Ayollar organizmi murakkab tuzilgan bo‘lishiga qaramay, erkaklarda bundan-da nozikroq a’zo mavjudligini yoddan chiqarmaslik kerak. Bu o‘ttiz yoshdan oshgan erkaklarning asosiy muammosi hisoblanmish PROSTATA BЕZIdir.

Prostata bezi–mushakli bez a’zo bo‘lib, qovuq pufagi ostida joylashgan va unga tarmashib turadi. Bu bez xudi muftaga o‘xshab, siydik chiqarish kanalining boshlang‘ich qismini tutib turadi. Uning shakli kashtan daraxtining mevasiga o‘xshab ketadi. Katta yoshli kishilarda prostata bezining diametri 4 santimetr bo‘lgani holda vazni xavfsiz joyda, ya’ni kichik toz suyagi markazida, siydik pufagi bo‘yini va grammni tashkil etadi. Bezning orqa sirti bevosita to‘g‘ri ichakning oldingi devoriga yopishib turadi. Shu ichak orqali unga qo‘l bilan teginish ham mumkin –u yumaloq, qayishqoq jins bo‘lib, bo‘ylamasiga yuza ariqchasi ham bor.

PROSTATA BEZINING VAZIFALARI QANDAY?

Prostata bezi shaffof suyuqlik ajratib chiqaradi, bu suyuqlik normal ajralib chiqqach, faqat eyakulyatsiya (shahvat chiqishi)vaqtida maniyga aralashadi. Boshqa vaqtda esa u bezda to‘planib, limfa tarmog‘i va qonga so‘riladi. Prostata shirasi urug‘ suyuqligiga aralashgach, uning sifatini mutlaqo o‘zgartirib yuboradi. Chunonchi, urug‘ tashlovchi yo‘l va ortiq dumidan chiqqan urug‘ hujayralari bu vaqtda hali quyuq dirildoq massa bo‘lib, u harakatlanish imkoniga ega emas, karaxtdir. Faqatgina prostata bezining sekret suyuqligi qo‘shilishi bilangina u harakatga keladi. Prostata shirasida eyakulyatni suyuqlashtiruvchi fibrinolizin (streptogeneza) va fibrogineza fermentlari bo‘ladi. Chuchuk fosfatoza esa (u prostata bezida jinsiy balog‘atga yetish oqibatida paydo bo‘ladi) maniylarning harakati va hayotchanligiga ta’sir ko‘rsatadi. Prostata bezi urug‘ hujayralarining hosil bo‘lishiga turtki berib, moyak (moyak bezsimon a’zo bo‘lib, ularda erkak jinsiy gormonlari va hujayralari – maniylar ishlab chiqariladi) faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Moyak gormonlari (testosteron) o‘z navbatida prostataning bezsimon epiteliysi rivojlarishiga yordam beradi va uning sekret ishlab chiqarish faoliyatini  kuchaytiradi. Bichish prostata bezining faoliyat qobiliyatini yo‘qotish bilan amalga oshiriladi. Shunday qilib, moyaklar va prostata bezi o‘rtasida yaqin fiziologik aloqa, ya’ni a’zolarning autoregulyativ faoliyati mavjud. Chunonchi, prostata shirasining ozgina miqdori spermatogenezga ta’sir qiladi va moyakning faoliyatini yaxshilaydi, ya’ni prostataning moyakka ta’siri chaparasta yo‘nalishda bo‘ladi. Moyaklarning sekresiya suyuqligi oshganda esa prostata bezining shirasi ham ortadi, kamayganda –kamayadi. Umuman, inson jinsiy hayotida prostata bezining ahamiyati nihoyatda kattadir. U ishlab chiqaradigan shira hosilalari asab-mushak tarmog‘i va ruhiy faoliyatni rag‘batlantiradi, qon bosimini ko‘taradi, jinsiy maylni qo‘zg‘atadi, ereksiya va eyakulyatsiyaga hamkorlik qiladi.

Avitsenna.uz sayti orqali mavzuga aloqador quyidagi maqolalar bilan ham tanishishingiz mumkin: