Qo‘llar nega titraydi?

4.2
(5)

Tremor “titroq” degan ma’noni anglatadi. Tremor (Qoʻl qaltirashi) ikkala qo‘l, oyoqlar, bosh va tanada kuzatiladigan titroqlar. Tremor, ko‘pincha, simmetrik tarzda namoyon bo‘ladi va ikkala qo‘lda ko‘p uchraydi. Har kim o‘zida tremor bor-yo‘qligini aniqlab olish uchun ikkala qo‘lini oldinga cho‘zib turishi kerak.

Qo‘l qaltirashi

Tremor (Qoʻl qaltirashi) sabablari

Tremor nevrozda, ya’ni ko‘p asabiylashadigan va tez hayojonlanadigan odamlarda ko‘p uchraydi. Bunday odamlarda ortiqcha hayojonlanish tremorni kuchaytirib yuboradi. Biroq tremor eng ko‘p uchraydigan va yillab davom etadigan kasallik borki, uning nomi “Essensial tremor” dir. Bu kasallik ko‘pincha nasldan-naslga o‘tadi. Bunday bemorlarda tinch holatda ham kichik amplitudali tremor kuzatilib turadi, ya’ni tremor doimiyligi bilan ajralib turadi. Nevrozlarda tremor doimiy emas, ya’ni bemor tinchlanganda, uning fikrini chalg‘itganda, psixoterapiya o‘tkazilsa, fizioterapevtik muolajalar va tinchlantiruvchi dorilar qo‘llaganda tremor kamayadi yoki yo‘qoladi. Bu muolajalar samarasi essensial tremorda juda past. Shuningdek, nevrozlarda turli darajada ifodalangan hulq-atvor buzilishlari aniqlanadi.

Bo‘qoq kasalligida ham tremor kuzatiladi. Ularda yurakning tez-z urishi, ko‘p terlash, oyoq-qo‘llarning muzlab yurishi, qo‘rquv va fobiyalar, qonda T3 va T4 miqdorining oshishi tireotoksik tremor uchun juda xos. Tremor, shuningdek, parkinsonizm kasalligi, miyacha kasalliklari,  surunkali alkogolizm, mis, qo‘rg‘oshin, simob va marganes kabi metallar bilan surunkali zaharlanishlarda ham kuzatiladi.

Yuz-ko‘zlarda uchraydigan tiklarni tremor bilan chalkashtirmaslik kerak. Tik degani ma’lum bir muskullarda kuzatiluvchi va takrorlanib tuvurchi kichik titroqlardir. Tiklar tez chastotali bo‘ladi, qisqa muddat davom etadi va shu tarzda takrorlanib turaveradi. Qaysi muskullarda joylashganiga qarab, tiklar turli–tuman ko‘rinishlar, ya’ni qosh qoqish, ko‘zni yumib–ochish, bujmaytirish, burunni tortib qo‘yish, lab burchaklarini qimirlatish, boshning silkinib ketishi kabi ixtiyorsiz harakatlar bilan namoyon bo‘ladi. Agar tiklar tananing boshqa qismlariga tarqalsa, yelkani siqish, qo‘llarni qimirlatish, nafas olish harakatlarini qilish va qorinni ichkariga tortish kabi tiklar ham kuzatiladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  “Chekishni tashlashning osongina yo‘li” (8-qism)

Til, halqum muskullarida kuzatiladigan tiklar vokal harakatlar bilan namoyon bo‘ladi. Vokal tiklarda bemor o‘z–o‘zidan ovoz chiqarib baqirib yuboradi, uning ovozi xuddi opera teatrida kuylayotgan qo‘shiqchilar ovoziga o‘xshab ketadi. Bu holat Turett sindromi uchun juda xos. Tiklar takrorlanib turuvchi yo‘tallar, ovoz qirishlar, xushtak chalib yuborishlar bilan ham namoyon bo‘ladi.

Tiklar ko‘p hollarda hulq–atvor buzilishlari bilan namoyon bo‘ladi. Tiklar tomog‘i ko‘p “shamollaydigan” bolalarda ham kuzatilib turadi. Bunday bolalarning diqqati tarqoq bo‘ladi, bir joyda tinch o‘tira olmaydi, ota-onasi koisa yig‘lab yuboradi, qo‘lidan narsalarni tushirib yuboradi, ovqatni to‘kib yeydi, eslab qolish qobiliyati sust bo‘ladi.

Tashxis qo‘yish va davolash

Bemorni albatta nevropatologga ko‘rsatib tashxisni aniqlab olish zarur. Vrachning o‘zi kasallik sababini aniqlab to‘g‘ri davolash muolajalarini belgilaydi. Har qanday tremorni bartaraf etish avvalombor uning sababini aniqlashni talab etadi.

