0
(0)

Miyani chiniqtiradigan ko‘pchilik mashqlar amaliy jihatdan foyda keltirmaydi. Miyani haqiqatan ham chiniqtirish uchun neyroplastiklikni oshirish kerak.

Nevrolog Genri Manke neyroplastiklikni oshirish uchun doimiy ravishda miyani ishlatish va unga yangi vazifalar berish kerak deb maslahat beradi.

Yangi murakkab ko‘nikma ishlab chiqishni boshlang

Mankening aytishicha, bir xil harakatlarni takrorlash miya ishini tezlashtirishga yordam bersa ham, neyroplastiklikni oshirish uchun yetarli emas ekan. Masalan, siz o‘n yil davomida krossvordlar yechish bilan shug‘ullansangiz ham, bu miyaga foyda bermaydi. Butunlay boshqasini sinab ko‘ring, masalan musiqa asbobida chalishni, va bu mashg‘ulot bilan haftasiga hech bo‘lmasa 2–3 soatdan shug‘ullaning.

Uyga boshqa yo‘l bilan boring va atrofdagi hamma narsalarga e’tibor bering

Miyani chiniqtirishning yana bir usuli — bu sayohat. Safardagi hamma narsa, non sotib olishdan tortib, mehmonxona yo‘lini izlashgacha yangi va qiziqarli bo‘lib ko‘rinadi. Agar tez-tez sayohat qilishning imkoni bo‘lmasa, ishdan uygacha boshqa yo‘l bilan boring. O‘zingiz o‘rganib qolgan do‘konga emas, balki boshqasiga kiring, sevimli bog‘ingizga boshqa yo‘ldan kiring, har xil ovozlarga va hidlarga e’tibor bering, yashash joyingizning xayoliy xaritasini kengaytiring.

Bir necha kundan keyin, siz yuradigan yangi yo‘l tanish bo‘lib qolgandan keyin, yana yo‘nalishni o‘zgartiring. Bu miyaning o‘rganish va xotiraga javob beradigan sohasi — gippokampni faollashtiradi.

Ko‘proq harakat qiling va yaxshi ovqatlaning

Agar butun kuchni yuqori qon bosimi va shu kabi boshqa kasalliklarga sarflashga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, organizm uchun fikrlash qobiliyatining o‘tkirligini saqlab turish qiyin bo‘ladi. Shuning uchun to‘g‘ri ovqatlanishga harakat qiling va faol hayot tarzini olib boring, masalan muntazam ravishda sayr qilishga yoki yugurishga chiqing.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Inson organizmi uchun rux qanchalik ahamiyatga ega?

© Zdorovie.com / Daryo.uz