Salomatlikka aloqador muammolarning ko‘pchiligi hazm qilishdagi muammolardan kelib chiqadi. Noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli inson organizmiga foydali oziq moddalar juda kam miqdorda tushadi. Shu tufayli, ovqat hazm qilish jarayoni normal kechishi, shuningdek, butun organizm uchun ham to‘g‘ri ovqatlanish kerak.
Ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun quyidagi maslahatlarga quloq tuting:
Shoshmasdan tanovvul qiling. Ovqatni yaxshilab chaynash kerak: hazm qilish og‘iz bo‘shlig‘ida boshlanadi. Yaxshilab chaynash orqali oshqozon va ichak ishini ancha yengillashtirgan bo‘lasiz.
Katta tishlamang. Ovqatni katta-katta tishlab, tez-tez yeganda, hazm qilish tizimiga ovqat bilan birga havo ham kiradi, natijada oshqozonda og‘irlik, og‘riq paydo bo‘ladi.
Ko‘proq suyuqlik iching. Ichak faoliyatini yengillashtirish va qabziyatlar oldini olish uchun kuniga kamida 8—9 stakan suv iching. Me’da shirasini suyultirmaslik va hazm qiluvchi fermentlarni yuvib yubormaslik uchun, suyuqlikni ovqat qabul qilishdan yarim soat avval ichish tavsiya etiladi.
O‘ta qaynoq yoki o‘ta sovuq narsa yemang. Gap shundaki, oshqozonda ovqatni hazm qilish jarayoni ovqatning harorati odam tanasi harorati bilan bir xil bo‘lsagina boshlanadi.
Muntazam ravishda ovqatlaning. Hazm qilish tizimiga ortiqcha og‘irlik tushirmaslik uchun kun davomida asosiy ovqatlanish paytidan oldin tamaddi qilib olmaslik kerak. Shuningdek, har kuni bir xil vaqtda ovqatlanish maslahat beriladi, shunda organizmda ishlay boshlash vaqti bo‘yicha odat shakllanadi.
To‘g‘ri ovqatlaning. Ovqat hazm qilishi yaxshi bo‘lishi uchun tez tayyor bo‘ladigan oziq-ovqatlardan (fast food) voz kechish kerak. Ertalab hali uyg‘onib ulgurmagan organizmga og‘irlik tushirmaslik va butun kun uchun energiya to‘plab olish maqsadida yengil, lekin kaloriyali ovqat yeyish kerak. Og‘irroq taomlar tushlikka mos tushadi, biroq kechki ovqatga bunday taomlar yeyish va to‘yib ovqatlanish hech ham mumkin emas.
Qatiq mahsulotlarini iste’mol qiling. Qatiqda ichak faoliyatini normallashtiruvchi foydali bakteriyalar bo‘ladi. Bundan tashqari, qatiq moddalar almashinuvi jarayonini yaxshilaydi, hazm qilish organlarining shilliq qatlamini shakllantiradi, zaharli moddalarni chiqarib tashlaydi.
Tavsiya etamiz: Oqilona (ratsional) ovqatlanish nima?
© Daryo
Gastroenterologik kasalliklarda eng kop qo'llaniladigan dori vositalardan biri ITOMEDdir:
https://apteka.uz/uz/product/itomed
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.