Oppengeym miopatiyasi
Oppengeym miopatiyasi – autosom ressessiv genlarga bog‘liq bo‘lgan genetik kasallik. Kasallik bola tug‘ilgandan mushaklarining juda bo‘shashganligi, kam harakatligi bilan namoyon bo‘ladi. Bo‘g‘imlarda harakat diapozoni ortishi, umumiy harakat faolligining pasayishi kabi holatlar yuzaga keladi. Lekin belgilar kuchayib bormaydi.

Oppengeym miopatiyasi orqa miya old shoxlari harakatiga javob beruvchi nerv tolalari tug‘ma nuqsoni natijasida mushak tolalarining yaxshi rivojlanmasligiga, ya’ni mushak tolalarining yog‘ to‘qimasi yoki biriktiruvchi to‘qimaga aylanishiga sabab bo‘lib, uning qisqarish vazifasi buzilishiga olib keladi.
Davolash
Kasallikda bolalarning aqliy faoliyati normal holatda rivojlanib boradi, ya’ni kasallikning aqliy rivojlanishga aloqasi yo‘q. Davolash nevropatolog vrach tomonidan fizioterapevtik usullar va umumquvvatlovchi, moddalar almashinuvini yaxshilovchi dori-darmonlar qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!