4.3
(6)

Siz hali ham ozish uchun olma bilan tamaddi qilib uning ustidan past kaloriyali yogurt ichayapsizmi? Unda biz bu bilan sizning nimalarni xavf ostiga qo‘yayotganingizni aytib bermoqchimiz.

ortiqcha vazn

Ozg‘in bo‘lish zararli va hatto xavfli ekanligini tasdiqlaydigan jiddiy sabablar mavjud.

Revmatoid artriti xavfining kamayishi

Bu erkaklarga qaraganda ko‘proq ayollarda uchraydigan kasalliklardan biri hisoblanadi. Uning oqibatida bo‘g‘imlarda og‘riq paydo bo‘ladi va ularning harakatchanligi pasayadi, davolash esa kasallikning faqat boshlang‘ich bosqichlaridagina yordam beradi. Lekin, shved olimlarining aniqlashicha, tana massasi ko‘rsatkichi qancha yuqori bo‘lsa, surunkali artritning rivojlanish imkoniyati shuncha past bo‘ladi.

Kuchli immunitet

Chikagolik sitologlarning aniqlashicha, bel sohasida to‘planadigan va organizmdan chiqarib yuborish qiyin bo‘lgan yog‘lar immun tizimini boshqarar ekan. Bu qatlam tanani himoya qiluvchi biologik qurilmani tinchlantiradi va muvozanat buzilishining oldini oladi. Shuning uchun ozg‘in odamlar tez-tez shamollaydi.

Kasallikdan so‘ng tez tiklanish

Yog‘lar nafaqat sizga bakteriyalar hujum qilganda balki ular sizni yengib chiqqanda va organizmni tiklash zarur bo‘lgan hollarda ham yordamga shoshiladi. Agar siz kasal bo‘lsangiz, unda tanaga odatdagidan ko‘proq quvvat zarur bo‘ladi. Semiz odamlarda uni olish mumkin bo‘ladigan zaxiralar mavjud.

Aqli zaiflikka kamroq moyillik

Agar siz “demensiya” so‘zining ma’nosini eslay olmayotgan bo‘lsangiz, unda balki ozg‘inlik o‘z mudhish ishini bajargan bo‘lishi mumkin. Gap aqli zaiflik haqida borayapti. Yaqindagina ortiqcha vazn aqliy inqirozni keltirib chiqaradi deb hisoblanar edi. Lekin olimlarning aniqlashlaricha, aslini olganda ortiqcha vazn marazmdan himoya qilar ekan.

© Dobrenok.com / Daryo.uz