Eng sodda, lekin ancha samarali chiniqtiruvchi vositalardan biri. Bolani suv bilan chiniqtirish uchun har kuni suv muolajalarini bajarish (yuvintirish, ishqalab artish, oyoqlarini yuvish va h.k.) kerak.
Suv harorati muhim
Yuvintirayotganda (yuz, bo‘yin, shuningdek, tirsakkacha) suvning dastlabki harorati 30°C bo‘lishi, keyin uni har 2-3 kunda 1°C ga pasaytirib borish va 20°C gacha (2-3 yoshli bolalar uchun) tushirish lozim. Bolaning badani, qo‘l va oyoqlari suvga ho‘llangan jun qo‘lqopcha yoki dag‘al sochiq bilan ishqalab artiladi. Dastlab bitta qo‘lni terisi qizarguncha yumshoq sochiq bilan ishqalanadi, so‘ngra ana shu muolajani boshqa qo‘lga nisbatan qilinadi, ko‘krakka, qoringa, orqaga va h.k.ga o‘tiladi. Ilk yoshdagi bolalarni ishqalab artganda suvning dastlabki harorati 34-35°C bo‘lishi zarur. Suv haroratini har haftada 1°C ga pasaytirib boriladi, lekin 25-26°C dan tushirmaslik lozim. Hammasi bo‘lib 4-6 daqiqa ishqalab artiladi. 1,5 yoshdan boshlab ustidan suv quya boshlanadi. Buni yozda ham, qishda ham qilsa bo‘ladi. Yozda, odatda, soyada harorat kamida 18° bo‘lganda leykadan suv quyiladi. Suvning dast- labki harorati 34-36°C, keyin har 3-4 kunda uni 1°C ga pasaytirib borib, sekin-asta 25-26° gacha (2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun) va 26-24°C gacha (3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun) tushiriladi.Ketma-ketlik
Oldin bo‘yinga, keyin ko‘krakka, biqinga, orqaga, qo‘l va oyoqqa suv quyiladi. Boshiga suv quymaslik kerak. Suv quyilgandan keyin dag‘al sochiq bilan ko‘l terisini (qo‘l panjasidan yelkaga qarab), oyoq terisini (oyoq panjasidan songa qarab) va tana terisini qizarguncha ishqab artiladi. Qish paytida vanna xonasida harorat kamida 18°C bo‘lganda suv quyiladi. Suv quyish uchun dushdan foydalansa bo‘ladi. Suv quyish va dush ko‘pi bilan 2 daqiqa davom etadi, muolajani ertalab qilgan ma’qul. Odatda 2 yoshdan boshlab mahalliy suv muolajasi qilish (masalan, oyoqni yuvish) mumkin. Suvning dastlabki harorati 35°C bo‘lishi kerak. Suv haroratini har 3-4 kunda 1°C pasaytirib, 24-22°C ga tushiriladi. Bu muolajacni uxlashdan oldin qilgan yaxshi.Qo‘lda cho‘miltirish
Qo‘lda cho‘miltirishni 2 yoshdan boshlash va, albatta, kattalarning nazorati ostida o‘tkazish tavsiya etiladi. Bundan oldin juda bo‘lmasa bir necha marta ustdan suv quygan ma’qul. Ovqatlantirib bo‘lgandan so‘ng 1 soat o‘tgach cho‘miltira boshlanadi. Shamol bo‘lmagan paytda havo harorati 24-25°C dan, suv harorati 22-23°C dan past bo‘lmasligi kerak. Suv yetarlicha isigan paytda — kunning ikkinchi yarmida cho‘miltirgan yaxshi. Cho‘miltirish vaqtida bola doimo harakatda bo‘lishi zarur. Dastlab 2-3 daqiqadan ortiq cho‘miltirmaslik kerak, keyin esa asta-sekin 5-6 daqiqagacha uzaytirib boriladi. [divider] Mavzuga aloqador maqola: Bolangizni chiniqtiring Ushbu maqolani ham o'qing:
Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )