Oilada o‘smirlarga kattalar tomonidan oz bo‘lsada jinsiy tarbiya berilishi lozim. Masalan, ona qiziga, ota esa o‘g‘liga nozik masalalarda ma’lum tushunchalarni asta-sekin uqtirib borishi shart. Aks holda o‘smirlar ko‘cha-kuyda chala-chulpa ma’lumot olganlari bois ularning ongida jinsiy hayot xususida noto‘g‘ri tasavvurlar shakllanadi. Ba’zan kelin-kuyovlik davrida ko‘ngilxiraliklarga ham yoshlarning jinsiy turmushga tayyor emasliklari sabab bo‘lmoqda… Quyidagi maktublarni o‘qiylik.
Savollarga seksopatolog Ravil Ismanov javob beradi.
Men turmushga chiqqunimga qadar erkak zotidan o‘zimni chetga olib yurardim. Sababi, onam hamisha "o‘g‘il bolalar juda yovuz, qo‘rqinchli, sen ularga qayrilib ham qarama” der edilar. Shu so‘zlar kichikligimdan miyamga singib qolgani uchunmi, nikoh kechasida kuyovni o‘zimga yaqinlashtirmadim. Sal qo‘l tekkizsa, dag‘dag‘ titray boshlardim, ahvolimdan uning o‘zi ham qo‘rqib ketardi. Ishonasizmi, bu hol besh oycha davom etdi, qovusholmadik. Axiyri erim buni qaysidir shifokor tanishiga aytibdi. Shundan so‘ng sirimiz ochilib, men ancha vaqt psixolog muolajalarini oldim. Onam menga nima uchun shunday deganikin-a? Nega men ham o‘sha gapga yopishib oldim? Turmushimizdagi tushunmovchiliklarda kimning aybi ko‘proq? Hanuzgacha tushunolmayman…N.Z.
Erkaklar yovuz emas
– Bu xol aslida vaginizm deb ataladi. Ya’ni, ba’zi bir onalar qizlarini uyatchan va iboli qilib tarbiyalamoqchi bo‘ladilaru, lekin ko‘pincha qosh qo‘yaman, deb ko‘z chiqaradilar. Natijada qizlarda erkak zotiga nafrat paydo bo‘ladi, qizlar voyaga etgani sayin o‘sha nafrat yanada kuchayaveradi. Mana shu narsa nikohdan keyingi jinsiy hayotni mushkullashtiradi. Bir voqeani aytay. Yigirma besh yoshli S. ismli qiz turmush qurganiga sakkiz oy bo‘lsada, kuyovni yaqiniga yo‘latmagan. Otasi tez-tez ichib uyga mast holda kelgani onasi bilan doim janjallashgani bois qiz erkaklarni yomon ko‘rib qolgan. Hatto turmushga chiqishga xohishi bo‘lmagan. Qarindoshlarining qistovi bilan nikohga rozilik bergan. Biroq kechalari kuyovga jon-jahdi bilan qarshilik qilgan. Shu tufayli, qizning jinsiy a’zolari, son va qorin devori mushaklari qisqarib ketgan… Tibbiy tekshiruvda bu qizga "vaginizmning ikkinchi bosqichi” deb tashxis qo‘yilgan. Demak, muhtarama onalarimiz qizlarni jinsiy tarbiya sirlaridan asta-sekin ogoh etib borishlari kerak. Ya’ni o‘z hayosini saqlagan holda erkak zotiga hurmat va mehr bilan qarashga o‘rganganlari ma’qul. Ana shunda ko‘ngil xiraliklar yuz bermaydi.Behayoliklar girdobida qoldim
Bir jurnal qo‘limga tushib qoldi. Uning hamma varaqlarida erkak va ayolning behayo munosabatlari tasvirlangan edi. Bu menga qattiq ta’sir qildi. o‘shandan beri yursam ham, tursam ham haligi shahvoniy manzaralar hech xayolimdan ketmaydi. Shunaqa holatlarni hatto tushimda ham ko‘radigan bo‘lib qoldim. Ahvolimni hech kimga aytolmayman. Bu kasallikmi? Undan qanday qutulsa bo‘ladi?Aziza, 16 yosh.Toki, kuchli ishtiyoqqa aylanmasin
– «Vizionizm» deb ataladigan kasallik bor. Pornografik suratlar va kinolarni tomosha qilib, so‘ng ko‘rgan manzaralarini o‘ylab yurishadi. Bu yoqimli bo‘lib tuyuladi. Ayanchlisi, shundan boshqa hech narsa ularni qiziqtirmay qo‘yadi. Vizionizm bugunga kelib o‘g‘il bolalarning 33 foizida, qizlarning 18,5 foizida uchraydi. Maktub egasiga maslahatimiz shunday: kasallik rivojlanib, kuchli ishtiyoqqa aylanmasidan avval o‘zingizni uy yumushlari yoki darslik topshiriqlari bilan chalg‘iting. Ko‘proq tabiat qo‘ynida sayr qiling, ziyoli do‘stlaringiz suhbatlaridan bahramand bo‘ling. Tarixiy filmlarni ko‘rish yoki qiziqarli kitobni o‘qishingiz ham mumkin. Agar bu narsalarning hech biri sizga yordam bermasa, psixolog shifokorga murojaat etishingizga to‘g‘ri keladi.Nega og‘riq bo‘ladi?
