Bolani emizish

MAQOLALAR

ico
Stafilokokk mavjud bo‘lganda bolani emizish mumkinmi?

Agar ona tekshiruvdan o‘tganida ko‘p miqdorda stafilokokk mavjudligi aniqlansa va bu paytda bolada kasallikning klinik belgilari yuzaga kelgan bo‘lsa, vaqtinchalik emizmay turgan ma’qul. Lekin buni malakali mutaxassis tegishli tekshiruvlardan o‘tgachgina aniq belgilashi mumkin.

Lekin ba’zida shunday vaziyatlar ham uchraydiki, onada stafilokokk bor, ko‘krak uchida yorilishlar ham mavjud, bola esa o‘zini yaxshi his qiladi. Ya’ni ayolda stafilokokk infeksiya bo‘lsa va bola o‘zini noxush his qilsa, birinchi galda go‘dakni pediatr-shifokor ko‘rigiga olib borish lozim. Agar uning ahvoliga boshqa omillar turtk bergan bo‘lsa, shifokor ularni bartaraf etish yo‘llarini belgilab, davo usul va vositalarini tavsiya etadi.

Ona suti orqali bolaga yuqadimi?

Agar ona ko‘kragida yallig‘lanish jarayonlari bo‘lsa, bu ko‘krakda yoriqlar paydo bo‘lganda bolani sun’iy oziqlantirishga o‘tish kerak degani emas. Stafilokokk ona organizmidan sut orqali bolaga o‘tmaydi. U ko‘krakning yallig‘langan yoriqlaridan go‘dak organizmiga tushadi. Shuning uchun birinchi galda shu sababni davolash kerak. U esa odatda bolani noto‘g‘ri emizish tufayli yuzaga keladi. Davolanishni bolaga ko‘krakni to‘g‘ri tutishni o‘rganishdan boshlang!

Ona sutida stafilokokk bo‘lsa…

Amaliyotda shu paytgacha emizganlik uchun bolaga ona suti orqali stafilokokk o‘tib, unda qandaydir jiddiy kasallik boshlangani kuzatilmagan. Bolaning betoblanishiga mazkur infeksiyaning boshqa qo‘shimcha manbaasi va go‘dak organizmining umumiy holsizligi sabab bo‘ladi. Ona sutida kam miqdorda stafilokokk bo‘lsa, bu bolani emishdan mahrum etish kerak, degani emas.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun o‘qing:

© "Sug‘diyona" gazetasi.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Bolani sutdan ajratish (Pediatr tavsiyasi)
Bolani ko‘krakdan ajratishda ham ona, ham bolaning fiziologik xususiyatlari inobatga olinishi darkor. Onaga buning uchun involyutsiya davri boshlangandan keyingi vaqt muvofiq. Involyutsiya davrida sut bilan birgalikda kam miqdorda og‘iz suti (molozivo) ishlab chiqariladi. Ko‘krak hajmi esa kichrayadi va ona go‘dagini bir necha kun emizmasa ham qattiqlashmay, yumshoq bo‘lib turadi. Bolani ikkidan uch yoshgacha bo‘lgan vaqtda ko‘krakdan ajratish oson kechadi. Agar farzandingizni ko‘krakdan ajratmoqchi bo‘lsangiz, uyidagi bir necha muhim qoidalarni bilib olishingiz kerak. [su_note note_color="#99f2b9" text_color="#000000" radius="8"]O‘qishni tavsiya etamiz: Bolani ko‘krak sutidan ayirish[/su_note]

