Inson salomatligi uchun suvaraklarning eng katta xavfi shundaki, ular yuqumli kasalliklar tashuvchisidir.
Parazit tashuvchilar
Bu hasharotni bevosita xonadonlar va turar joylarni boshqa maydonlarida, jumladan kanalizatsiya, axlat quvurlarida, yerto‘la va cherdaklarda bemalol harakatlanishidir. Bunday yerlarda, to‘g‘rirog‘i iflos joylarda yurib, suvaraklar o‘zlarining xitinli qobiqlariga juda katta miqdordagi turli xil bakteriyalarni yig‘adilar, yerto‘lalarda kalamushlar oziqlanadigan joylarda yugurib yuradilar, cherdaklarda qushlarning tezagini titkilaydi, kanalizatsiya quvurlarida inson chiqindilari bilan kontaktda bo‘ladilar. Shuning uchun ularning tanalarida (ayniqsa, oyoqlari panjalarida va qorinchalarida) turli xil kasallik chaqiruvchi bakteriyalar, shuningdek zamburug‘lar sporasi va gelmentlarning tuxumi topilishi ajablanarli emas. [caption id="attachment_10440" align="aligncenter" width="628"] Foto: animals.howstuffworks.com[/caption] Keyinchalik suvaraklar o‘zida kasallik qo‘zg‘atuvchilarini va boshqa yiqqan “boyligini” inson turar joylariga olib kirib, bir necha soat ichida odamlarning oshxona stolida, non qutilarida, oziq-ovqatlarda va hattoki suv ichadigan stakanlarida qoldiradilar. Tasavvur qiling, ular bolalar so‘rg‘ichida paydo bo‘lsachi? Bundan tashqari doimiy ravishda chiqindilar bilan oziqlanib (berkitishga hojat yo‘q, hattoki yerto‘la, cherdak va kanalizatsiyalardagi inson va hayvon axlat va najaslari bilan) suvaraklar o‘z hazm qilish sistemasida patogen mikroorganizmlarni katta spektrini yig‘adilar. Maxsus tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sariq va qora suvaraklar quyidagi bir qator kasalliklar qo‘zg‘atuvchisini tashib yurish xususiyatiga ega: dizenteriya, gastroenterit, bir qator urogenital infeksiyalar, salmonellez, meningit, mikobakterioz, zotiljam va boshqalar. Suvaraklar oyoqlarida, oshqozonlari va axlatlarida xavfli gelmentlarning tuxumlari, shuningdek, patogen amyobalarni sistalari ham uchrashi mumkin. Ayniqsa, kanalizatsiya quvurlarida yurib kelgan suvaraklar xavfi juda yuqori. Biz yuqorida sanab o‘tilgan mikroorganizmlar va gelmentlar oziq-ovqat mahsulotlariga, shuningdek oshxona, yuvinish va hojatxonalarning jihozlari yuzalariga tushadilar, buning oqibatida insonga bu mikrorganizmlar nafaqat oziq-ovqat mahsulotlari, balki oddiy iflos, kir qo‘l orqali ham yuqishi mumkin. Shuning uchun ba’zida bemor kasallikni aynan qayerda yuqtirganini anglamasligi mumkin.Suvaraklar - allergenlar manbai
[caption id="attachment_10441" align="aligncenter" width="630"] Gif: Lifehacker.ru[/caption] Suvaraklar xonadonda allergenlar manbai bo‘lishi ham mumkin. Bu inson uchun sezilarli darajadagi ziyondir. Chunki, suvaraklarni po‘st tashlashdan keyingi katta miqdordagi xitin qoplamalari qoldiqlari va quruq eksrementlari, o‘lgan suvaraklar tanalari-bularning hammasi uy changi bilan aralashib, teri qoplamalariga, hazm traktiga yoki nafas yo‘llariga tushib, gohida og‘ir kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunga misol qilib, qattiq tumovli rinit va konyuktivit, bronxial astma hamda dermatit kabi kasalliklarni keltirish mumkin. Shunday holatlar ma’lumki, suvaraklar soni ko‘payib ketganda ular uxlayotgan odam qo‘l va oyoq terisini, labi atrofini tishlaganlar, kechasi labdagi so‘lakni yalaganlar, agarda ularni oyoqlarida tashib yurgan infeksiyani inobatga olsak, bu tishlashlar qanchalik xavfli ekanligini ko‘ramiz. O‘ziga pana joy qidirib, quloq ichiga kirib, noqulayliklar keltirib chiqaradilar. Suvaraklar insonni doimiy ravishda tishlab, uning hisobiga yashaydigan parazit emas, balki inson uchun eng avvalo yuqumli kasalliklarni olib kelishi va surunkali allergiyaga sabab bo‘lishi bilan ham xavflidir.O‘lgan suvarak ham xavfli
Hattoki, o‘lgan suvaraklar ham xavflidir, chunki maxsus insektitsidlar bilan ishlov berilgan xonalarda o‘lgan hasharotlarni yosh bolalar, mushuk, itlar va qushlar qiziquvchanligi tufayli ta’tib ko‘rishi mumkin. Natijada zaharlanish holatlariga olib keladi. Zaharlanish holati zaharli modda bilan ishlanganda respirator taqish zarur hamda preparatlarni ishlatish qonun-qoidasiga amal qilmaganda ham yuz beradi. Bu ishga dezinfeksiya mutaxassislarini jalb qilish kerak.© Z.AXUNBABAYEVA, vrach-dezinfeksionisti. "Farg‘ona shifokori" gazaetasi.
Suvaraklarni yo‘qotish usullari
Xo‘sh, ulardan qanday qutulish mumkin? Bu hasharotlar shunchalik chidamli va yashashga kurashuvchan bo‘lishadiki, hech bir dori ularni 100 % yo‘q qila olmaydi. Hatto boshi yo‘q suvaraklar ham 8 kun yashay oladi. Demak ulardan qanday qutulish mumkin? [caption id="attachment_10442" align="aligncenter" width="650"] Bor kislotasi / Foto: Kopdetox.ru[/caption] Avvalo suvaraklar namlikni hush ko‘radi. Uyda idish tovoqlaru rakovinaniyam tozalab quritib artib qo‘ying. Umuman namgarchilik bo‘lmasin. Har qanday yegulikni og‘zi yopiq konteynerda saqlang. Hatto muzlatgichda ham. Don-dun, non va non mahsulotlari, un shakar ularning sevimli ozuqasidir. Suvaraklar sovuqni xush ko‘rishmaydi ularga issiq havo yoqadi. Shunday ekan uyni sovuqda shamollatib qo‘ying. 8 gradus sovuqda har qanday suvarak dosh berolmaydi. Endi ularga qarshi kurashuvchi dorilovchi vositalar:- Bor kislotasi - Bor kislotasi kukunini tuxum sarig‘i bilan yaxshilab aralashtiring. So‘ng kichik sharikchalar yasab ularni qog‘oz ustida terib chiqing. Ozgina quritib suvaraklar ko‘p yig‘iladigan joylarga qo‘yib chiqing. Tez orada ulardan xalos bo‘lasiz.
- Maxsus bo‘r. Uni mebel teshigiga pol teshigiga surtib qo‘ying.
- Global gel. Bu gelni ham xuddi shunday suvaraklar bolalashi tuxum qo‘yish xavfi ko‘p bo‘lgan joylarga tomizib chiqing.
- “Gel Domovoy”.
- “Absolyut-gel”.
- “Gel doxloks” — bu dori vositalari veterenar aptekalardan harid qilishingiz mumkin.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Oʻsmirlik davri. Boladagi jismoniy va ruhiy oʻzgarishlar