Savol: 16 yoshli ukamga revmotologik poliartrit tashxisi qo‘yildi. Bu kasallikning davosi bormi? Uni davolash uchun kimga murojaat qilish lozim?

Revmotologik poliartrit tizimli kasalliklardan bo‘lganligi uchun yirik bo‘g‘imlardan tashqari mayda bo‘g‘imlari ham shikastlangan bo‘lishi mumkin. Agar, bu kasallikning alomatlari sezilgach (bo‘g‘imlardagi shishlar, nomutanosib qiyshayishlar) va kasallikka aniqlangach tegishli davo choralari qo‘llanilmasa, oyoqlarning shakli va funksiyasi buziladi (chegaralanadi).  Revmotologik poliartrit bilan og‘riganlar muntazam revmatolog shifokor nazorati ostida davolanishi kerak. Dard avj olganda — bo‘g‘imlarda shish kuzatilganda shifoxonada yotib davolanish shart.

O‘qing: Tizza og‘rishi sabablari va davolash usullari

© Avitsenna.uz

Ushbu maqolani ham o'qing:
Neyroxirurg konsultatsiyasi (Savol-javob)