqatlanish sababli mavjud bo‘ladigan zararli toksik qoldiqlar vaqt o‘tgan sari ichaklarda yig‘ilib boraveradi. Shuning uchun ham ichaklarning muntazam tozalanib turishi umumiy sog‘liq uchun juda muhimdir. Ichaklar holati yaxshi bo‘lmasa kasalliklar paydo bo‘la boshlaydi. O‘lim ichaklarda boshlanadi deyilishi bejiz emas. Ichaklar sog‘lig‘ini ta’minlash – bu har kungi vazifamiz hisoblanadi. Ichaklar sog‘lig‘ini ta’minlashda eng muhim omillardan biri bu ichak mikroflorasining sog‘lig‘iga jiddiy ahamiyat berishdir. Iloji bo‘lsa har kuni taomlar bilan birga foydali bakteriyalarga boy tabiiy mahsulotlar iste’mol qilish juda muhimdir. Ichaklardagi foydali bakteriyalar organizmni viruslar, bakteriyalar va boshqa patogenlardan himoya qiladi. Ichaklar sog‘lig‘ini ta’minlashda ich qotmasligiga katta ahamiyat berish nihoyatda muhimdir. Normal holatda kuniga 2 3 marta katta hojatga chiqiladi. Iste’mol qilingan taom hazm bo‘lgach, uning qoldiqlari 24 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqt ichida organizmni tark etishi kerak. Bunga qanday erishiladi? Buning uchun yetarli toza suv va erimaydigan tolalarga boy mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish kerak bo‘ladi. Erimaydigan tolalar ichaklarda supurgi vazifasini bajaradi va qoldiqlarni tashqariga chiqarishda yordam beradi. Erimaydigan tolalarga meva va sabzavotlar (ayniqsa, qora olxo‘ri) va yangi maydalangan zig‘ir urug‘i juda boydir. Ichilayotgan suvning sifati ham sog‘liq uchun juda muhim, sababi inson tanasining 2/3 qismi suvdan iborat. Suv og‘ir metallar, xlor va ftorsiz bo‘lishiga ahamiyat bering. Suvni tozalash uchun suv tozalovchi filtrlardan foydalansa bo‘ladi. Teri ham organizmdan ba’zi zararli moddalarni tashqariga chiqarib tashlovchi vositadir. Teriga nima surtsangiz, u qonga so‘rilishi ehtimoli katta. Chaqaloqlar va bolalar terisiga surtilgan moddalar organizmga juda oson so‘riladi. Teriga surtiladigan moddalarning tabiiyligiga ahamiyat berish bilan birga muntazam ravishda terini ishqalab yuvish, ingliz tuzi (Epsom Salt, Magnesium Sulfate) qo‘shilgan vannalar qabul qilib turish tanani zararli moddalardan halos bo‘lishida katta yordam beradi.

Parazitlardan tozalanish

Parazitlar bu ichaklardagi gijjalar va shunga o‘xshash tirik organizmlardir. Gijjalar o‘zidan chiqaruvchi toksinlar insonni kasal qiladi va immunitetni tushiradi. Parazitlardan halos qiluvchi eng samarali vositalar:
  • Qora yong‘oq po‘sti (Black walnut hulls)
  • Shuvoq (Wormwood (Artemisia Shrub)
  • Qalampirmunchoq (Cloves)
Qora yong‘oq po‘sti va shuvoq katta va kichik gijjalarning 100dan ortiq turini yo‘q qiladi. Qalampirmunchoq esa gijjalarning tuhumlarini nobud qiladi.

Buyraklarni tozalash

Buyraklar qonni filtrlash tizimi hisoblanadi. Buyraklar bir kunda 150 litrgacha bo‘lgan qonni filtrlaydi va 2 litrgacha bo‘lgan siydik (qoldiq) ishlab chiqaradi. Toksinlar ko‘payib buyraklarda yig‘ila boshlaganida, ularda toshlar paydo bo‘lishi mumkin. Buyrak tozalanishi uchun har kuni ko‘p-ko‘p tarvuz iste’mol qilish va/yoki doim seldr urug‘idan choy damlab ichish foydali hisoblanadi.

Jigar va o‘t pufagini tozalash

Jigar ham qonni filtrlaydi va organizmni bakteriya va viruslardan himoya qiladi. Jigar sog‘lom bo‘lganida badan deyarli kasallanmaydi. Jigar tozalash usullari ko‘p. Quyida eng oson va havfsiz 2 usul sanab o‘tiladi. 1 usul. Uch kun davomida yangi siqilgan dorisiz o‘stirilgan olma suvidan har kuni 1 litrdan ichiladi. Olmadagi tabiiy molik kislota jigardagi qoldiqlarni eritishda yordam beradi. Uchinchi kunning kechki paytida 1 stakan (250 ml) sovuq siqilgan Zaytun yog‘iga (extra virgin cold pressed organic olive oil) 1 ta limonning yangi siqilgan suvini qo‘shib tezda ichiladi va o‘ng tomon bilan to‘shakka embrion pozasida 30 daqiqaga yotiladi. Qayt qilish ehtimoli mavjud bo‘lgani uchun yoningizda mahsus idish saqlang. Keyingi kun tongda ilk katta hojat chiqarganingizda hojatda mayda yashil va qora donachalar ko‘rsangiz, bilingki, bu toshlardir. 2 usul. 1970 yillargacha juda keng qo‘llanilgan jigar tozalashning samarali usullaridan biri bu kofeli klizma hisoblangan. Nimaga aynan kofeli klizma? Kofedagi tabiiy moddalar jigarning Glutatyon S transferaz ishlab chiqarishga undaydi. Bu modda esa toksinlarga bog‘lanib toksinlarni kofe bilan birga tashqariga chiqarib yuboradi. Bunda kafeinga bog‘liqlik yuzaga kelmaydi. Kofeli klizma qilish uchun eruvchan va/yoki kafeinsiz kofe to‘g‘ri kelmaydi. Kofe tabiiy bo‘lishi muhim. Kofeli klizma organizmning ifloslanish darajasini 600%ga kamaytiradi, ichaklarni tozalab sog‘lomlashtiradi, energiyani oshiradi, asabiylikni kamaytiradi, kayfiyatni yaxshilaydi, depressiyani kamaytiradi, parasitlardan halos bo‘lishda yordam beradi, jigarni tozalaydi va sog‘lomlashtiradi, hronik muammolarni kamaytiradi, hazmni yaxshilaydi, saraton kasalliklarida bemor holatini ancha yaxshilaydi. Kofe ichilganida bunday tozalanish foydalari kuzatilmaydi.

Qonni tozalash

Chiqindilar qonga o‘tib yig‘ila boshlasa arteriya va venalar elastiklikni yo‘qota boshlaydi va qattiqlashadi. Qonni tozalashda eng samarali giyohli choylardan ayrimlari:
  • “Hoxsey” choyi (Hoxsey tea)
  • “Essiac” choyi (Essiac tea)
  • Dr.Richard Schulze choyi (Dr.Richard Schulze herbal formula)

© Uzshifo.info