Bolani sutdan ajratish uchun muhim tavsiyalar

  • Emizishni keskin to‘xtatib bo‘lmaydi. Bu bola uchun ortiqcha stress bo‘ladi. Avvaliga kunduzi bolani emizishlar sonini kamaytiring. Uni emizish o‘rniga shishacha yoki piyolada sut bering. Kunduzgi emizishlar sonini kundan-kunga kamaytirib boring. Bola umuman emmay qo‘ygach, kechki emizishlar sonini kamaytirishni boshlang.
  • Kichkintoyga e’tiborli bo‘ling. Agar kunduzi kamroq emizsangiz-u, kechki paytda ko‘proq ema boshlasa, bilingki, uni ko‘krakdan ajratishga hali erta. Ba’zi hollarda bolani sutdan ajratish asnosida u barmog‘ini yoki ko‘rpachasini surishni odat qilishi ham mumkin.
  • Kunduzi bola emizishingizni talab qilsa, uning e’tiborini boshqa narsaga qarating. Masalan, sayr qilgani ko‘chaga, xiyobonga olib chiqing. Kichkintoy sayr asnosida emizishingizni talab qilmay uxlab qolishi mumkin.
  • Iloji boricha yopiq kiyim kiying, ya’ni bolaning nazari ko‘ksingizga tushmasin. Uning yonida yotmang, emishni yodiga solishi mumkin bo‘lgan harakatlardan qoching.
  • Bolaga kechqurun hamma, shu jumladan, «so‘rg‘ichi» ham uxlashini ayting.
  • Shoshilmang, bola yangi qoida va kun tartibiga sekin-asta o‘rganadi.
  • Emizish soni sutkasiga bir yoki ikki martaga kamaygach, uni onadan uzoqlashtirish, masalan, buvisinikiga olib borish mumkin. Bu vaqt mobaynida bola ko‘krakni unutadi, tuni bilan uyg‘onmasdan uxlashga ko‘nikadi. Onasining yoniga qaytganda esa emishni yoddan chiqargan bo‘ladi.

Mumkin emas!

Bola biror kasallikka chalingan yoki yaqinda sog‘ayib, organizmi zaif bo‘lib turganida hamda yoz paytida ko‘krakdan ajratmang!

Ona uchun…

  • Agar sutingiz ko‘p bo‘lsa, mastitning oldini olish uchun dori vositalari qabul qilishingiz mumkin. Ammo ularni albatta shifokor tavsiya etishi kerak.
  • Sut batamom qaytgunga qadar ko‘krakdagi qattiqlikni ketkazish uchun sutni kam-kamdan sog‘ib turish lozim. Ammo ko‘p emas, chunki sog‘ib olingan sut o‘rniga yanada ko‘proq sut kelishi mumkin. Laktatsiyani to‘xtatishga yordam beruvchi dori vositalarini qo‘llashda esa ehtiyotkor bo‘ling. Chunki ularning asorati bor: bu umumiy laktatsiyaga zarar qiladi va yana farzandli bo‘lganingizda sutingiz miqdori kamayib ketishiga olib kelishi mumkin.
  • Ona bolasini ko‘krakdan ajratish davrida o‘zini aybdordek, bolasiga nisbatan vafosizlik qilayotgandek his etadi. Unutmangki, bolani ko‘krakdan ajratish sizni onalik safidan chiqarib qo‘ymaydi. Bolani ko‘krakdan chiqarish davrida ham bola sizning mehringizni his qilishi darkor.

© Inobat JO‘RAYEVA, pediatr. "Sug‘diyona" gazetasi.

ico
Ona suti kamayishi - gipogalaktiya
Ko‘krak bezlari tomonidan sut ishlab chiqarilishini kamayishi gipogalaktiya deb ataladi. Bunda ajralayotgan sut miqdori bola ehtiyojini qondirmaydi. Gipogalaktiya 5 – 8 % ayollarda birlamchi bo‘lib, neyroendokrin buzilishlar sababli yuzaga keladi. Jaxon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra faqat 1 % ayollar bolalarini ko‘krak suti bilan boqa olmaydilar. Gipogalaktiya sabablariga onani laktatsiyaga yaxshi tayyorlanmasligi, ulardagi kasalliklar (qandli diabet, qon tomir, buyrak va tizimlari kasalliklar, o‘tkir yallig‘lanish jarayonlari, o‘smalar va boshqalar) stresslar, spirtli ichimliklar, xomiladorlik va tug‘ish davrlarida dorilar qabul qilish, dastlabki kechikkan ko‘krak tutish, onaning unumsiz kun tartibi, ovqatlanishi, jismoniy va aqliy zo‘riqishlar kiradi. [caption id="attachment_2615" align="aligncenter" width="462"]gipogalaktemiya Ona suti kamayishi - gipogalaktiya[/caption] Gipogalaktiyani oldini olish juda muhim. Dastlab, uni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish, emizikli onalarga ijtimoiy - moddiy osoyishta sharoit yaratish, ko‘krak bezlarini parvarish qilish, gigiyenik qoidalarga rioya qilish, unumli ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish zarur. Gipogalaktiyadan muhofaza uchun ko‘krak bezlarini muntazam to‘liq bo‘shatish lozim. Ovqatlantirishning muntazamligi bola ehtiyojiga mos tushgan ijobiy shartli reflekslarni shakllanishiga olib keladi. Bu jarayonda ko‘krak bezlarining sut ishlab chiqarish va ajratish faoliyatlari kuchayib, bolada so‘rish refleksini yaxshilaydi. Gipogalaktiya holatini oldini olish uchun bola sutni kam iste’mol qilganida, sutni sog‘ib tashlash orqali ko‘krakni bo‘shatish zarur.  Sut sog‘ib olishda ko‘krak uchini ta’sirlash laktatsiyani kuchli qo‘zg‘atadi. Gipogalaktiyani yuzaga kelishiga to‘siq bo‘ladigan asosiy omil bu bola tug‘ilishi bilan unga ko‘krak tutqazishdir.

