Qadim-qadimlardanoq, ajdodlarimiz rangning nafaqat ruhiyatimiz, balki tanamiz sog‘lig‘i uchun ham foydali ekanligini ta’kidlashgan. Ibn Sino o‘z mijozlarini ularning kasallik turidan kelib chiqib, ma’lum ranglar orqali ta’sir etib davolash usulini qo‘llagan. Hind tabiblari esa, kamalakning yetti jilosi tanamizning muayyan a’zolari va to‘qimalari bilan bevosita bog‘liqligini aytgan. Shuningdek, bugungi kunda ham dunyoning zamonaviy va ilg‘or shifoxonalari bemorlarning tushkunlik, bosh og‘rishi, uyqu buzilishi, surunkali charchoq holatlarida rang bilan davolashga tez-tez murojaat qiladi. rang va salomatlik Zamonaviy interyer dizaynerlari ham ayni paytda uyni ta’mirlash jarayonida yoki jihoz tanlashda qanday ranglardan foydalanish borasida katta tajribaga ega bo‘lib bormoqda. Bunda ular psixologlar fikri va mijozlarning xohishini ham e’tiborga oladi. Xo‘sh, mutaxassislar fikricha, qaysi rang sizning muammolaringizga chek qo‘yishi mumkin?
  • QIZIL RANG – asab tizimini qo‘zg‘aydi, ko‘ngilsizliklar bilan kurashishda yordam beradi, kuch bag‘ishlaydi.
  • ALVON RANG – chuqur qayg‘u bilan kurashishda yordam beradi.
  • PUSHTI RANG – himoyalangan va xotirjam muhitni yaratish maqsadida qo‘llaniladi.
  • SARIQ RANG – salbiy hissiyotdan ozod qiladi, diqqatni jamlash va ichki tartib o‘rnatishga imkon beradi, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni oshiradi.
  • YASHIL RANG – uyg‘unlik, yaqinlik bag‘ishlaydi, shuningdek xonadagi muhitni yumshatadi.
  • KO‘K VA HAVORANG – kishini bo‘shashtiradi va uyquni keltiradi. Osoyishta muhit kerak bo‘lgan har qanday xonaga to‘g‘ri keladi.
  • BINAFSHA RANG – ilhomlanish rangi. Bo‘layotgan hodisalarni tinch ko‘ngil bilan qabul qilishga ko‘maklashadi, tana va tafakkurni birlashtiradi.
  • QIRMIZI RANG (binafsha rang+qizil rang) – kishi tabiatining salbiy jihatlarini kuchaytirishi mumkin, shuning uchun undan ko‘p miqdorda foydalanish tavsiya etilmaydi.
Endi uyda yoki xonangizda qaysi ranglarni ko‘paytirish va aksincha, kamaytirish haqida o‘ylab qoldingiz? Fikrlaringizni izohda yozib qoldiring... :-)
Ushbu maqolani ham o'qing:
Sog‘lom ovqatlanishning asosiy qoidalari