Bir yigitni yoqtirib, unga turmushga chiqdim. Lekin to‘ydan keyingi har bir oqshom men uchun bitmas-tuganmas azobga aylandi. Negadeysizmi? qovushish paytida qattiq og‘rikdan "dod” deb yuborgim keladi. Mana bir yarim oydan beri shu ahvol. Birovga aytishga uyalaman. Nega shunday bo‘larkin? Sabo, 19yoshdaman.Sababini aniqlash zarur!
– Qovushish paytida ayol jinsiy a’zosida og‘riq bo‘lishiga bir qancha sabablar bor. Ayrim hollarda (masalan, ayol birdaniga ozib ketganda, muntazam ravishda og‘ir yuk ko‘targanda, surunkali kasalliklar bilan og‘riganda yoki immuniteti susayib holsizlanganda) bachadon bo‘yni o‘z o‘rnidan sal chetga siljishi mumkin. Natijada yaqinlashuv paytida og‘riq turadi. Ayol organizmida gormonal buzilishlar ro‘y bersa, ya’ni jinsiy gormonlar etarli darajada ishlab chiqarilmasa, qovushishdan oldin jinsiy a’zodan shilliq ajralmaydi va qin namlanmasdan quruqligicha qoladi. Oqibatda yaqinlik kuchli og‘riqni qo‘zg‘atadi. Shuningdek jinsiy a’zoda arzimas shikastlanish, yorilish va tirnalishlar bo‘lganda ham qovushish chog‘ida og‘riqni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari disbakterioz, kolit singari ichak xastaliklarining xuruji boshlanayotganda jinsiy aloqa og‘riq bilan o‘tadi. Shuning uchun, eng yaxshisi ginekolog-shifokorga uchrab, og‘riqning aniq sababini bilish va zarur muolajalarni olish kerak.Qovushishning qoidasi bormi?
Yangi kelinman, umr yo‘ldoshimga endigina o‘rganayapman. Ammo uning ba’zi odatlari ko‘nglimni xijil qilmoqda. Mening istak-xohishim, kayfiyatim bilan hisoblashmasdan, hatto sog‘lig‘im bilan qiziqmay qovushishga undayverishi to‘g‘rimi, axir? Jinsiy hayotning ham o‘z qoidalari bordir. Shu haqda bilgim keladi. Zarifa, 20 yoshda.Juftingizda mayl uyg‘oting
– Jinsiy yaqinlaShuv o‘zaro kelin-kuyovning xohish-mayli bilan amalga oshirilgandagina har ikki tomon bundan to‘la-to‘kis huzur-halovat topadi. Ayniqsa, «ilk visoldan» keyingi uch yoki besh kunlik "tiyilish” kelinchakning jinsiy a’zosidagi jarohat izlari bitishiga yordam beradi. Xo‘sh, qovushishning qanday qoidalari bor? Masalan, o‘ta to‘yib ovqatlangandan so‘ng yoki juda och qolgan paytda jinsiy yaqinlik qilinsa, ichaklar faoliyatiga putur etadi. Zo‘riqtiruvchi jismoniy va aqliy mehnatdan keyin ham jimoga kirishish zararli. Avtomobil yoki poezdda qovushishdan ehtiyot bo‘ling, bu noqulay holatda albatta jarohat olishingiz mumkin. Kimningdir biror joyi og‘rib turganda yoki isitmalaganda qilingan yaqinlik umuman huzur-halovat bag‘ishlamaydi, balki bemor uchun zararli hisoblanadi. Kuyov Shuni unutmasligi kerakki, kelinchak jinsiy yaqinlikka tayyor bo‘lmasa, u qovushishdan lazzatlanmaydi, natijada asabi zo‘riqadi, umr yo‘ldoshidan ko‘ngli qoladi, hatto bu hol uning jinsiy a’zolaridagi qon aylanish tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayol nafaqat ruhan, balki jismonan ham shikastlanadi.O‘sha tunni unutolmayman…
To‘y kechasi turmush o‘rtog‘im tomonidan qo‘pollik bilan qilingan jinsiy munosabat qurboni bo‘lganman. Ko‘p qon yo‘qotib o‘sha kechaning o‘zidayoq shifoxonaga tushdim. Bir hafta davolanib oilamga qaytdim. Juftingiz faqat o‘z hirsini o‘ylab noto‘g‘ri xatti-harakatlar qilsa, bezib qolarkansan kishi. Avvaliga qo‘rqib aytganlariga ko‘ngan bo‘lsam, keyinchalik undan shunchalar sovib ketdimki, ko‘p o‘tmay ajralishdik. Nima uchun ba’zi yigitlar juftiga bu qadar qo‘pol munosabatda bo‘larkin-a? Jinsiy madaniyat, mehr-muhabbat va umr yo‘ldoshini asrab-avaylash kabi fazilatlardan bexabarmi ular? Yigitlarga mutaxassis tomonidan eng zarur maslahatlar berilishini istayman, toki qizlar nikoh tunida men kabi qiynoq girdobida qolishmasin.Zahro, 19yoshda.Ayol «qulog‘i» bilan sevadi
– Er-xotin jinsiy qobiliyatining darajasi muhim ahamiyatga ega. Erkakning «mayli» uning ko‘ruv a’zosida, ayolning seksualligi esa eshituv a’zosida mujassamlashgan. Ya’ni kuyov ayolining husni-malohatiga maftun bo‘lsa, kelinchak qallig‘ining shirin so‘zlari va erkalashlaridan rohatlanadi. Agar kuyov to‘y kechasi ichkilik ichib yoki jinsiy tarbiyadan bexabar holda kelinchakka qo‘pol munosabatda bo‘lsa, bunda kelinchak faqat azob chekadi, hatto qon ketishi ham mumkin. Kelinchak hayz ko‘rgan bo‘lsa, jinsiy aloqa qilmaslik kerak, aks holda bu gigiyenaga zid hisoblanib, bachadonga infeksiya tushishi mumkin. Xullas, visol kechalari xavotirlarga barham berish uchun kuyov kelinchakni ko‘proq sevib erkalashi, unda mayl uyg‘onishini kutishi, sabr-toqatli bo‘lishi lozim. "Ayol qulog‘i bilan sevadi” degan hikmatni unutmang.Jinsiy tarbiya borasida ota-onalarga maslahatlar
Qachonki, oilada jinsiy jihatdan to‘g‘ri tarbiya berilmas ekan, o‘smirlar ruhiyati va organizmida jinsiy hayotga oid turli buzilishlar kelib chiqishi ehtimoldan holi emas. Buning oxiri xayrli kechmaydi, balki yosh oila hayoti ilk kunlardanoq iztirob va tashvishlar iskanjasida qoladi. har ikkala tomonning bir biridan ko‘ngli to‘lmaydi. Shunday ekan, yoshlarning jinsiy tarbiyasida hushyor va sergak bo‘lganimiz ma’qul. O‘smirlik yoshida endokrin bezlar va jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi, jinsiy mayl uyg‘ona boshlaydi. Bu vaqtda qizlarni hayz ko‘rishga tayyorlash, o‘g‘il bolalarda esa ihtilom (bulg‘anib qolish)ning tabiiy hol ekanligini aytish lozim. O‘g‘illarga ayol zotiga hurmat bilan qarashni, sabrli bo‘lishni o‘rgating. Qizlarga bokiralik va iffatni saqlashning mazmun mohiyatini tushuntiring. Asosiysi, har bir qiz yoki yigit jinsiy hayot xususida to‘g‘ri tasavvurlarga ega bo‘lsin va o‘zlaridagi shahvoniy his-tuyg‘ularni ongli ravishda jilovlasin."Sihat-salomatlik” jurnali.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Varikotsele kasalligi - sabablari, belgilari va davolash usullari