Har bir oilaning o‘zining sevimli ovqati, shirinligi bo‘ladi. Bizning oilaning ham ana shunday sevimli shirinliklaridan biri - olmali pirog. Birinchidan, uni tayyorlash ko‘p vaqt olmaydi, ikkinchidan esa juda mazzali. Bugun men sizlarga o‘zimning sevimli olmali pirogimning tayyoranlanishini ko‘rsatmoqchiman.
- 500 gr un
- 200 + 50 gr shakar
- 150 gr saryog‘
- 2 tuxum
- 2 osh qoshiq qaymoq.
- 1 choy qoshiq xamir oshirgich (razrixlitel )
- Vanilin
- Bir chimdim tuz
- Limon yoki apelsin po‘stini maydalangani
- Limon sharbati
- 4-5 ta olma
Tayyorlanishi:
- Tuxum sarig‘i shakar bilan aralashtiriladi. Unga xona haroratida eritilgan saryog‘ni bir chimdim tuz bilan qo‘shib aralashtiramiz.
- Aralashmaga un va razrixlitel, vanilin upasi, limon po‘sti, qaymoq qo‘shib, xamir qoramiz. Xamir tekis va mayin emas, uvalanuvchan bo‘lishi kerak.
- Tayyor xamirni yog‘langan pech listiga qoshiq yordamida yoyib chiqamiz. Qattiq bosish shart emas.
- Olmaning po‘stini tozalab, yupqa qilib to‘g‘raymiz yoki qirg‘ichning katta tishidan o‘tkazamiz. Tayyor olamani xamir ustiga joylashtiramiz va limon sharbatini uning ustidan sepamiz.
- 50 gramm shakar bilan tuxumni oqini yengil ko‘pirtirib, olmani ustidan surib chiqamiz.
- Gaz pechini 170°C darajada qizdirib, xamirni joylashtirmiz. Xamir 40 daqiqada past olovda pishishi lozim. Tuxam oqi pishganida salgina qizg‘ish tusda bo‘lishi kerak. Yuqori olovda pishirish mumkin emas, pirog pishmasidan oldin, tuxum oqi qizarib qorayib ketadi.
- Gaz pechidan chiqarib, sovuganidan keyin tanovul qilishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!
Ushbu maqolani ham o'qing:
Vitaminlarning ahamiyati