Har bir sog‘lom erkakda spermatozoid morfologiyasi yuqori darajada bo‘ladi. Ba’zida esa morfologiya buzilishi kuzatiladi. Buning sabablaridan biri - erkakning tuxumi kasalliklari bo‘lishi mumkin.
[caption id="attachment_1322" align="aligncenter" width="620"] Foto: www.mhealth.ru[/caption]
Spermatozoid morfologiyasi
- Normada spermotozoid uzunligi 5-6 mikrometr va diametri 3 mikrometrni tashkil etadi;
- Uning bosh qismida qopqoqcha bo‘lib aniq namoyon bo‘lishi kerak;
- Spermatozoid yuzasida hech qanday nuqson bo‘lmaslligi kerak.
Spermatozoid morfologiyasi darajasini tabiiy ravishda oshirish yo‘llari
Spermatozoid kuchini oshiruvchi kokteyl: Bir stakan mevasiz va shakarsiz yogurtga 1 choy qoshiq asal va 3 osh qoshiq golubika (malina, mango) solib blenderda kokteyl holatiga kelguncha aralashtiramiz. Tayyor kokteylni har kuni ichish foyda keltiradi. Sheffiyeld Universtiteti proffesori Allan Paceyning fikricha, erkak sog‘lom hayot tarzida yashasa uning spermatozoidlari sifati yaxshilanib, soni esa ko‘payar ekan. Sog‘lom hayot tarzi deganda, spirtli ichimlik ichmaslik, chekmaslik, yo‘gliq mahsulotlardan imkon boricha kamroq iste’mol qilish, antioksidantlarga boy mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilish, og‘ir bo‘lmagan jismoniy mashg‘ulotlar bilan muntazam ravishda shug‘ullanishni tushunish kerak. Agar erkak sog‘lom hayot tarzida yashab ham spermatozoid morfologiyasi past darajada bo‘lsa, u holda shifokorga uchrab maxsus davolanish kursini olishi talab etiladi. Ushbu maqolani ham o'qing:
Varikotsele kasalligi - sabablari, belgilari va davolash usullari