Oyoq venalari varikozi, ya’ni venalarning kengayib cho‘zilishi va tugun-tugun bo‘lib qolishi asosan muntazam og‘ir jismoniy ish bajarish, uzoq vaqt tik turib ishlash natijasida tomirlarda qon oqishi qiyinlashishidan kelib chiqadi.
Kengaygan venalar (varikoz tugunlar) teri ostidan bo‘rtib ko‘rinib turadi, oyoq shishib og‘riydi, bemor yurganida tez charchaydi. Keyinchalik tomirlarda tromblar (tiqilmalar) paydo bo‘lishi mumkin.
Varikoz xastaligini davolash kechiktirilsa, quyidagi xastaliklar kelib chiqadi:
- qon tomirlarida qon quyuqlasha boradi;
- terida turli trofik yaralar hosil bo‘ladi;
- oyoq vena qon tomirida tromboflebit (vena devorlarining tromblar tufayli yallig‘lanishi) yuzaga keladi;
- tomirlar tromboemboliyasi (kasallangan tomirning tromb tiqilishi natijasida yopilib qolishi) kuzatiladi.
- vaznni nazorat qilish, ya’ni qisqa muddat ichida semirishga yo‘l qo‘ymaslik;
- qon harakatini cheklab qo‘yadigan tor buyumlardan voz kechish;
- paxtali matodan tikilgan ichki kiyimlar kiyish;
- baland poshnali tuflilardan ko‘ra tovonni yaxshi ushlab turadigan poyafzallarni tanlash;
- og‘ir yuklarni ko‘tarish yoki bir joyda uzoq vaqt tik turib ishlashdan saqlanish.
- Varikoz kasalligi va uni davolash usullari
- Varikoz kasalligining sabab va alomatlari qanday?
- Varikoz kasalligini davolash choralari
- Qo‘lda ham varikoz bo‘ladimi?
Feruza AYXODJAYEVA, shifokor. "Sihat-salomatlik" jurnali.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Osteoartroz sabablari, tasnifi va davolash usullari