Kasalliklar boshlanishida ko‘p bor sinalgan muolajalarni qo‘llasangiz tana yengillashadi, ruh orom oladi. Masalan, oddiygina asalli choy ichilganda charchoqni ketkazib, asablarni dam oldirishi ko‘pchilikka ma’lum.
[caption id="attachment_10361" align="aligncenter" width="656"] Foto: 1000listnik.ru[/caption]
Bel og‘rig‘ini to‘xtatish usuli
Bel og‘rig‘ini to‘xtatish uchun kartoshkani suvda pishirib, po‘stini arting, sovimasdan yaxshilab ezg‘ilang, ustiga ichimlik sodasi sepib, aralashtirib yuboring. Tayyor aralashmani og‘riyotgan joyga bog‘lab, ozgina dam oling. Bunday paytda asal va yalpiz solingan choy ichib olganingiz ma’qul. Qarabsizki, badaningiz terlab, muolaja foydasi yanada samaraliroq bo‘ladi.Prostata bezi kattalashishining oldini olish
Nok mevasi tarkibida prostata bezi kattalashishining oldini oladigan mikroelementlar bor. Nok sharbatini har kuni nahorda bir piyoladan ichish xastalikka shifo bo‘ladi. Shuningdek, nok gulining bir hovuchini choy o‘rnida damlab, tindiring. Damlamani yarim soatdan so‘ng issiq holda ichsangiz siydik yo‘lini qumlardan tozalaydi. Damlamadan har kuni besh mahal bir piyoladan ichilsa, bir oyda foydasi yaqqol seziladi. Nok daraxtining yangi shoxlari yoki po‘stlog‘ini qaynatib ichish ham yuqoridagi natijani beradi.Shamollashga qarshi tabiiy vosita
Shamollashga qarshi yaxshi vositalardan biri – sabzi bargini idishga solib 20 daqiqa qaynatib, uni issiq-issiq ichishdir. Bunday choyga asal qo‘shilsa ham bo‘ladi.Bodring urug‘ining foydasi
Bodring urug‘i qovurilib, ustiga bir litr qaynoq suv quyib damlab qo‘yilsa va ikki soatdan keyin issig‘ida ovqatdan so‘ng choy o‘rnida ichilsa, ichaklardagi, xiltlarni eritib chiqaradi. Bunday damlama hatto buyrakdagi mayda toshlarni ham parchalaydi. Chunki bodring urug‘i tarkibida bir qator foydali, tuzlarni eritish xususiyatiga ega bo‘lgan birikmalar mavjud.Muhum foydali ma’lumotlar
Surgi sifatida ishlatish uchun 1 choy qoshiq behi urug‘i olinib, ustiga 200 gramm qaynoq suv quyilib damlanadi va chorak stakandan ichiladi. Ich ketsa, quritilgan anor po‘choqlarini maydalang, 1 oshqoshig‘ini yarim choynak qaynoq suvda damlab ichilsa davo bo‘ladi. Bundan tashqari anor mevasi po‘stlog‘idan tayyorlangan qaynatma og‘iz bo‘shlig‘ining yallig‘lanishini ham tuzatadi. Bosh piyozni qo‘rga ko‘mib pishirilsa va uni issig‘ida iste’mol qilinsa, qovuqqa yig‘ilib qolgan qum-toshlarni haydab tushiradi, siydik yo‘lidagi tuzlarni ham eritadi, shuningdek, ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi. Nahorda pishirilgan sabzi yoki sholg‘omni yeyish tanada moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Bunda ovqat hazm bo‘lish jarayoni tezlashib tanada quvvat orta boradi. Suvda qaynatib pishirilgan sabzi oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilab, yuzni tiniqlashtiradi.Nigora TO‘LAGANOVA. "Sihat-salomatlik" jurnali.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Gijja tushirish uchun qo‘llaniladigan tabiiy retseptlar