Yoz oylarida kishilarda ko‘p bora kuzatiladigan holat, og‘iz qurib qolishi, ayniqsa lablarning qurshab qolishini qanday davolasa bo‘ladi? Bunday qiyinchilikdan aziyat chekayotganlar uchun munosib javoblar yig‘ib qo‘yganmiz.
- Lablari tez qurib qoladigan insonlar quyosh va issiq joyga chiqishidan avval maxsus labni issiqlikdan saqlovchi qoplama taqishi tavsiya etiladi. Bu yopishqoq moslama kosmetika do‘konlari va dorixonalarda arzimas pulga sotiladi.
- Namlik yetishmasligidan qurib qolgan lab yorilib, keyin ko‘proq og‘riq olib kelishi mumkin. Shuning uchun, tez-tez labni ho‘llab turing.
- Ba’zi odamlarning qurib qolgan lablarini tishlash odati bor. Bunga imkoniyat beruvchi vaziyatni yo‘qqa chiqarish uchun namlantiruvchi moyli lab pomadasi mavjud. Foydalaning!
- Surunkali lab qurib qolishi bilan kasallanganlar uchun maxsus davolanish kursini qabul qilishi shart. Uy sharoitida esa bir choy qoshiq kakao o‘simlik moyi va shuncha miqdorda shaftoli mag‘iz moyiga asal aralashtirib surtib turishini tavsiya etamiz.
Issiq kunlarda asqotishi mumkin bo‘lgan maslahatlar:
- Oftob urishi hayot uchun xavfli?
- Ovqatdan zaharlanish - yoz muammosi!
- Yozda bizni qaysi kasalliklar bezovta qiladi?
© Rednews.uz
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )