Bu xil kasallar uchun foydali tadbirlardan biri ko‘krakni va biqinlarni qo‘l yoki dag‘al sochiq bilan ishqashdir. Ayniqsa, ularda tik turib nafas olish paydo bo‘lsa shunday; ishqalashni mo‘tadil va yog‘siz, quruq qilish kerak, agar charchash paydo bo‘lsa, yog‘ bilan ishqalash foyda beradi. Bu kasalliklarda doim ichni yumshatib turish ham kerakli tadbirlardandir. Shu kasalliklarda sust badantarbiyadan tez badantarbiyaga asta-sekin o‘tish ham qo‘llaniladigan tadbirlardan biridar. Asta-sekin o‘tilmasdan shoshilinsa, bu narsa moddani qo‘pol ravishda qo‘zg‘atib, bo‘g‘ilish hosil qiladi. Harsillashga uchragan kishilarning saqlanishlari lozim bo‘ladigan ishlarga kelsak, ular mumkin qadar hammomdan, ayniqsa, ovqat yeb, hammomga tushishdan, ko‘p uxlashdan, ayniqsa, kunduz kuni uxlashdan iboratdir. Ovqatni yeya solib uxlash u kishilarga juda zarar qiladi, lekin ularda qattiq kuchsizlik, charchash va issiq paydo bo‘lsa, shu paytda ozgina uxlasinlar, yana yel paydo qiladigan har bir dondan, ovqat ustidan xoh suv bo‘lsin, xoh sharob bo‘lsin, suyuqlik ichishdan saqlanishlari kerak.

O‘pka yaralari va silni davolash

O‘pka yarasiga to‘sqinlik qilishiga kelsak, uning yoyilmasligi va kengaymasligi uchun qotirish va quritish tadbirini ishlatish zarur. Ko‘krak va o‘pka yaralari eskirgan bo‘lsa, kasalga qatronning o‘zini yoki uni asal bilan qo‘shib, ertalab va kechqurun kichkina bir qoshiq yalatish foyda qiladi. Agar kasalda harorat bo‘lib, tozalovchi issiqlik dorilarini ishlatishdan qo‘rqsangiz, sovuqliklari foyda qilmasa, arpabodiyon urug‘i, chuchumiyaning qaynatib quyultirilgan toza shirasi va sumbulsoch shirasini olib, shakarning quyultirilgan suvi bilan qo‘shib berish kerak. Bunday bemorlarning ovqatiga kelsak, unga o‘rmon kakligining pishirilgan go‘shti beriladi. Uning doimo rayxon hidlab turishi, doimo dam olishi va tinch yotishi kerak. G‘azablantiradilgan va asabiylashtiradigan ishlarga urinmasligi ham karak, unga g‘amgin qiladigan xabar bildirilmaydi. Men quyidagi tadbirni turli kishilar va turli mamlakatlarda ko‘p marta sinab ko‘rdim, shu kasallikka uchragan kishi yil bo‘yi har kuni istagancha shakarli gulqandni iste’mol qilib turadi., hatto anchagina miqdorda bo‘lsa ham non bilan yeyishga buyuriladi, keyin u kishining ahvoli kuzatib boriladi va bemor sog‘aya boshlaydi. Goho gavdaning quruqligi va so‘lishi sut yoki ayron iste’mol qilishga muhtoj qiladi. Bu narsalarda avqatlik, badanni xo‘llash, buzilgan xiltni mo‘tadil qilish xususiyati bor; ulardagi pishloq bo‘lagidan modda yarani yopishtiradi, sut o‘zining suvi bilan yara zardobini va yiringini ketkazadi. Eng shifobaxsh sut – ona sutidir. Echki suti burushtirish xususiyatiga ega. Ot suti ham tozalovchi va balg‘am tashlashni osonlashtiruvchi sifatga ega. Ovqatlarga kelasak, ularni oq non, umoch va qo‘noq oshi kabi yopishtiruvchi narsalar bilan ovqatlantirish kerak. Guruch ham tozalaydi va et undiradi. Yaxshi qaynatilgan arpa oshi yopishtiruvchi va tozalovchi bo‘lib, u isitma qattiqlashgan paytda ham foyda beradi. Kasalning jigarida tiqilmalar bo‘lmasa, uni ovqatdan oldin yoki keyin hammomga tushirish mumkin. Hammom ularni semirtiradi va kuchli qiladi. Ular ichadigan suv yomg‘ir suvi bo‘lsin.

Bilasizmi?

Ko‘pincha yuqumli tumov va shamollash kasalliklarini oyoqda o‘tkazgan va uni oxirigacha davolatmagan kishilarda o‘pka kasalligi paydo bo‘lib, o‘zining xunuk asoratlarini qoldiradi. O‘pka kasalliklarini davolash hamda oldini olishda tabiiy vositalardan foydalanish ancha durust samara berishi hozirga kun tibbiyotidan ham aniqlangan.

 Ibn Sinoning “Tibbiy o‘gitlar” kitobidan. Silning-davosi-bor.uz

Ushbu maqolani ham o'qing:
Nega aynan mart oyining 24 sanasi ?