Mutaxassislarning ta’kidlashicha, paxta yoki shunga o‘xshash yumshoq vositalar bilan quloqlarni tozalash quloq yo‘llarida yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa, yosh bolalar bundan umuman foydalanmasliklari lozim. quloni tozalash “Paxta tamponi bilan quloqlarni tozalash zararlidir. Buning o‘rnini bosuvchi yangi vositalar ustida ish yuritilmoqda”, deydi otorinolaringolog. Otorinolaringolog Kris Jetane ma’lumotiga ko‘ra, quloqlarni xuddi tish kabi har kuni tozalash kerak, deydiganlar qattiq adashadi. Negaki, quloq yo‘llari har qanday mikrobni tashqariga chiqaruvchi moddalarga ega. Hattoki, quloqda oltingugurt moddasi bo‘lib, u turli mayda hasharotlarning quloqqa kirishidan saqlaydi. Birgina AQSHning o‘zida har yili 18 ga to‘lmagan 12-500 nafar yoshlar paxtali tampondan olingan jarohat tufayli mutaxassislarga murojaat qilishmoqda.

© Qalampir.uz

Ushbu maqolani ham o'qing:
Neyroxirurg konsultatsiyasi (Savol-javob)