Nevrozning bu turi qadimdan ma’lum bo‘lib, bu kasallik psixasteniya deb ham atalgan. Psixasteniya atamasini fransuz olimi Per Jane taklif qilgan va miyadan ketmaydigan fikrlar bu kasallikning asosiy belgisi ekanligi aytgan. psixasteniya Miyadan ketmaydigan fikrlar nevrozning bir turi hisoblanib, uning uchun doimiy shubhalar, qo‘rquv, miyaga azob beruvchi tasavvurlar va g‘oyalar, turli harakatlar va intilishlar. Bemor bu fikrlarning barchasidan qutulishga harakat qiladi, intiladi, davo choralarini izlaydi, lekin bu urinishlar, ko‘pincha, zoye ketadi, uni miyaga o‘rnashib qolgan fikrlar qiynayveradi. Miyadan ketmaydigan fikrlarning doimiyligi, takrorlanuvchanligi va ulardan qutulishning o‘ta qiyinligi bemorni qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Bu holatlarga bemor tanqidiy nuqtai nazar bilan qaraydi, ularning asosli emasligini, g‘alati ekanligini tushunadi, ularga bardosh berishga intiladi, lekin fikrlar uning irodasi va xohishiga bog‘liq bo‘lmagan holda paydo bo‘laveradi. Bularning ichida fobiyalar alohida o‘rin kasb etadi.

Psixasteniya holatini davosi qanday?

Bunday bemorlarni psixiatrlar, tibbiy psixologlar va psixoterapevtlar maxsus dastur asosida davolashadi. Davolash muddati bir necha oylarga cho‘zilishi haqida bemor va uning yaqinlari ogohlantiriladi. Kitobning boshqa qismlari bilan saytimizning «Asab va ruhiyat» bo‘limida tanishishingiz mumkin.

© Zarifboy Ibodullayev, nevropatolog. Professor. "Asab va ruhiyat" kitobi. Asab.uz

 

Ushbu maqolani ham o'qing:
Disk churrasi shu qadar xavflimi?