Mangu yoshlik yoxud X sindromi

Mangu yosh bo‘lib qolish chiroyli eshitiladi va ko‘pchilikning orzusi hisoblanadi. Lekin buning zaminida ham o‘z tosh-tarozisi yotadi.

Photo: Getty Images

Amerikalik olimlar tomonidan aniqlangan bu kasallikka «X sindromi» nomi qo‘yilgan bo‘lib, unda odamning ulg‘ayishini barcha belgilari tomozlanadi.

Misol uchun, Bruk Megan Grinberg fiziologik jihatidan 20 yoshgacha yetib borgan bo‘lsada, unda ham tana tuzilishi, ham aqliy rivojlanishi darajasini bor yo‘g‘i ikki yoshli bolaniki singari qolib ketgan.

Bruk 2013 yilning oktyabrida o‘lgan bo‘lib, u hayoti davomida tibbiyotga no’malum bo‘lgan juda kam uchraydigan kasallik bilan og‘rigan, ya’ni tanasi, ichki tizim va a’zolarining o‘sishi to‘xtab qolgan. Uning o‘limi sabablari esa haligacha aniqlamagan.

Bruk yangi tug‘ilgan chaqaloq paytida 1,8 kilogrammni tashkil etib, bir yildan keyin bor yo‘g‘i — 3,4 kilogrammni, 14 yoshida esa – 7,2 kilogramni tashkil etib, bo‘yi 76 sm da to‘xtab qolgan. Bu qiz bir necha marta hayot va o‘lim chegarasida qolib ketgan. Jumladan 4 yoshida u 14 sutkalik uyquga ketgan.

Vrachlar unda bosh miya o‘smasi tashxisini ko‘yib, 48 soatdan ortiq yashay olmasligi haqida gapirishgan. Ammo ikki haftadan so‘ng qayta tekshirilganda o‘smaning so‘rilib ketganligi aniqlangan. Brukni Amerikaning eng nufuzli klinikalari tekshirganiga qaramasdan aniq tashxisi qo‘yilmagan.

© Gepamed.uz

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


Tegishli maqolalar

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button