Anemiya yoki kamqonlik – qonda eritrotsit (qizil qon tanachalari) va gemoglobin miqdori kamayib ketishi bilan kechadigan kasallikdir. O‘smirlik davrida temir moddasi yetishmasligidan bo‘ladigan kamqonlik ko‘p uchraydi, bunga rivollanayotgan organizmda temir moddasining ko‘proq o‘zlashtirib olishi sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari inson meda-ichak, jigar kasalliklari, birdaniga ko‘p qon ketib qolishi, yoki oz-ozdan bo‘lsa ham, surunkasiga qon ketib turishi (ya’ni odam jarohatlanganda, burni, o‘pkasi, me’dasi, bavosil tugunlari, bachadon va boshqa joylardan qon ketishi), yaxshi ovqatlanmaslik va ovqatning organizmda yaxshi o‘zlashtirilmasligi, ovqatda vitaminlar, ayniqsa vitamin B12 tanqisligi, turli yuqimli kasalliklar, gijja kasalliklari yoki organizmni holdan toydiruvchi surunkali kasalliklar, ba’zi dori moddalar, qo‘ziqorinlar, zaharlar bilan zaharlanish ham kamqonlikka sabab bo‘lishi mumkin. Bunda inson darmonsizlanib, tez charchaydi, boshi aylanadi, ba’zan xushidan ketadi, jismonan zo‘riqqanda organizmda kislorod yitishmasligidan harsillaydi, yuragi tez-tez uradi.
Kamqonlik sezilarli darajada bo‘lganda teri qoplamlari va shilliq qavatlar oqarib rangpar bo‘lib qoladi. Maktab o‘quvchisi sifatli ovqatlanishi, tarkibida temir moddasi ko‘p bo‘lgan ovqatlar (mol go‘shti, jigar, tuxum, sabzi, yong‘oq, anor) iste’mol qilishi muhim ahamiyatga ega. Kasallik og‘ir kechganda bemor shifoxonaga yotqizilib davolanadi.
Anemiyaning kelib chiqishi sababiga ko‘ra bir necha xil turlari mavjud:
Temir moddasi yetishmovchiligi bilan bog‘liq anemiya (Iron deficiyency anemia). Anemiyaning bu turi eng ko‘p tarqalgan turidir. Bu anemiya organizmga temir moddasi yetishmovchiligi tufayli yuzaga keladi. Temir moddasi esa gemoglobin yaratish uchun zarur. Bunday anemiyaga infeksiyalar, jarrohlik amaliyoti, ko‘p miqdorda va uzoq davom etadigan hayz sikli, saraton kasalligi, poliplar va aspirin kabi dori vositalarining ko‘p qabul qilinishi sabab bo‘ladi. Go‘sht, baliq, tuxum va temir moddasi bilan boyitilgan mahsulotlarni ko‘proq yeyish anemiyaning ushbu turini oldini olishga yordam beradi. Ba’zi kasalliklar (Kron kasalligi) va dori vositalari temir moddasini organizmga singishini qiyinlashtiradi. Vitamin yetishmovchiligi bilan bog‘liq anemiya. Ushbi anemiyani yuzaga kelishiga organizmga asosan vitamin B12 yoki folat javxarining yetishmovchiligi sabab bo‘ladi. B12 vitamini qizil qon hujayralarini ishlab chiqarish va asab tizimini normada bo‘lishi uchun kerak. Uning yetishmovchiligi xotiraning pasayishiga, oyoqlarning og‘rishiga olib kelishi mumkin. B12 vitamini hayvon go‘sht mahsulotlarda mavjud. Lekin ba’zi kasalliklar (immun kasalliklari) B12 vitaminining organizmga singishiga to‘sqinlik qiladi.Anemiya alomatlari qanday?
Anemiya ma’lum davr ichida rivojlanadi. Uning boshida alomatlar deyarli sezilmaydi, lekin kasallik rivojlangan sari quyidagi alomatlar paydo bo‘lishi mumkin:- Bosh og‘riq;
- Bo‘shashish;
- Bosh aylanish;
- Ko‘ngil aynash;
- Titroq;
- Qo‘l va oyoqlarning muzlashi;
- Tana haroratining pastligi;
- Terining och rangli bo‘lishi;
- Yurak urishining tez yoki nomuntazam bo‘lishi;
- Nafas olishning qisqarishi;
- Ko‘krak og‘rig‘i;
- Ish faoliyatining buzulishi.
Har qanday anemiyani davolashda ikki yo‘ldan foydalaniladi:
1. Qondagi qozil moddalarning yoki gemoglobinning darajasini normaga keltirish. Natijada tana a’zolari kislorod bilan kerakligicha ta’minlanadi. 2. Anemiya holati sababchisi bo‘lgan kasallikni aniqlash va davolash.Anemiya davolanmasa nima bo‘ladi?
Anemiya davolanmasa tana a’zolari kislorod yetishmovchiligidan qiynaladi va zaiflashadi. Anemiya holatida yurak faoliyati tezlashgani tufayli yurakka zarba yetishi mumkin.Anemiyaning oldini olish uchun quyidagilarni bilish kerak:
- Temir moddasiga boy mahsulotlar: - Buyrak; - Dukkakli o‘simliklar va sabzavotlar; - Tofu (soya pishlog‘i); - Ismaloq; - Qizil rangdagi go‘shtlar; - Yashil bargli sabzavotlar; - Baliq; - Quruq mevalardan, turshak, mayiz va olxo‘ri qoqisi.
- Vitamin C ga boy mahsulotlar temir moddasining organizmga singishiga yordam beradi (masalan, apelsin sharbati, brokkoli, qulupnay, qizil qovoq qalampir (bulg‘or qalampiri, nama’takli choy singarilar).
- Ovqatlanayotganda choy, qaxva, sut singarilarni ovqat bilan birga iste’mol qilmaslik kerak, chunki tannin moddasini tutganligi sababli temir moddasining singishiga to‘sqinlik qiladi.
- Kalsiy va temir moddasini bir vaqtda qabul qilmaslik kerak.
- Organizmda B12 vitamini va folat javxari yetishmovchilik bo‘lmasligi zarur.
- Shifokor bilan maslahatlashgan holda temir moddasi vitaminini qabul qilish zarur.
Jamolxon o‘g‘li Mubashshir Qosim.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )