Jin va jin bosishi to‘g‘risida diniy olimlarimiz tomonidan juda ko‘p ma’lumotlar keltirilgan. Tibbiyot olimlari xam bu “jin bosishi” jarayonini tekshirib, organizmda bo‘ladigan o‘zgarishlarni bayon etishgan. Buni tibbiyotda “tungi falajlik” va “tungi stupor” deb nomlangan.
Tungi falajlik - insonning uyquga ketish boshlang‘ich davrida ya’ni to‘liq uxlamasdan oldin yoki uyqudan to‘liq uyg‘onmasdan oldingi davrda mushak tonusini pasayishi.
Kanadaning Uoterlu universiteti olimlaridan Allan Cheyn va uning xamkasblari tomonidan bu xolatni o‘rganib chiqishgan. Tungi falajlikdagi hissiyotlarni ular 3 guruhga bo‘lib o‘rganishgan:
- “qandaydir begonaning borlik hissi”, qo‘rquv, ko‘rish va eshitish gallyutsinatsiyalari
- ko‘krak qafasiga bosim his qilish, nafas olishda qiynalish va og‘riq
- tanadagi turli hissiyotlar - uchish, tanadan tashqarida yashash, yoqimli hissiyot.
© Dawo.uz nashri.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )