1
(1)

Shimoliy Karolina universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqot semirish emlamalar doim ham foyda bermasligiga olib kelishini ko‘rsatdi. Shuningdek, bu xastalik grippga chalinish oqibatidagi o‘lim xavfini oshiradi.

Semizlik emlama samarasini kamaytirishi aniqlandi

Olimlar vaznning emlama samarasiga ta’sirini 1022 nafar odam misolida o‘rganib chiqdi. Ularning orasida sog‘lom va ortiqcha vazn egalari, semirish kasalligiga uchraganlar bor. Barcha ko‘ngillilarga gripga qarshi mavsumiy emlamalar qilindi. Tahlilchilar ko‘ngillilarning o‘zini his qilishi va tanalaridagi gripp virusiga qarshi antijismlarni baholab bordi.

Aniqlanishicha, semizlik gripp va shamollash xavfini ikki barobarga oshirib yuborgan. Antijismlar darajasida esa farq sezilmadi.

Oldinroq haddan ortiq vaznga ega kishilarda T-immun hujayralari gripga qarshi emlamalarga noto‘g‘ri javob qaytarishi isbotlangan edi.


Soglom.uz nashri.