Hozirgi kunda hayotimizning asosiy qismini texnika vositalari bilan aloqada o‘tkazamiz. Bu albatta zamon talabiga aylanib qolgan omillardan biri hisoblanadi. Har birimiz hozirgi vaqtda hayotimizni kopyutersiz tasavvur ham qila olmaymiz. Uning oldida o‘tirib internet orqali dunyo voqealaridan xabardor bo‘lamiz, barcha ishlarimizni u yordamida amalga oshiramiz. Barcha soha mutaxassislari, yoshlar, talabalar, hatto yosh bolalar va qariyalar ham hozirgi kunda kompyuter oldida o‘tirganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Ko‘pchiligimiz har kuni korxonalarda 8 soat, ba’zan 10-12 soatlab kompyuter qarshisida o‘tirib ishlaymiz. Albatta bu biz istamasak ham ko‘rish o‘tkirligiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Shuning uchun sizlarning e’tiboringizga kasbiy majburiyatlari, ehtiyojlari, va qiziqishlari sababli kunning asosiy qismini kompyuter oldida o‘tkazuvchilar uchun, ko‘rish o‘tkirligini saqlab qolish va yaxshilash usullaridan biri bo‘lgan bir qancha “Ko‘zlar uchun mashqlar majmuasi”ni havola etamiz. [su_quote]Ko‘z nuri - bizga berilgan eng ulug‘ ne’matdir. U bizga atrof muxitdagi voqealarni idrok etishimizda yordam beradigan asosiy manbaadir. Shuning uchun har birimizning vazifamiz uni asrashdan iboratdir.[/su_quote] Keling endi oftalmologlar tavsiya etadigan ko‘rish o‘tkirligini yaxshilaydigan mashg‘ulotlarni ko‘rib chiqsak. Mashqlar 5 daqiqadan ortiq vaqtingizni olmaydi.

Ko‘zlar uchun mashqlar majmuasi:

1. Ko‘zlar aylanma harakati: soat strelkasi bo‘yicha va unga qarshi. Opisaniye: C:UsersAsia-DesignAppDataLocalMicrosoftWindowsTemporary Internet FilesContent.Wordtzp-WsIquKQ.JPG 2. Ko‘zlarni intensiv ochib, yopish. Opisaniye: C:UsersAsia-DesignAppDataLocalMicrosoftWindowsTemporary Internet FilesContent.Wordtzp-WsIquKQ.JPG Opisaniye: 93274325_3925073_slide6.jpg 3. Ko‘zlarni diagonal bo‘yicha harakatlantirish: ko‘zni chap tarafning past qismiga, keyin esa to‘g‘ri yo‘nalish bo‘yicha nigohni yuqoriga qaratamiz. Huddi shu amalni o‘ng tarafga ham qo‘llaymiz. Opisaniye: C:UsersAsia-DesignAppDataLocalMicrosoftWindowsTemporary Internet FilesContent.Wordtzp-WsIquKQ.JPG Opisaniye: 490.jpg 4. Ko‘z nigohi bilan xuddi cheksizlik shaklini chizayotganday ularni o‘ng, keyin esa chap tarafga qaratib aylanma harakatlar qilish. Opisaniye: C:UsersAsia-DesignAppDataLocalMicrosoftWindowsTemporary Internet FilesContent.Wordtzp-WsIquKQ.JPG 5. Ko‘zlarni qisib ochib, yopish. Buning uchun katta kuch ishlatmasa ham bo‘ladi. Opisaniye: C:UsersAsia-DesignAppDataLocalMicrosoftWindowsTemporary Internet FilesContent.Wordtzp-WsIquKQ.JPG 6. Ko‘zlarni masofada ishlatish. Deraza yoniga kelib, yaqin turgan yaxshi detalga qarang: deraza ortida o‘sgan daraxt shohiga, yo bo‘lmasa derazaga qog‘ozdan kesilgan aylanma doirani yopishtiring va unga qarang. Keyin esa nigohingizni uzoqqa qarating. Qarash jarayonida maksimal uzoq bo‘lgan jismlarni ko‘rishga harakat qiling. Nigohimizni uzoqga yana yaqinga takroran yunaltiramiz. Opisaniye: C:UsersAsia-DesignAppDataLocalMicrosoftWindowsTemporary Internet FilesContent.Wordtzp-WsIquKQ.JPG Izoh: Yuqorida sanab o‘tilgan mashqlarni xaftada kamida 2 marotabadan, har bir yo‘nalish bo‘yicha 6 martadan bajarish maksadga muvofiq. Har birimizning tanamizga jismoniy mashqlar zarur bo‘lganidek, ko‘zlarimiz uchun ham yuqorida sanab o‘tilgan mashqlar juda ham foydali va zururdir. Bu mashqlar yordamida siz nafaqat ko‘rish o‘tkirligini saklabgina kolmay, balki uni yaxshilashga muaffaq bo‘lishingiz mumkin. Eslatma: Zamonaviy tavsiyalarga ko‘ra 3-7 yoshdagi yosh bolalar kompyuter qarshisida bir kunda 15 daqiqadan ortiq bo‘lishlari mumkin emas. O‘smirlar esa 30 daqiqadan va o‘quv yurtlarida taxsil oluvchilar 2 soatdan ortiq bo‘lmaganlari maksadga muvofik. Davomiy va uzoq kompyuter qarshisida o‘tirish, ko‘z o‘tkirligining susayishiga olib kelish ehtimoli yuqori. Albatta siz o‘zingizda ko‘rish o‘tkirligini susayishini sezgan vaqt oftalmolog shifokorga ko‘rinishni unutmang.  Yuqoridagi keltirilgan maslahatlar sizga foyda keltirishiga umid qilib qolamiz.

© MyDay