Speleoterapiya – («speleon»- g‘or, «therapia»- davolash) davolash usulining nomedikamentoz (dorisiz, tabiiy yo‘l bilan) turi bo‘lib, klimatoterapiya usuliga mansub. Bu davolash turining mohiyati shundan iboratki, davo choralari ma’lum bir muhit va iqlimda olib boriladi: g‘orlar, yerosti shaxtalari, tuzli yerto‘lalar shular jumlasidan. Bugungi kunda speleoterapiya bronxial astma, gipertoniya (xafaqon) kasalligi va bo‘g‘im kasalliklarida keng qo‘llanilib kelinmoqda.
Speleoterapiya tarixi
Ma’lumotlarga ko‘ra, ilk g‘or bilan davolash maskanlari XIX asrda Italiyada faoliyat ko‘rsatgan. Keyinchalik xuddi shu asrning oxirlarida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kentukki shahri Mamont g‘orida sil kasalligini davolash uchun mo‘ljallangan shifo maskani ochilgan. Zamonaviy speleoterapiya tarixi XX asrning 50 yillariga to‘g‘ri kelib, Shimoliy va Janubiy Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan.
Bu davrda speleoterapiyaning davolash metodi sifatida keng tarqalishi Ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq. Germaniyaning Enepetaleya shahri aholisi urush paytida portlovchi vositalardan himoyalanish maqsadida shahar yaqinidagi Klyuterxele g‘origa yashirinishgan. Ular orasida shifokor Karl German Shpannagel ham bo‘lib, g‘orda yashagan vaqtida fuqarolar orasida bronxial astma kasalligidan aziyat chekuvchilar ahvoli birmuncha yengillashganini kuzatadi. Urush tugagach, shifokor bu borada o‘z tadqiqotlarini davom ettirib, g‘or sharoitida bronxial astma, surunkali bronxit va ko‘k yo‘tal kasalliklarini davolashni keng qo‘llaydi. Tadqiqot yutuqlari 1969 yilda Xalqaro speleologlar jamiyati tuzilishiga olib keldi. 1968 yilda SSSR hududida ilk speleoterapevtik davolovchi maskan Ukrainada ish boshlaydi.
O‘zbekistonda speleoterapiya
Yurtimizda ham g‘or bilan davolash usuli keng qo‘llanib kelinadi. Ular tuzli g‘orlar bo‘lib, sanator-kurort tipida xalqimizga bir necha o‘n yillardan buyon xizmat ko‘rsatmoqda. Toshkent viloyatida joylashgan «Oqtosh sanatoriysi», Surxondaryo viloyati Sherobod tumani sanator-kurort maskani, Jizzax shahrida joylashgan «Zomin», Chirchiq shahrida joylashgan «Bo‘ston» sanator-kurort markazlari speleoterapevtik davo maskani hisoblanadi.
Speleoterapiya ta’sir mexanizmi
Mazkur davolash turning mohiyati atrof- muhit mikroiqlimidan farq qiladigan allergen faktorlardan maxsus sharoitda davolashga asoslangan. G‘orlar va tuzli yerto‘lalar mikroiqlimi allergen moddalardan cheklanganidan tashqari, havo tarkibida osh tuzi, kalsiy, magniy, natriy va boshqa mineral zarrachalarining saqlagani namlik, bosimni bir me’yorda ushlab turishi bilan ajralib turadi. G‘orda yil bo‘yi harorat o‘rtacha 10 16 gradus atrofida bo‘ladi. Havo namligi esa 80 foiz. Tuzli g‘or havosi tarkibidagi tuz zarrachalari balg‘am ko‘chishi va uning chiqarilishini osonlashtiradi, nafas va yurak qon-tomir, immun tizimi faoliyatini yaxshilaydi.
Speleoterapiyaning shifobaxsh xususiyatlari
Speleoterapiyaning ijobiy ta’siri shifobaxsh xususiyatlari yuzaga kelishi uchun inson organizmi avval bu davo usuliga moslashishi kerak. Seans 2 soatdan 9 soatgacha davom etib, davolash kursi o‘rtacha 15-20 muolajani o‘z ichiga oladi. Dastlabki seanslardan boshlab bemorlarda yurak ishi va qon aylanishi yaxshilanadi, immun tizimi hamda chuqur nafas stimulyatsiyasi kuchayadi.
Quyidagi kasalliklarga chalingan bemorlarga speleotrapiya tavsiya etiladi:
- surunkali bronxit, bronxial astma;
- yuqori nafas yo‘llarining surunkali kasalliklari (rinit, gaymorit);
- neyrosirkulyar distoniya;
- o‘pka va diafragmada o‘tkazilgan jarrohlik operatsiyalaridan keying holatlarda;
- jadal kechuvchi ekzema, atopik dermatit, neyrodermatitlar;
- semirish.
Sog‘lom odamga ham davolashning bu usuli foyda keltiradi. Toliqishning oldini olish, uyquni yaxshilash, organizmning tonusini kuchaytirish uchun ushbu shifo turini qo‘llash ayni muddao.
Speleoterapiyaga qarshi ko‘rsatmalar
- O‘tkir bronxit;
- og‘ir xuruj bilan kechadigan va tez-tez qaytalanadigan bronxial astma kasalligi;
- yaqqol namoyon bo‘ladigan ekzema;
- gipertoniya kasalligining 3-4 darajasi;
- pnevmoskleroz (o‘pkada biriktiruvchi to‘qimaning o‘sib ketishi)
Ushbu maqolani ham o‘qing: Aromaterapiya - noan’anaviy davolash usuli
© Baxtiyor ABDUKARIMOV.
"Sog‘lom avlod uchun" jurnali.
jlsau.uz
Gripp va yuqori nafas yo'llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri TeraFludir.
TeraFlu bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.
Har bir paket tarkibi:
Faol moddalar: 2 mg benzoksoniy xloridi, 1,5 mg lidokain gidroxloridi,; Yordamchi moddalar: etanol, qalampiryalpiz moyi, mentol, gliserin, xlorid kislotasi, tozalangan suv.https://apteka.uz/product/teraflyu
Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: GRIPHOT, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.