Kopengagen universiteti olimlari onkologik xastaliklarni yo‘g‘on ichak to‘qimalarida GalNAc-T6 fermenti mavjudligi bilan bog‘lamoqda. Tadqiqot natijalari Journal of Biological Chemistry jurnalida chop etildi, deb yozmoqda “Daryo.uz” nashri “RIA Novosti” axborot agentligi axborotiga asoslanib.
Olimlar ushbu ferment sog‘lom to‘qimalarda bo‘lmasligi, biroq saraton o‘smasi hujayralarida ko‘p miqdorda mavjud bo‘lishini aniqladi.
GalNAc-T6 shakar molekulalarini ma’lum bir oqsillarga biriktirish orqali sog‘lom hujayralarni saraton hujayralariga aylantirish jarayonini ishga tushiradi. Bu esa, o‘z navbatida, hujayralar tuzilishini o‘zgartiradi va ularning agregatsiyasini (yopishib qolishi) chaqiradi.
Olimlar shakar molekulalarining ma’lum bir oqsillarga birikishi qay tarzda organizm hujayralarining anomal rivojlanishiga olib kelishini aniqlashi zarur.
Ushbu maqolani o‘qing: Saraton - ruhiyat iztirobi natijasi

Ushbu maqolani ham o'qing:
Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )