- 1475 yili Konstatntinopolda birinchi maxsus qahva do‘koni (Kiva xan) ochilgan. 1564 yil Istanbulda ilk ommaviy qahvaxona ishga tushgan.
- Birinchi shaxmat o‘yinlari qahvaxonalarda o‘tkazilgan.
- 1732 yili qahvaga bag‘ishlangan birinchi san’at asari yaratildi: Iogann Sebastyan Bax «Kofe Kantata»sini yozdi.
- 1899 yili shveysariyalik kimyogar Maks Morgentaller eriydigan qahvani kashf qildi.
- Usmonli turklar imperiyasi ayollarga eri kundalik qahva xarajatlariga pul topolmayotgani uchun ajrashishlariga ruxsat bergan.
- Norvegiya olimlari kuniga uch finjon qahva ichish alkogolning tanaga salbiy ta’sirini kesadi degan xulosaga keldi.
- 1995 yilgi statistika ma’lumotlarga ko‘ra qahva sarf qilinishi bo‘yicha dunyoda neftdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
- Hozir qahva 65 ta mamlakatda o‘stirilmoqda.
- Qahva 1200 ga yaqin kimyoviy tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi. Ulardan 800 tasi qahvaning ta’mi yaxshi bo‘lishini ta’minlaydigan birikmalardir.
- Bir piyola qahva xotira va kayfiyatni yaxshilaydi, mehnat unumdorligini oshiradi. Bundan tashqari, jigar sirrozi(qurishi) xavfini kamaytiradi.
- Ba’zi mamlakatlarda qahvaga atab o‘tkaziladigan bayramlar bor. «Qahva kuni» 12 sentyabrda Kosta Rikada, 19 sentyabrda Irlandiya, 1 oktyabr kuni Yaponiyada nishonlanadi
Ushbu maqolani ham o'qing:
Vitaminlarning ahamiyati