Pnevmoniya - o‘pkaning yallig‘lanish kasalligi hisoblanib, uni pnevmakokk, stafilakokk, gripp va shunga o‘xshash turli infeksion qo‘zg‘atuvchilar yuzaga chiqaradi. Qo‘zg‘atuvchi mikroorganizm nafas yo‘lining boshlang‘ich qismlarida halok bo‘ladi, lekin u ajratgan toksin qonga tushib turli a’zolarda kasallik qo‘zg‘aydi. O‘pkaning yallig‘lanishi krepoz va o‘choqli bo‘ladi.
Krupoz pnevmoniya - sovuqqotganda, quvvatsizlik holatida odamda pnevmakokk va stafilakokk qo‘zg‘atuvchilari oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Ushbu turda o‘pkaning butun bir bo‘lagi zararlanishi mumkin hattoki, o‘pkani o‘zab turuvchi parda ham zararlanadi. Krupoz pnevmoniya odamda to‘satdan boshlanadi. Va quyidagi belgilar bilan namoyon bo‘ladi:
- Qattiq et uvishishi;
- Ko‘krak qafasida og‘riq;
- Haroratning 38-40 oC gacha tez ko‘tarilishi;
- Quvvatsizlik, bosh og‘rishi;
- Yuz, lab, burun chekkalarining qizarishi;
- Nafas qisishi;
- Ongning sustlashuvi (Alahsirash) ;
- Balg‘amning zang rangida ajralishi;
- To‘q rangli quyuq siydik;
- Pulsning tezlashuvi;
- Darmonsizlik;
- Tana haroratining 37.5-38 oC gacha ko‘tarilishi;
- Bosh og‘rib, burun qonashi;
- Yengil yo‘tal;
- Yopishqoq, shilimshiq-yiringli va qonli balg‘amning ajralishi;
- Biroz nafas qisishi;
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )