1.5
(2)

Isroil mudofa mutahassisidan siyosiy karikaturachiga aylangan Ori Hofmekler tomonidan yaratilgan, jangchi diyetasi, muvafaqqiyatga erishishda tabiiy mahsulot almashinuvi va mashg‘ulotlar g‘oyasiga asoslangan. Ajoyib chegaralanmagan, bu oson diyeta fantastik qo‘llanish darajasiga ega va ko‘pchilik insonlar uni oson ozish yo‘li sifatida ko‘radilar.

Jangchi diyeta

Yaqinda dunyoda, ba’zi taomlar guruhini yoqtirish va boshqalardan qochishga asoslangan emas balki kun davomida ovqatlanish ritmiga asoslangan ovqatlanish rejasida o‘sish ko‘rindi. Jangchi diyeta ulardan biri – uning asoschisi shartiga ko‘ra, o‘zgarishni sezish uchun inson kun davomida oz miqdorda yotishdan bir necha soat oldin esa ko‘p taom iste’mol qilish kerak.

Jangchi diyeta muallifini ta’kidlashicha, insoniyat rivojlanish hayoti davomida kuni bilan ish qilganligi sababli (ov va dehqonchilik) oz ovqatlangan, va kechasi dam olish paytida ko‘p ovqat iste’mol qilgan. Shuning uchun ozish uchun resept aynan shundaydir.

Qoidalar

Jangchi diyetaning qoidalari oz lekin muhimdir:

  1. Ovqatsiz 12 soatdan ko‘p yurmang. Bu foydadan ko‘ra ko‘proq zarar beradi.
  2. Kun davomida foydali mahsulotlardan oz oz iste’mol qilib turing. Olma, reza mevalar, yong‘oq, sut va shunga o‘xshash yengil mahsulotlardan iste’mol qiling. Bu sizni fikringizni ravon va tanangizni sog‘lom qiladi.
  3. Kechasi xohlagancha ovqatlaning. Taxminiy vaqt uyquvdan 3 4 soat ilgari. Siz iste’mol qilayotgan narsalarda haqiqiy chegara yo‘q, kechki ovqat yetarlicha ozuqaviy moddalar: oqsillar, yog‘lar va uglevodlarni o‘z ichiga olsa istaganingizcha iste’mol qiling.
  4. Mashq. Toza havoda sayr qiling, qisqa masofaga yuguring, tosh ko‘taring, tana og‘irligi bilan bog‘liq mashqlar, yoga–xohlagan qiziqarli yoki ajoyib mashqlarni bajaring. Agar siz to‘g‘ri diyeta qilsangiz, mashg‘ulotlar davomida yoki undan keyin energiyaga muhtojlik sezmaysiz.

Jangchi diyeta birinchi bor tanishtirilgandan beri ommabop va muvafaqqiyatli qabul qilindi. Bu oson vaznni yo‘qotish uchun mukammal yechim bo‘lmasligi mumkin, ammo rostdan ham, u o‘zi nima? Qayerda odatiy donolikda xatolik ketdi, bu ovqatlanish rejasi qulaydir – agar siz oddiy va chegaralanmagan diyeta izidan bormoqchi bo‘lsangiz, bu urinib ko‘rishga arzidi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Vazn tashlashning oson yo‘llari

«Chak-chak.uz» nashri.