Quyidagi holatlar tabiiy (ko‘krak bilan) ovqatlantirishga monelik hisoblanadi:

Ona tomonidan: og‘ir tizimli va o‘sma kasalliklari,
sil, zaxm, yurak- tomir va buyrak yetishmovchiligi, o‘smaga qarshi dorilar qabul qilish, virus va bakteriyalar ta’sirida yuzaga kelgan o‘tkir yallig‘lanish xastaliklari (ma’lum vaqtgacha), teri va ruhiy kasalliklar. Bola tomonidan: tug‘ruq vaqtidagi jarohatlar, miyada qon aylanishini buzilishi (bu paytda bola uchun ko‘krak so‘rish og‘ir bo‘lishi mumkin),  tug‘ma kasalliklar. Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi maqolani o‘qishingizni maslahat beramiz: Ona suti  
ico
Emizikli davrda ozish mumkinmi?
Ko‘pchilik ayollar chaqaloq dunyoga kelgach o‘z go‘zal qomatlarini qanday qilib qaytarish haqida o‘ylab qoladilar. Biroq hamma ayollarda ham gormonal o‘zgarish va na emizish vazn tashlashga olib kelmaydi. Qattiq parhezlar esa emizikli ayol va chaqaloqqa faqat zarar keltirishi mumkin. Emizikli davrda ozishning iloji bor, ammo buni asta-sekin, keskin parhezlarsiz amalga oshirish kerak.

Ozish uchun foydali tavsiyalar

  • Taomnomangizdan yog‘li taomlar va shirin ichimliklarni chiqarib tashlang. Oz-ozdan tez-tez ovqatlaning va yetarli darajada toza suv iching.
  • Jismonan faol bo‘ling, toza havoda sayr qiling. Ko‘pgina mashqlarni kichkintoyingiz bilan birga bajarishingiz mumkin, aminmanki, u ham bundan bir olam zavq oladi.
  • Farzand kutish vaqtida ayol o‘rtacha 8 kgdan 25 kggacha vazn yig‘adi. Bu ko‘rsatkich bola vazni, platsenta, qo‘shilgan qon miqdori, bolani o‘rab turuvchi suvni o‘z ichiga oladi. Bu davrda ona yig‘adigan vazn bolaning rivojlanishi va ona salomatligi uchun nihoyatda muhim. Avvallari kerakli yog‘ hujayralari inson organizmida chaqaloqlik va o‘smirlik davrlarida to‘planadi, deb hisoblanar edi. Ammo so‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra «foydali yog‘lar» ona qornida — homiladorlikning 3-trimesrtda shakllanar ekan. Bundan kelib chiqadiki, har bir homiladirlik yangi yog‘ qatlamlarining hosil bo‘lishi bilan birgalikda kechadi. Shunday ekan tabiatga qarshi borish mantiqsiz. Ammo baribir ushbu maslahatlarga amal qilgan holda vazn tashlashga erishish mumkin.

Diqqat, bu tavsiyalar juda muhim!

Maslahatim.uz