© Ibodullayev Zarifboy, nevropatolog. Professor.
«Asab va ruhiyat» kitobi.

Ushbu maqola qanchalik foydali?

Baholash uchun yulduzchalardan birini bosing!

O'rtacha baho 4.2 / 5. Baholar soni: 5

Maqolaga hech kim baho qo'ymagan. Birinchi bo'lib siz baholang!

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


Tegishli maqolalar

18 ta izoh

  1. Assalamu aleykum
    sizga savolim boshim ogrisa yelkalarim ham sanchib ogriydi koz oldim qorongilashi boshim aylanib ketadi,ba’zan doriniham foydasi tegmiydi
    uy sharoyitida ozimga qanday yordam korsatsam boladi? Javob uchun oldindan raxmat

  2. 7yildan beri achki taqaman 5yildan beri kuzimdan ineksiya olib davolaman lekin hech foydasi bumoti.qaytamiga ko’zimi zirinasi pasayib ketvoti nima qilay maslahat beringlar.oldindan raxmat

    1. Agar qarshi ko’rsatmalar mavjud bo’lmasa, lazerli operatsiya o’tqazish mumkin ko’zingizda. Ko’zoynaklar muhitni, atrofni yaxshi, yorqin ko’rish uchun taqiladi va holatni yomonlashmasligiga imkon beradi.

  3. Assalomu alaykum men uylanganimga 7yil bo‘ldi har yili davolanaman ayolimni doktorga oborsam hammasi yaxshi deyishdi men nima qilishdi bilmayapman yana kimga borishimni bilmay boshim qotib qolgan? Oldindan katta rahmat aytaman

  4. qo’llarim ( barmoqlarim qaltiraydi ) 2 yil boldi boshlaganiga yoshim 22 da bu yil hozir yanada kuchliroq qaltirayapti barmoqlarim bu nimadan bolishi mumkin?

    1. Tremor sabablari juda ko’p. Nevrozlar, miyacha zararlanishi, ba’zi dori preparatlarini muntazam va noto’g’ri qabul qilish, endokrin buzilishlar va boshqalar. O’zingizdagi holatga aniqlik kiritib davolanish uchun nevropatologga murojaat qiling.

  5. AssalomuAleykum meni qòllarim yoshligimdan buyon qaltiraydi asabiylashsam biror kishi bilan tortishsam yanada kuchayadi tinch asabim joyida bolganda esa sekinlashadi lekin qolmaydi qanday davolansam boladi oldindan rahmat.

    1. Buni davolash uchun nevropatolog ko’rigidan o’ting, yuqorida maqolada aytilgani kabi sabablari ko’p. Sabablari aniqlangach davo muolajasi o’tqaziladi. Tavsiyamiz, nevropatolog ko’rigidan o’ting.

      1. Assalomu aleykum meni oyogim yerdan ozgina kotarsam qaltirishni boshlayapti. Vaqti kelsa qollarimdan ham shu axvol. Bu biror bir kasallikdanmi iltimos maslahat bering.

  6. Asalomu alykum men yoshim 33 da men kareyada ishlayman 3 oy boldi chap qolimda chap oyogimda titroq boshlandi uzb salga xayajonlanib ketiyapman oldin bunaqa odat yoq edi uzb doktor bilan gablawdim telfon orqali persin tapletka ichin dedi ichdim 15 kun yoqoldi 1 oydan keyin yana boshlandi kareyada doktorga bordim tekshirishdi boshimni rengin qilishdi hamayogim yaxshi deyishdi dori yozib berishmadi hozir yana 4 kundan beri qaltirashi qatiq boliyabti maslahat beringlar katta rahmat kutaman

  7. assalomu aleykum xurmatli doktor meni yoshim 16ta nimagadur manda qol qaltirashi oyoq qulim uvishib qolishi tez kuzatilyapti bazida nafas olishda qiynalaman shunda yuragim tez uradi

  8. assalomu aleykum buqoq kassaligi bor insonlarda qol qaltirashi kuchsizlanish terlash qollarning uvishishiga nima sabab

  9. Ko’z qaltirashi nimadan? Ya’ni meni kozi titrab turadi bu menga juda kop qiyinchiliklarga olib kelyapdi korsatmagan doktir qolmadi bu hammasi asabdan diyishdi nahotki shu kasallikni davolab bo’lmaydi iltimos yaxshi tajribali Doctir bosa tafsiya etsangiz

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button