Sabzining ikki turi bor:
  1. Madaniy sabzi
  2. Yovvoyi sabzi

O‘simlik tasviri

Soyabonguldoshlar oilasiga mansub, birinchi yili to‘pbarg chiqarib, ikkinchi yili gulpoya chiqarib urug‘ hosil qiladi. O‘simlikning barg bandi uzun 2-3 patsimon qirqilgan, guli iiki jinsli, murakkab soyabon to‘pgulli, hashoratlar changlatadi. Urug‘I oval,qirrali, qo‘shaloq urug‘. Bitta o‘simlikda 4 ming donagacha urug‘ bo‘ladi. (iyun — sentyabr) ming donasining vazni 1.25 gramm. Madaniy sabzi navlarining ildizmevalari sersuv, naviga qarab yo‘g‘on qisqa, cho‘ziq va ingichka bo‘ladi. Rangi qizg‘ish sariq va binafsha rangda bo‘ladi. Madaniy sabzidan gektariga 300-500 setnergacha olish mumkin. Qo‘llaniladigan qismi. Ildizi, barglari va urug‘i

Kimyoviy tarkibi va ishlatilishi.

Ildizmevasi tarkibiga 15% gacha qand, kraxmal, pectin moddalari, fosfatitlar, fermentlar, mineral tuzlar, yog‘, mineral tuzlar va boshqa moddalar mavjud. Urug‘I tarkibiga 1.5% efir moylari, 13% gacha moy, daukosterin kabi moddalar mavjud. Abu Ali ibn Sino yovvoyi sabzining urug‘i bilan ichak og‘riqlarini, damlamasi bilan peshob yo‘llarini davolagan. Tibbiyotda sabzi o‘glevod almashinuvida muhim rol o‘ynaydi, yengil surgi, ovqat hazmini yaxshilaydi, emizakli ayollar sutini ko‘paytiradi. Sabzi gipovitaminoz, avitaminoz va darmonsizlik va kamqonlikda keng ishlatiladi. Agar qand va asal bilan suvi ichilsa kishi organizmi teri kasalliklariga nisbatan chidamli bo‘ladi. Ishtahasi yaxshi yaxshi bo‘lib, vazni ortadi. Oshqozon ichak kasalliklarga uchramay degan kishi hark uni ertalab nahorgi hamda kechqurun bir osh qoshiqdan iste’mol qilib turishi lozim. Sabzi sharbati o‘simlik urug‘lari asosida tayyorlangan damlama bilan birgalikda jigardagi tosh hamda siydik yo‘lidagi tosh kasalliklarida tavsiya etiladi. Madaniy va yovvoyi sabzi urug‘idan sanoatda «Daukarin» nomli preparat olingan bo‘lib, bu quruq ekstrakt, ko‘k rang kukun, achchiq ta’m va o‘tkir hidli. Sabzi urug‘idan olingan efir moy yumshatuvchi, maza ta’m beruvchi sifatida qadimda ishlatiladi. O‘simlik ekstrakti gijja haydovchi va surgi sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari urug‘dan olingan «Daukarin» preparati quruq ekstrakt spazmalitik xususiyatga ega. Sabzi raxitdan saqlaydi, quvvatbaxsh ozuqa.

Damlama tayyorlash va ishlatish

  1. Daukarin. Sabzi urug‘idan olingan.1 tab kuniga 3-5 mahal ovqatdan yarim soat oldin koronar yetishmovchiligi stenokardiyada, arteroskleroz, astmada qabul qilinadi.
  2. Yangi uzilgan ildiz va mevasi qir’gichdan o‘tkazib, shirasi olinadi va kattalarga 100-200 g och qoringa buyrak va o‘t qopi toshini tushirishda yangi shiradan kuniga 3-4 mahal ichiladi.
  3. Bir stakan yangi shiradan olib, 1-2 osh qoshiq toza asal aralashtirib kuniga 1 osh qoshiqdan 4-5 mahal och qoringa bronxit pnevmaniya, laringitga ichiladi. Eng yaxshi suv qizilda sarig‘I oshbop deyishadi olimlar.
  4. Urug‘ damlamasi. Bir stakan qaynayotgan suvdan olib, termosga solinadi, unga 1 osh qoshiq sabzi urug‘I solib 12 soat damlanadi. Dokadan suzib olinib, 3 mahal 1 stakandan issiq holda asal yoki varenye bilan shirin qilib och qorinda buyrak tosh kasalligini davolaydi.
  5. Yig‘ma choy. Sabzi bargi 4 qism, sabzi urug‘I 4 qism, chistotel o‘simligi 3 qism, dalachoy 2 qism, zupturum bargi 2 qism.
Qaynab turgan suvdan 2 stakan olib, yig‘madan ikki qoshiq solinadi. 4 soat sovutiladi. Dokadan suzib, 4-5 mahal ovqatdan oldin ishiladi. Bu ko‘krakdagi og‘riq, yo‘tal, o‘pka shamollashime’da ichak, rak kasalligiga davo bo‘ladi. Bir kosa sutga bir payola sabzi shirasi aralashtirilib sirli idishga 10 min mil mil qaynatiladi. Va issiq holda ovqatdan yarim soat oldin, 100 ml kuniga 4-5 mahal oshqozon ichak yarasiqizilo‘ngach shamollashi va yarasiga, yo‘tal, ovoz chiqmay qolish, bo‘yrak tosh, avitaminoz, kamqonlik v arak kasalliklarni davolashda ishlatiladi.

© Hadya.uz

Ushbu maqolani ham o'qing:
D vitamini haqida