Har birimiz bu so‘zlarni, ayni shu holida emas. Boshqacharoq eshitganmiz. Qatiqni ayrimlar yoz kunlari ayni oftob urib turgan mahalda ichishni xush ko‘rishadi.Uni barcha fasllarda ham birdek, istemol qilsak bo‘ladi. Chunki, ishtaha ochuvchi hamda asablarni tinchlantiruvchi xususiyatlarga egadir. Bu ma’lumot doim istemol qiladigan mahsulotimiz uchun oz, shuning uchun sizga batafsil ma’lumotni berib o‘taman.
Sutning oshqozonda hazm bo‘lish darajasi 30 foiz, qatiqning so‘rilishi esa, 90 foizni tashkil etadi. Shundan ham ko‘rinib turibdiki, oshqozonda uzoq vaqtgacha hazm bo‘luvchi sutdan ko‘ra, qatiq iste’mol qilish foydalidir. Bir necha foydali mikroorganizmlar majmuasi bo‘lgan bu mahsulot zamburug‘li achitqilardan, nordon sirka bakteriyalariga hamda nordon sutli tayoqchalardan iborat. Ta’m beruvchi mikroorganizmlar hammasi birlashib to‘yimli mahsulotga aylanadi.
Tananing immun tizimini tiklovchi, ruhiy zo‘riqish hamda uyquning buzilish holatlarini oldini olishda asosiy vositadir. Uyquga yotishdan oldin bir stakan qatiq yoki sut ichish xotirjamlik garovidir. Doimiy ravishda qatiq ichib yuruvchilarning tanasiga rak xastaligi yaqin yo‘lamas ekan.
Olimlar uzoq izlanishlardan keyin inson tanasi qarishining sabablaridan birini aniqlashdi. Ularning tashxisi bo‘yicha: tanamiz hamisha toksinlarga qarshi kurashadi va bu paytda ingichka ichakda mikroblar ko‘payadi. Hamma gap shundaki, qatiq ushbu toksinlarni neytrallashtiradi (ingichkalashtiradi). Bunda qatiq tarkibidagi sutli nordon zamburug‘, laktobasil va bifidobakteriyalar bu vazifani bajarishi ma’lum bo‘ldi.
Jigar kasalligi, ovqatdan zaharlangan bemorlar uchun sut-qatiq mahsulotlari ichish shifokor maslahati bilangina amalga oshirilishi lozim. Bunda ichaklarda dam hosil bo‘lishiga sharoit yaratib beradi. Og‘ir turdagi oshqozon xastaligi bo‘lgan bemorlar ham shifokor gastroenterologning maslahatini yodda tutishsin.
Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarga tishlarining sog‘lom o‘sishi va suyaklarining baquvvat bo‘lishi uchun sut mahsulotlarini har kuni ovqatlanish tartibiga kiriting. Tishlar kasallanmasligining kafolatidir.
Shifokorlar homilador ayollarga har kuni bir stakan qatiq ichishni qat’iy ravishda ta’kidlashadi. Bir sutkada 0,5 l qatiq ichish bolaning sog‘lom o‘sishiga yordam berar ekan.
Hozirgi kunda butun dunyoda yasli, o‘rta maktab oshxonalarini sut mahsulotlari bilan to‘laqonli ta’minlash masalasiga jiddiy qarashmoqda. Bolalar dars tayyorlash jarayonida ularning organizmida aqliy zo‘riqish yuz beradi va bunda albatta sut mahsulotlarining foydasi beqiyosdir. Shuningdek, og‘ir mehnat qiluvchi kishilarga tushlikda sut, qatiq berilishi ham bejiz emas.
Qatiqdan parhez tutish orqali ingichka va yo‘g‘on ichaklar tozalanadi va xiltlar yuvilib ketadi. Evropa davlatlarida qorin yog‘ini ketkazish uchun qatiqdan tayyorlangan mahsulotlardan foydalanishmoqda. Biroq surunkasiga ham qatiq ichish yaxshi emas. Dunyo diyetologlari shu fikrga kelishdiki, sut mahsulotlarini doimo iste’mol qilib yurish sog‘lik uchun foydali va zarurdir.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )