Parhezsiz, tabiiy usulda ozish

Ko‘pchilik semizlikdan qutulish uchun och qolishga ham jazm qiladi hamda bundan organizm aziyat chekadi. bugun osongina parhezsiz va och qolmasdan ozish yo‘llarini o‘rgatamiz.

parhezsiz ozish
Parhezsiz ozish | Avitsenna.uz

Quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilsangiz, organizmdagi moddalar almashinuvi yaxshilanib, ortiqcha suyuqlikni chiqarib tashlaydi. Ovqat hazm qilish tizimi faollashib, tanangizdagi yog‘larni eritib yuboradi.

Tvorog, kefir, yogurt, qatiq

Hujayralardagi ortiqcha yog‘lardan xalos qilishga yordam beruvchi kalsitriol gormoni aynan sutli mahsulotlarda juda ko‘p miqdorda bo‘ladi. Yog‘siz sut mahsulotlari parhez qilayotganlar uchun ayni muddaodir. Qatiq esa teri ostidagi yog‘larni parchalash xususiyatiga ega.

Karam

Karamning barcha turlari: gulkaram, brokkoli kabilar ozish uchun juda foydali. Bu sabzavot tanangizdagi barcha ortiqcha narsalarni haydab chiqaradi. Kaloriyasi juda past bu sabzavotlardan har kuni, albatta, salatlar tayyorlab yeng.

Bodring

Ozish uchun ko‘p suv ichish kerak, ammo bunga qiynalsangiz, suvning o‘rnini bosuvchi bodringdan yeng. Uning po‘stini olmay yeyish tavsiya etiladi. Bodring po‘sti vitaminlar va mikroelementlarga boy.

Ko‘k choy

Ko‘k choy organizmni qizdiradi, tozalaydi va ovqatning tez hazm bo‘lishiga ko‘maklashadi. Ko‘k choy tarkibidagi tiamin moddasi nafaqat teri ostidagi yog‘larni, balki ichki organlar atrofida yig‘ilgan yog‘larni ham eritib yuboradi.

Malina

Boshqa reza mevalarga qaraganda shakari kam va past kaloriyali meva bu – malinadir. Malina me’da shirasi ajralib chiqishiga yordam beradi, shuning uchun malinani ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng yeyish tavsiya etiladi.

Loviya

Dukkakli o‘simliklar sirasiga kiruvchi loviya oqsillarga juda boy. Ozish uchun esa oqsil ayni muddao. Ko‘proq dukkakli o‘simliklardan yeng, ular tanani quritish xususiyatiga ega.

Xantal va qalampir

Go‘sht va baliqdan tayyorlangan taomlarga, salatlarga xantal va qalampirdan oz-ozdan qo‘shib, yeyishni odat qiling, albatta, gastrentrolog maslahatidan so‘ng. Bu ikki mahsulot me’da shirasi ishlab chiqarishni yaxshilaydi va hazm bo‘lishi qiyin bo‘lgan og‘ir va yog‘li taomlarni parchalab tashlaydi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Organizm uchun vitamin D qanchalik muhim?

Madina Muhammadiyeva.
Qalampir.uz nashri.

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Back to top button