Saytimizning bugungi mavzusi sifatida aynan shu mavzuni, ya’ni samarali hamda zararsiz semirish qoidalari mavzusini tanladik. Keling, semirish to‘g‘risida bir suhbatlashsak.
[caption id="attachment_661" align="aligncenter" width="750"] Semirishni istaysizmi?[/caption]
Ozg‘inlik, asosan, tanamiz mushaklaridagi oqsil massasining kamayishi hisobiga kelib chiqadigan holatdir. Tanamiz sarflayotgan energiyaning o‘rnini iste’mol qilayotgan ozuqamiz parchalanishidan hosil bo‘ladigan energiya to‘ldira olmasa, enerergiya a’zolarning to‘qima va hujayralar tarkibidagi zahira uglevodlar hisobiga hosil bo‘ladi. Agar, bu ham energiya sarfini to‘ldira olmasa, tanamizdagi yog‘ hamda oqsillar ham energiya hosil bo‘lishi uchun sarflanadi. O‘z - o‘zidan ma’lumki, bunday holatda odamda ozish, holsizlanish holati yuzaga keladi.
Tanamizga energiya yetishmasdan u zarur energiyani hujayralarning yog‘ va oqsillari parchalanishidan olsa, organizmda juda katta salbiy o‘zgarishlarga olib keladi:
- Muskul faoliyati buziladi;
- Holsizlik;
- Hazm tizimi faoliyati buzilishi oqibatida ovqatning hazm bo‘lmasligi;
- Asabiylik;
- Buyraklarning osilib qolishi;
- Ixtiyorsiz qaltirashlar;
- Nafas olishning qiyinlashuvi; (Faqat semizlikda emas, ozg‘inlikda ham kuzatiladi)
- Qon bosimining noturg‘unligi. Asosan, gipotoniya holatda bo‘lishi ( Qon bosimi past ) ;
- Yuqumli kasalliklarga chalinuvchanlik. Bu holat, immunitetning sustlashuvi bilan baholanadi.
- Jinsiy zaiflik ( Tez bo‘shalish, tez charchash, jinsiy a’zolarning to‘liq taranglashmasligi ) ;
- Sochlarning erta to‘kilishi;
- Ayollar siynasidagi nomutanosib farqlar;
- Uzoq vaqt peshob hamda najas saqlay olmaslik;
- Uyqusizlik yoki ortiqcha uyqu holati yuzaga keladi.
-
Hazm tizimidagi turli o‘zgarishlar
-
Gelmentlarning (parazit chuvalchanglar) aktiv faoliyati
Kun tartibi
- Kun taribini rejali asosda olib boring. Kuniga 2,5-3 soat farq bilan 5-6 marta ovqatlanish zarur. Ovqatlanish doimo bir xil vaqtda bo‘lishi muhim ahamiyatda ega.
- Kun tartibi tarkibiga me’yoriy uyqu (kattalar uchun 7-8 soat ), toza havoda sayr hamda jismoniy mashqlarni kiritish asosiy omillardan hisoblanadi.
- Ko‘p uxlash va jismoniy mehnat qilmaslik semirishga hech qanday foyda bermaydi!
Semirish taomnomasi
Barcha biologik-tibbiy taomnomalar diyetologlar tavsiya etgan piramida asosida shakllantiriladi.- Piramida asosi: Donli va xamir mahsulotlari tashkil etadi. Non va non mahsulotlari, mosh, no‘xot, loviya kunlik ovqatning asosini tashkil etish kerak. Bunda ular tarkibidagi ko‘p miqdordagi uglevod va oqsillar organizmning energiyaga bo‘lgan talabini qondirish bilan birga hujayralarda zahira holda ham to‘planadi. Ma’lumot o‘rnida aytishimiz mumkinki, non va non mahsulotlarning oliy navlisi tavsiya etilmaydi.
- Piramidaning ikkinchi qavati: Sabzavot va mevalar tashkil etadi. Sabzavot va mevalarning imkon qadar shirin turlarini iste’mol qilish zarur. Masalan, olma, shaftoli, anor, uzum, qizil lavlagi uglevodlarga ancha boy. Bu mahsulotlarni ovqatlanish oraliqlarida iste’mol qilish kerak. Ya’ni, o‘zingizda oz bo‘lsada ochlikni his qildingizmi, shirin mevalardan birini tanovul qilishingiz mumkin.
- Piramidaning uchinchi qavati: Sut va sut mahsulotlari, tuxum va go‘sht tashkil etadi. Semirishni istovchilarning ertalabki nonushtasida, albatta, sutli mahsulot bo‘lishi kerak. Uyqudan oldin ham sut yoki qatiq iste’mol qilish mumkin. Go‘shtning yog‘siz turlarini qabul qilish kerak. Bunga parranda va quyon go‘shtlari misol bo‘ladi.
- Piramida uchi: Qandolat mahsulotlari tashkil etadi. Vazn yig‘nashni istovchilar bu mahsulotlarni kamroq iste’mol qilishgani ma’qul. Sababi, ular tarkibidagi yog‘ tibbiy jihatdan sifatsiz hisoblanadi. Yoki, tort va pishiriqlarga tvarog ishlatib iste’mol qilish mumkin. Bunda tvarogning yog‘lilik darajasi yuqori bo‘lishi tavsiya etiladi.
- Qo‘shimcha mahsulotlar: quruq mahsulotlarni ovqatlanish oraliqlarida bemalol iste’mol qilish mumkin. Masalan, yong‘oq, bodom, pista, turshak, mayizlarni kun davomida iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )