Quruq terining silliqligi va mayinligini tiklashga yordam beradigan oddiy, ammo foydali va samarali maslahatlar.

1. Issiq dush qabul qilmang

Koʻpchiligimiz uzoq va issiq dush qabul qilishni yaxshi koʻramiz. Biroq, issiq suvda tez-tez va uzoq vaqt dush qabul qilsangiz, suv teringizga zarar yetkazishi, uning tabiiy namlik darajasini pasaytirishi mumkin. Buning oldini olish uchun iliq yoki salqin dush oling va suvda qolish vaqtingizni qisqartiring. Suvda uzoq vaqt turishdan terining ajinlar paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymang. Shunday qilib, siz teringizni haddan tashqari qurishidan va oqsillar va yogʻlar bajaradigan himoya funksiyasini yoʻqotishdan himoya qilasiz. Shuni ham taʼkidlash kerakki, issiq dush ekzema kabi teri kasalliklarining kuchayishiga yordam beradi. Shu bilan birga, hatto sogʻlom odamlarda ham issiq suvda uzoq vaqt qolishdan teri qichishishi va qurishi paydo boʻlishi mumkin.

2. Sut va asaldan foydalaning

Odatda terini parvarish qilishda ushbu mahsulotlar alohida ishlatiladi. Biroq, asal va sutning kombinatsiyasi yanada kuchli namlantiruvchi taʼsirga ega. Ushbu mahsulotlar antibakterial va himoyalovchi xususiyatlariga ham ega. Asal hatto tanadagi erkin radikallarga qarshi kurashib qarishini sekinlashtirishga ham qodir. Agar teringiz koʻp qichishadigan boʻlsa, asal va sutdan malham tayyorlang. Buning uchun tabiiy yogurt va asalni 1 : 1 nisbatda aralashtiring va massaj harakatlari bilan teringizga surting. Xuddi shu ingrediyentlar bilan, faqat ozroq miqdorda, asal va sutli yuz niqobini tayyorlash mumkin. Olingan aralashmani terida 15 daqiqa davomida qoldiring va suv bilan yuving. Ushbu niqob terining chuqur namlanishiga yordam beradi.

3. Suli yormasi solingan vanna qabul qiling

Suli yormasi solingan vanna teringizni sogʻlom va chiroyli qiladi. Olimlar suli yormasi terining uzoq vaqt namlangan boʻlib turishiga yordam berishini aniqladilar. 1-2 stakan quruq suli yormasini maydalang. Olingan kukunni vannaga soling va yaxshilab aralashtiring. Yanada koʻproq taʼsir qilishi uchun bir necha stakan sut qoʻshishingiz mumkin. Kuniga ikki marta 15 daqiqa davomida bu tarzda vanna qabul qilishingiz mumkin. Bu sizning teringizni silliq, yumshoq va mayin qiladi.

4. Hammomdan soʻng darhol teringizni namlantiring

Bu namlikni ushlab turish orqali teri qurishini oldini olishga yordam beradi. Buning uchun hatto maxsus namlantiruvchi krem sotib olishingiz shart emas, chunki uni oʻrnini bosuvchi koʻplab tabiiy mahsulotlar mavjud. Masalan, dushdan keyin darhol qoʻllanilsa, kokos moyi terini juda yaxshi namlantiradi. Tana issiqligi yogʻni teriga singdirishga yordam beradi, lekin mikrotoʻlqinli pechda yogʻni oldindan eritib olishingiz ham mumkin. Mahsulotni yotishdan oldin qoʻllash yaxshidir va ertalab uni yuvib tashlash kerak. Eng yaxshi natijaga erishish uchun buni har kuni bajarish zarur.

5. Teringizni piling qiling

Piling yoki skrablash – bu eski va oʻlik hujayralarni olib tashlash jarayoni. Buning natijasida, ular yangilanadi va teri sogʻlom va chiroyli koʻrinadi. Bundan tashqari, piling va skrab qilingan teriga namlantiruvchi vosita tezroq va yaxshiroq singadi va uning taʼsir qilish muddatini oshiradi. Doʻkonda sotib olingan tana skrablari odatda qimmat turadi, ammo uyda oʻz qoʻlingiz bilan skrab tayyorlashingiz mumkin. Ularni tayyorlash uchun shakar, tuz, qahva yoki suli yormasi ishlatiladi.