Xalqimiz ko‘pchilik kasalliklarni oddiy va samarali usullar bilan davolashadi. Albatta, buni biz qo‘llab- quvvatlaymiz. Lekin, jiddiy kasalliklarda «bilimdonlik» qilish yaramaydi. Xalqimiz ishlatadigan eng samarali vositalardan biri bo‘lmish piyoz haqida so‘zlashamiz. O‘qing, aslida u qancha dardga davo:

Tavsiyalar:

  • Gripp bilan og‘rib, burun oqqan paytda har 2 3 soatda piyoz suviga asal aralashtirib, bir osh qoshiq miqdorida bir necha marta yeyish lozim.
  • Tomoq og‘rigan paytda sariyog‘da qovurilgan piyoz yaxshi yordam beradi. Yoki sutga piyoz solib qaynatib, o‘sha sut bilan tomoqni chayish kerak bo‘ladi.
  • Uzoq payt bitmagan yiringli yaralarni har kuni 3 marta bir choy qoshiq piyoz suvi bilan artish kerak.
  • Chipqon chiqqanda piyoz po‘stlog‘i bilan qovuriladi va chopqon ustiga qo‘yib bog‘lanadi. Bu usulni bir necha marta takrorlash lozim.
  • So‘galni ham po‘sti bilan qovurilgan piyoz yordamida ketkazish mumkin.
  • Piyoz suvi aralashtirilgan kungaboqar yog‘i bilan burun atrofi artib turilsa, grippda yaxshi yordam beradi.
  • Qattiq yo‘tal tutganda (500 gramm ezg‘ilangan piyoz, 400 gramm shakar, 50 gr. asal. 1 litr suvda past olovda 3 soat atrofida qaynatiladi va dokadan sizdirilib, shishaga solib qo‘yiladi). Bu aralashma har kuni bir osh qoshiqdan ichiladi. Aralashma salqin va qorong‘i joyda saqlanadi.
  • 1 stakan piyoz suvi, 1 stakan asal aralashtiriladi. Salqin joyda og‘zi mahkam berkitilgan holatda saqlanadi. Har kuni 1 osh qoshiq 3 mahal ovqatdan bir soat yoki ovqatdan 2 soat keyin ichiladi. Bu aralashma yurak kasalliklarida yaxshi yordam beradi.
  • Yaxshi uxlash uchun har kuni  piyoz yeyish lozim. Bu maqroq bilan dam olishingizga imkon beradi.