Sil kasalligini chaqiruvchi mikrob sil tayoqchasi (Koxa batsillasi) bo‘lib, aerogen, limfagen va gematogen tarqalib, o‘pkada, boshqa a’zolarga, shu jumladan, limfa tugunlarga ham silga xarakterli o‘zgarishlarni chaqiradi.
Kasallikning yuqish yo‘llari turli-tuman bo‘lib bulardan: batsilla tarqatuvchi bemorlar yo‘talganda, aksirganda, yaradan ajraladigan ajralmalar, peshobdan, genital ajralmalardan o‘tishi kuzatilgan.
Ma'lumot o‘rnida
Sil mikrobining organizmga kirish usullariga qarab kasallik joylashuvini aniqlash imkoniyati tug‘iladi, ya’ni nafas yo‘llaridan – bronxlar oldi, ko‘krak qafasi ichki limfa tugunlari, ovqat hazm qilish a’zolari yo‘lidan, qorin parda old va orqa limfa bezlari (mezadeniti) og‘iz va burun orqali o‘tishida esa ko‘pchilik holatlarda bo‘yin limfa tugunlari sili uchrashi mumkin. Inson organizmida limfa tugunlar 700 dan ortiq bo‘lib, tashqi yuzaki va ichki chuqur joylashgan limfa tugunlar farq qilinadi. Limfa tugunlar odatda yumaloq, no‘xatsimon va cho‘zinchoq shakllarda bo‘lib, yakka yoki to‘da holida joylashadi. Limfaning vazifasi organizmdan yot moddalar va mikroblarni chiqarishdan iboratdir. Limfa suyuqligi limfa tugundan filtrlanib o‘tib, zaharli moddalar va mikroblarni jigarda zararsizlantirib, buyrak orqali chiqishida ishtirok etadi.Kasallik kechishi
Sil tayoqchasidan aksariyat 80 foizgacha hollarda bo‘yin va qo‘ltiq osti limfa bezlari zararlanishi kuzatiladi. Limfa tugunlarda sil kasalligi rivojlanishida sil o‘chog‘i joylashgan joyga “tuberkulyoz” – “bugorok”, ya’ni do‘mboqchalar hosil bo‘ladi, vaqt o‘tishi bilan do‘mboqchalar bir-biriga qo‘shilib “kazeoz” quyuq qotishgan yiringli ajralmalar hosil bo‘lib, keyingi bosqichida teshiklar paydo bo‘lib, teri ustidan teshib chiqishi va nihoyat oqma yaralar paydo bo‘lish hollari kuzatiladi. [box type="shadow" align="aligncenter" ]Kasallikning limfa tugunlarda rivojlanishi bir nechta bosqichdan iborat bo‘lib, 2-3 oydan bir necha yillarga borishi mumkin.[/box]Limfa tugunlar sili diagnostikasi
Limfa bezlarining sil bilan shikastlanishi tashhisoti majmuaviy turda bo‘lib, shikoyati: tanada joylashgan limfa bezlarining kattalashuvi, kasallik tarixidan limfa bezlarining kattalashuvi surunkali kechishi, boshqa a’zolarda sil kasalligi alomatlari borligi, sil sinamalarining musbat bo‘lishi, o‘pkaning rentgen suratida sil kasalligi alomatlari qoldiqlari borligi, limfa tugunlari bir tekis kattalashuvi, og‘riqsiz, harakatchan bo‘lishi, UTT (UZI) tekshiruvlarida limfa bezlarining ichki tuzilishi (gomogen) bir xilligi, ba’zida (getrogen) har xil bo‘lishi ham mumkin, laborator tekshiruvlarda ajralmalardan sil tayoqchasi aniqlanishi va provakatsion sinamalar natijalari musbatligi va gistologik tekshiruvlar asosida limfa tugunlarning sil bilan zararlanishi aniqlaniladi.Tekshiruvlar muhim ahamiyatga ega
Limfa bezlari kattalashgan bemorlarni tekshirishda limfa bezlarga punksiya qilinib, ajralmani sitologik va mikrobioloigik, polimeraz zanjir reaksiyasi (PZR) tekshiruvlar samaradorligi qoniqarli bo‘lishi mumkin. Lekin bemorlar orasida limfa bezlarni operatsiya usulida oldirmanglar, kasallik avjiga chiqib ketadi degan asossiz tushunchalar bor. Shuni alohida ta’kidlab o‘tmoqchimanki, har bir kattalashgan limfa tugunlar kasalligini aniq tashxisot qilish uchun, asosan gistologik tekshiruv muhim, bunda limfa tugunni to‘liq olish va tekshirish lozim, bundan bemorlarga hech qanday ziyon yetmaydi, balki kasallik barvaqt aniqlanilib, davo samarasi yaxshi bo‘lishi kuzatiladi.Limfa tugunlar silining differensial diagnostikasi
Limfa tugunlar silining differensial diagnostikasi bir nechta limfa bezlarning kattalashuvi bilan kechadigan kasalliklar orqali olib boriladi. Bulardan limfa bezlarning nospesifik yallig‘lanishi, bolalarda har turdagi (V-T hujayrali Xodjikin, neXodjikin) limfomalar, limfagranulomatoz (LGM) hamda OIT sindromlarida ham limfa bezlarning har xil darajadagi kattalashuvi kuzatiladi. Shuni esda tutish lozimki, limfa bezlari kattalashgan har bir bemor ftiziatr ko‘rigidan keyin, kompleks tekshiruvlar asosida tekshirilib, sil kasalligini aniqlash uchun gistologik tekshiruvdan o‘tishi lozim.Limfa tugunlari silini davolash
Sil kasalligini davolash kompleks turda bo‘lib, silga qarshi dorilar tartibli, davomiy tarzda olib borilishi lozim. Kasallikni aniqlanish vaqti qancha barvaqt bo‘lsa, terapevtik davoning samarasi yaxshi bo‘lib, kattalashgan limfa bezlar so‘rilib ketishi mumkin. Shuni esda tutish muhimki hech vaqt bitta yoki ikkita dori bilan davoni boshlamaslik lozim, bunday holatlarda mikrobning sil dorilariga turg‘unligi rivojlanib, kasallikni davolash muddati cho‘zilishi bilan bir qatorda, uning asoratlari rivojlanishiga omil bo‘ladi. Kasallik kechikib asoratlangan davrlarda aniqlangan bo‘lsa, albatta jarrohlik muolajalari qo‘llaniladi. Bunda zararlangan limfa tugunlar olib tashlanib, konservativ davo davom ettiriladi. [box type="info" align="aligncenter" ]Limfa tugunlari sili bilan og‘rigan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlab, kompleks davo choralari qo‘llanilganda bu toifadagi bemorlar batamom tuzalib ketadilar.[/box]Sh. YO‘LDOSHOV, tibbiyot fanlari doktori "O‘zbekistonda sog‘likni saqlash" gazetasi.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )