Maktab yoshidagi bolalarda oshqozon kasalliklarini rivojlanishi oson bo‘ladi. Bunga sabab noto‘g‘ri ovqatlanishdir. Ertalab maktabga shoshayotgan bola yaxshilab ovqatlanishga vaqti va sabri bo‘lmaydi, peshinda nonushtaga berilgan pulni bola kompyuter o‘yinlariga yoki shirin kukuruzga ishlatishni afzalroq ko‘radi. Natijada bolaning oshqozoni ishdan chiqishni boshlaydi, fermentlar faoliyati buziladi, oshqozon osti bezi funksiyasi yomonlashadi.
Bolaning ovqatlanish tarzida eng muhimi tartib bo‘lishidir. O‘z vaqtida issiq ovqat va boshqa kerakli mahsulotlardan iste’mol qilish muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari quyidagi mahsulotlar nafaqat bolaning oshqozoni uchun balki butun organizmi va immun tizimi uchun zararli ekanligini bilib qo‘yish kerak.
Zararli mahsulotlar:
- Kiriyeshka — bu sun’iy non bo‘lakchalarda organizm uchun xavfli kimyoviy moddalar mavjud;
- Koka-kola, fanta — tarkibidagi kofein bolani uyqusi buzulishiga va asabiy bo‘lib qolishiga olib keladi;
- Qurt — tuzning haddan tashqari ko‘pligi o‘sayotgan bolaning buyrak tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
- Pista — gigiyenik qoidalarga umuman rioya qilinmay sotiladigan mahsulot. Uning ustki qoplami juda kir bo‘lib, bola oshqozonini yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin;
- Shirin kukuruz — ichida shakarning miqdori juda ko‘p bo‘lgani uchun vaznni nosog‘lom ravishda tez ortishiga olib keladi;
- Tez tayyorlanadigan lapsha va sho‘rvalar — bola organizmi uchun zararli kimyoviy moddalarga ega;
- Sho‘r pechenelar — tuzning ko‘pligi bolaning buyragiga og‘irlik qiladi;
- Saqich — u 30 daqiqadan ko‘p chaynalsa tish emalini yemirish hususiyatiga ega;
- Chupa-chups — bolaning ishtahasini bo‘g‘adi va tish-jag‘ tizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
- Gamburger — ichidagi kotlet tez pishishi uchun tarkibida organizmga zararli kimyoviy moddalar mavjud.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )