Biz harakatsiz yashash tarzi to‘g‘risida salbiy ma’nodagi gaplarni ko‘p eshitamiz, u yomon kayfiyatga sabab bo‘lishi yoki hatto kasalliklar ham qo‘zg‘atishi mumkinligi to‘g‘risida aytishadi. Haqiqatan ham nima uchun harakatsiz yashash tarzi shunchalik zararli? kamharakatlik Jismoniy harakat miyada yangi hujayralar paydo bo‘lishi va boshqa o‘zgarishlar yuz berishini ta’minlash bilan uning holatiga amaliy ta’sir o‘tkazadi. Yangi tadqiqodlar shuni ko‘rsatadiki, harakatsizlik bosh miyadagi ayrim neyronlarning deformatsiyasiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida yurakka ham ta’sir qiladi.

Bundan 20 yil avval...

Bundan 20 yil oldin ko‘pchilik olimlar qarilik boshlanishi bilan miya tuzilishi butunlay mahkamlanib qoladi deb hisoblashgan. Lekin oxirgi nevrologik tadqiqodlar natijasiga ko‘ra, butun hayotimiz davomida miya o‘z harakatchanligini saqlab qolar ekan. Olimlar miya rivojlanishi uchun ayniqsa jismoniy mashqlar samarali bo‘lishini aytishmoqda. Olimlar taxmin qilishlaricha simpatik asab tizimi miyaning rostral bo‘limidagi neyronlar tomonidan haddan tashqari ko‘p xabar olishi natijasida tartibsiz va xavfli munosabat bildira boshlaydi. Oddiy qilib aytganda, neyronlar simpatik asab tizimini ancha qattiqroq bezovta qila boshladi, bu esa o‘z navbatida uning faoliyat muvozanati buzilishiga olib keladi. Natijada qon bosimi oshishini va yurak-tomir kasalligini keltirib chiqaradi. Xulosa: kamharakatli yashash tarzining  juda ko‘p fiziologik oqibatlari bor, shu jumladan bosh miyaning tuzilishi va faoliyatiga ham ta’sir yetkazadi.
Ushbu maqolani o‘qing: Cho‘milish - salomatlik garovi

© Zdorovie.com / Daryo.uz