Statistikaga ko‘ra, qandaydir parhez tutgan odamlarning ko‘pi bilan 15 foizigina o‘z vaznini uzoq vaqt davomida o‘z holicha saqlab tura oladi. Qolgan 85 foizi parhezni buzib yuboradi. Ammo bu shu 15 foiz odamlarning irodasi mustahkam ekanligini bildirmaydi, balki ularning metabolizmi yaxshi ishlaydi, xolos.
Metabolizm qanday ishlaydi?
Moddalar almashinuvi nafaqat jismoniy harakatga, balki tana massasiga ham bog‘liq. Tana massasi qanchalik kamaysa, metabolizm shunchalik sekinlashadi. Hammaga ma’lum bo‘lgan effekt aynan shu sabablidir: parhez tutish vaqtida dastlabki 3—5 kg nisbatan oson “uchib ketadi”, keyin esa “plato” boshlanadi — hatto ovqatdan to‘liq voz kechsangiz ham, vazn kamaymaydi. Shunday qilib, odamlarning taxminan 15 foizida ba’zi irsiy xususiyatlar tufayli, metabolizm tezligi tana yuzasi maydoniga bog‘liq emas: ular ozadi, ammo modda almashish jarayonlari susaymaydi — shu sababli ular erishilgan natijani yillab saqlab tura oladi. Bu yerda iroda kuchining hech qanday aloqasi yo‘q.Nima qilish kerak?
Bu albatta boshlang‘ich ma’lumotlarga bog‘liq. Agar vazningiz 65 kilogramm bo‘lsa, siz esa 55 kilogrammgacha ozmoqchi bo‘lsangiz, hech narsa qilish kerak emas. 45 yoshda 20 yoshdagidan ko‘proq tosh bosish — mutlaqo normal holat. Ozish umuman kerak emas (agar albatta, biokimyoviy ko‘rsatkichlaringiz joyida bo‘lsa). Agar bunday bo‘lmasa, ishni ishonchli endokrinologdan boshlash kerak. Va vazningiz salomatligingizga qanchalik ta’sir o‘tkazayotganini aniqlash kerak. Agar butun hayotingiz davomida ko‘p marotaba o‘zingizni qandaydir standartlarga moslashtirishga uringan bo‘lsangiz, va endi me’yoridan ortiq ovqat yeb qo‘yishga moyil bo‘lsangiz, unda sizga ovqatlanish xulqini tuzatish bo‘yicha mutaxassis talab etiladi. Sizni ongli yoki intuitiv ovqatlanish qutqaradi. Ushbu maqolani ham o'qing:
Qorin og'rishi - turlari, sabablari va o‘ziga xos belgilari